Aksent.uz | Расмий канал
2.78K subscribers
2.81K photos
363 videos
2.89K links
Aksent.uz - профессионал журналистика ва тўғри хабарлар!

Расмий сайт: www.aksent.uz

Таклиф ва мурожаат: @aksentuz_bot

Реклама бўйича: +998 95 798 88 22
Download Telegram
Tramp AQShning NATOdan chiqishini jiddiy ko‘rib chiqayotganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniyaning The Telegraph nashriga bergan intervyusida Vashington NATOdan chiqishi masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini bildirdi. U alyansni “qog‘ozdagi yo‘lbars” deb atagan.

Trampning aytishicha, bunga NATOdagi ayrim ittifoqchilarning AQSh va Isroilni Eron bilan bog‘liq mojaroda qo‘llab-quvvatlamagani sabab bo‘lgan. Reuters ham uning NATOdan chiqish ehtimoli haqida keskin bayonot berganini yozdi.

Shu fon’da Yevropada AQSh–NATO munosabatlari yuzasidan xavotir kuchaygani aytilmoqda.


@aksentuz
Site | Instagram
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturiga start berildi

O'zLiDeP tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu dastur doirasida 2026-yilda 1 milliondan ortiq xonadon o‘rganilib, 1,5 milliondan ziyod fuqaroga turli ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, loyiha ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘rsatish va islohotlarni har bir xonadongacha yetkazishga qaratilgan. Shu maqsadda 50 mingdan ortiq tadbirkorni jarayonga jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Dastur doirasida uyma-uy o‘rganish tizimi, sayyor qabullar, mobil shtablar, mahalla bilan hamkorlik va qator ijtimoiy aksiyalar yo‘lga qo‘yiladi.

@aksentuz
Site | Instagram
Endi firibgarlar nomiga onlayn kredit olgan fuqarolardan to‘lov undirilmaydi

Markaziy bank qaroriga ko‘ra, 22-apreldan boshlab firibgarlar tomonidan fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan onlayn kreditlar bo‘yicha foiz, neustoyka va jarimalarni hisoblash hamda undirish to‘xtatiladi.

Buning uchun fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. Agar tergov yoki sud qarori bilan kredit firibgarlik natijasida rasmiylashtirilgani tasdiqlansa, kredit tashkiloti undirishni to‘xtatadi.

Shuningdek, kredit va to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalarda “Firibgarlik haqida xabar berish” bo‘limini joriy etish, shubhali holatlarda foydalanuvchini tezkor ogohlantirish va qo‘shimcha xavfsizlik choralarini kuchaytirish talabi ham qo‘yildi.

@aksentuz
Site | Instagram
Toshkent–O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov amalga oshirildi

Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. O‘sh xalqaro aeroportida ushbu рейс an’anaviy suv arkasi bilan tantanali kutib olindi.

Ma’lum qilinishicha, ilk parvozda Toshkentdan 98 nafar, O‘shdan esa 141 nafar yo‘lovchi uchgan.

Yo‘lovchilar orasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bilan birga Turkiya, Xitoy va Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar ham bo‘lgani ushbu yo‘nalishning xalqaro ahamiyatini ko‘rsatdi.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekiston–Afg‘oniston: farmatsevtika savdosini 500 mln dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Kobul shahriga xizmat safari doirasida Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Azizi bilan uchrashdi.
- Uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarining sifati va raqobatbardoshligi yuqori ekani ta’kidlanib, shu asosda ikki tomonlama farmatsevtika savdosini 500 mln AQSH dollariga yetkazish ustuvor maqsad sifatida belgilandi.
- Mazkur maqsadga erishish uchun qo‘shma operativ ishchi guruh tashkil etish zarurligi qayd etildi. Shuningdek:
- Afg‘onistonda GDP (Good Distribution Practice) standartlari asosida hamkorlikni rivojlantirish;
- yirik distribyutorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ilgari surildi.


Tomonlar texnik ishchi guruh tuzish, axborot almashinuvini kuchaytirish hamda yaqin istiqbolda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni imzolash muhimligini alohida ta’kidladilar.

@aksentuz
Site | Instagram
Yashil jamoat parki barpo qilganlar davlat mukofoti bilan taqdirlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2030-yilgacha O‘zbekistonda umumiy yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi.

Hujjatga asosan, 2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qo‘shimcha ravishda umumiy maydoni kamida 100 gektar bo‘lgan botanika va dendrologiya bog‘lari tashkil etiladi.

Shuningdek, yashil jamoat parklarini o‘z hisobidan barpo qilgan tashabbuskorlar davlat mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

@aksentuz
Site | Instagram
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun qator yangi imtiyoz va kafolatlar joriy etilishi ma’lum qilindi.
Jumladan, askarlarga xizmat davomida oliygohlarga kirib, masofaviy ta’lim olish, harbiy qismlarda imtihonlarga tayyorlov kurslarida qatnashish, shartnoma asosida o‘qishga kirganlarga esa foizsiz imtiyozli kredit olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, askarlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.


Yig‘ilishda harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovini o‘tkazish ham belgilandi. Final g‘oliblariga zamonaviy elektromobil topshiriladi.

@aksentuz
Site | Instagram
Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ish boshladi

6-aprel kuni Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, kengashning tashkil etilishiga ikki davlat prezidentlari o‘rtasida shakllangan yuqori darajadagi ishonch zamin yaratgan. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gorga ko‘ra, AQSh so‘nggi bir yil ichida Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan intilishlarini amalda namoyon etgan.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar huzurida “spin-off” korxonalari tashkil etiladi.

Spin-off — bu universitet yoki ilmiy muassasada yaratilgan yangi ishlanma, ixtiro yoki ilmiy natijani amaliyotga chiqarish va tijoratlashtirish uchun ochiladigan korxona hisoblanadi. Ya’ni, ilm-fan natijasi laboratoriyada qolib ketmay, ishlab chiqarishga kirib boradi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab bunday korxonalar faoliyati uchun qator yengilliklar joriy etiladi.

Jumladan, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda ayrim qo‘shimcha kelishuvlar talab etilmaydi.

@aksentuz
Site | Instagram
“Mening bog‘im” loyihalarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

Prezident farmoniga ko‘ra, “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda deputatlar ishtiroki kengaytiriladi.

Hujjat bilan endi tanlovda g‘olib bo‘lmagan kamida bitta “Mening bog‘im” loyihasini deputatlar hudud ekologik holati va saylovchilar manfaatidan kelib chiqib g‘olib deb e’lon qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, loyihalarni hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv ta’minotiga mos shakllantirish, yashil bog‘ va jamoat parklarida daraxt hamda o‘simliklarni ekish, parvarishlash va ularni sifatli saqlashning yangi amaliyotini joriy etish belgilandi.


@aksentuz
Site | Instagram
Afg‘onistondagi suv toshqinlarida 110 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab 110 kishi halok bo‘lgan, 190 kishi jarohatlangan.

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat oqibatida 5 363 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, qariyb 357 kilometr yo‘l yuvilib ketgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.

Shuningdek, 6 ming gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan, ko‘plab chorva nobud bo‘lgan.

Rasmiylar zarar ko‘rgan hududlarga shoshilinch yordam yuborgan va aholini suv bosishi mumkin bo‘lgan joylar hamda daryo bo‘ylaridan uzoq turishga chaqirgan.

@aksentuz
Site | Instagram
Sindorov Nomzodlar turnirida yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov 2026-yilgi FIDE Candidates turnirida kuchli start olib, jahon shaxmatidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan nomlardan biriga aylandi. The Wall Street Journal uni top grossmeysterlarni qiynayotgan yosh iqtidor sifatida ta’rifladi.

Xususan, Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozongan partiyada amerikalik grossmeyster bir yurish ustida 67 daqiqa o‘ylagan. Bu o‘yin turnirning eng ko‘zga ko‘ringan bahslaridan biri bo‘ldi.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 8 turdan keyin Sindorov 6,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi va eng yaqin ta’qibchilaridan 2 ochko oldinda bormoqda.

Magnus Karlsen ham Sindorovning startini kutilmagan va juda kuchli natija sifatida baholagan. Hozircha u hali jahon tojini qo‘lga kiritgani yo‘q, ammo Nomzodlar turniridagi hozirgi yurishi uni chempionlik bahsiga juda yaqinlashtirdi.

@aksentuz
Site | Instagram
Toshkentdagi uch bozordagi ayrim bloklar vaqtincha yopildi

8-aprel kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi uchta bozorda rejali tekshiruvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Yashnoboddagi “Aviasozlar” dehqon bozori, Shayxontohur dehqon bozori hamda Chilonzor buyum bozori ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruvlar davomida bozorlardagi ayrim hududlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan. Shu sabab, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar bozorlarning ayrim bloklari vaqtincha yopildi.

@aksentuz
Site | Instagram
Amir Temur xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Mamlakatimizda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbir yakunida Prezident xiyobonda ko‘chat ekdi.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekiston ikki oyda 207,3 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston xorijga 207,3 million dollarlik 219,9 ming tonna meva-sabzavot eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,1 ming tonnaga yoki 14 foizga oshgan.

Eksport tarkibida 87,9 ming tonna sabzavot, 56,5 ming tonna meva va rezavorlar, 11,8 ming tonna mosh, 5 ming tonna yeryong‘oq va yong‘oqlar, 0,2 ming tonna tarvuz va qovun hamda 58,5 ming tonna boshqa mahsulotlar bor.

@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonlik hakamlar JCH-2026 da ishtirok etadi

FIFA 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Undan O‘zbekiston vakillari ham o‘rin oldi: Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi, unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, turnirda jami 52 nafar hakam, 88 nafar yordamchi hakam va 30 nafar VAR rasmiysi ishlaydi.


@aksentuz
Site | Instagram
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun xorijga kamroq chiqmoqda

2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistondan ta’lim olish maqsadida xorijga chiqqanlar soni 3 964 nafarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga, ya’ni 23,6 foizga kamaygan.

Raqamlar o‘zbekistonliklarning xorijda o‘qish bo‘yicha tanlovlari va talabalar oqimida muayyan o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.

@aksentuz
Site | Instagram
Nufuzli xorijiy OTMlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga O‘zbekistonda birlamchi uy-joy bozoridan uy sotib olish uchun 10 yil muddatga ipoteka krediti ajratiladi.

Kredit BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda, yillik 14 foiz stavkada tijorat banklari hisobidan beriladi. Bunda kredit uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi kerak.

Mazkur kreditni olish uchun ariza beruvchi:
— O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
— ariza topshirgan kunda 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
— xalqaro reytinglarda top-100 talikka kirgan xorijiy OTMda ilmiy daraja olgan bo‘lishi;
— diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi lozim.

@aksentuz
Site | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mirziyoyev va Toqayev Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birga Bahouddin Naqshband majmuasiga tashrif buyurdi.

Buxoro yaqinida joylashgan ushbu majmua mintaqaning eng muhim ziyoratgohlaridan biri bo‘lib, bu yerda naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan.

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab duo o‘qildi.


@aksentuz
Site | Instagram
Hafta davomida kuchli yomg‘irlar kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

Kunduzi havo harorati +25…+30 darajagacha ko‘tariladi.
14-aprel kuni respublikaning g‘arbiy hududlariga nam havo oqimi kirib kelishi boshlanadi.

Shu sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va kechga tomon Buxoro viloyatida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda.

@aksentuz
Site | Instagram