Soʻzimizga labbay dedingiz va yordam berdingiz.
Allohim hamisha Sizlarga ham labbay desin!
Himmatingiz ila jami 2.587.304 so‘m yigʻildi.

Xalqimiz haqidagi noo'rin gaplar meni doim o'ylantirib keladi. Bizda yaxshi emas, biz undaymiz, biz bundaymiz, biz kelajakka qayg'urmaymiz...
Hammasi safsata.
Bugun uzil-kesil bilamanki, O'zbek xalqining sha'niga aytiladigan har qanday nojoiz gaplar tuhmatdan boshqa narsa emas.
Xalqimiz ayni paytda ham dunyoning eng uyg'oq xalqlaridan biri.
Eng bag'rikeng, sofdil, mehmondo'st, bolajon odamlar bizning yurtimizda yashaydi.
Elimiz mehnatkash, elimiz jasoratli, elimiz haqiqatparvar, elimiz ahil va inoqdir.
Faqat oraga fitna urug'lari sochiladi va uning achchiq mevalariga duchor bo'lamiz ko'pincha.
Men xalqimizning g'amxo'rligini hamisha ko'rib kelyapman.
1. Qamoqda ekanimda men uchun qayg'urgan xalqimiz edi. Siyosiy maqsadlarda g'araz bilan harakat qilganlarni Robbim O'zi fosh qildi.

2. "Hayrat ul-abror" sharhini eng avval 3 jildda, yaqinda yaxlit qilib chop etdik, shu ishlarga jami 350 mln so'm sarflandi. Bu pulni men cho'ntagimdan sarflamadim, ismini ham bilmaydiganim insonlar hadya qilishdi.
3. Men doim odamlarimizga ishondim, bundan tashqari ko'p marta turli masalalarda yordam so'rab murojaat qildim, yolg'izlatishmadi. Yolg'izlatmadingizlar!
Mendan buning evaziga nima javob?
Avvalo, duo!
Ilmga tashna, kelajagi uchun qayg'uruvchi elimiz uchun foydali bo'lgan kitoblar yozishdir mening tashakkurim!
Hazratim Alisher Navoiyning XAZOYIN UL-MAONIY kulliyotlari nusxasini olish uchun pul so'ragan edim, mana, bir kun bo'lmay 5.944.154 so‘m yig'ildi.
Aldayapti demadingiz. Ishondingiz.
Azizlarim, Sizlar mana shunday qilib qo'llamasangiz, kim qo'llaydi?
Shu emasmi xalqning mehri, g'amxo'rligi, ilm uchun, kelajak uchun qayg'urishi?
Menimcha, bu jiddiy hodisa
Mana shunday hodisalar, ishlar xalqning amallari va sifatlarini tamsil etadi
Sizlarning ehsoningiz bilan kamina hazrat Alisher Navoiy asarining muborak qo'lyozmasini tadqiqotim uchun oldim.

Mana shu Sizlar olib bergan nusxa!
16-asrga oid.Muhtasham ish. Nozik san'at va hikmatga to'la buyuk satrlar! Hazratim Alisher Navoiy asarlarining ayni vaqtda jahonda jami 3000 nusxa qo'lyozmasi borligi aniqlangan. Bu uch ming adadning balki 10 foizi ham to'liq tadqiq qilinmagan. Chunki qo'lyozmaning har bir misrasi, har bir so'zi o'rganilishi kerak. Uning har bir kalimasi sirli, har bir harfida ajib fayzlar bor. Bundan besh asr avvalgi davrga xayolan borasiz, kotib bu satrlarni qaysi hissiyot, qaysi mashaqqat va sharaf bilan qog'ozga tushirganini o'ylaysiz. Bu qo'lyozmalarning qo'llardan qo'llarga o'tib kelishini tasavvur qilasiz! Ajib va hech bahosi bo'lmagan zavq-u shavq jarayonidir! Uni biror ishga almashish mumkinmi?
Natijada, hamma kitobni o'ngdan boshlab o'qishni istab qolasiz, faqat eski kitoblar olamida, ulardagi mahobatli va asrorga to'la matnlar ichida qolishni xohlaysiz...

Menimcha, ana shu jarayon bizni aslimizga yetaklaydi. Asl va o'lmas ruh baxsh etadi, yolg'onlarga aldanmay, zamonaviylik va taraqqiyot atalgan ulkan tuzoqdan qalbingiz va aqlingizni qutqarib qoladi...
AkromMalik.Uz
Mutolaa doimiy hamrohimiz bo'lishi kerak. Sohamdan kelib chiqib faqat hazrat Alisher Navoiy asarlarini o'qiyman. Lekin bolalikda, o'smirlik va talabalik yillarimda o'qigan ayrim kitoblarni varaqlashga vaqt topa boshladim. Bu yo'lda, taomlanish vaqti va hokazo.…
Kitob o'qiyapman degan edim. P.Merimening "Tamango", "Qo'shxato" va shu kabi novellalarini o'qib tugatdim.
Turli qahramonlar, real chizgilar. Oriyat va pastkashlik o'rtasida o'rtangan yuraklar va hokazo. Inson tabiatidagi turli xususiyatlar shafqatsizlik va xotirjamlik ila fosh qilingan. Ammo yozuvchining tomoni aniq ko'rinib turadi: u dinga tanqidiy qaraydi va odamlarning erkin hayotga chaqiradi va uni jozibali ko'rsatadi. Insonlar muayyan tushunchalarni, masalan, erk, huquq, vijdon, halollik kabi katergoriyalarni ishlab chiqib, shunga muvofiq yashashlari kerak degan bir ichki ma'no matnlar oralab sizib yuradi va bildirmasdan ichingizga ham o'tadi.
P.Merime matnlaridagi odamlar, ya'ni ijobiy qahramonlar dindan uzoq va hissiyotga ko'milgan kishilar.
Nega din masalasini qo'shyapman? Chunki har kim kitobni o'z e'tiqodidan kelib chiqib o'qiydi va baholaydi.
***
"Yanki va qirol Artur"ni ham tugatdim. Mark Tven yozgan. Satirik roman deyilgan bu xayoliy bitiklarni inqilobiy ruh va yangi davr targ'iboti uchun yozilgan deb o'yladim. Yanki tili bilan muallif o'rta asrlarni jaholatda, odamlarni ongsiz deb tasvirlagan, nasabga suyanish va cherkov hokimiyatini keskin tanqid qilgan, oliynasab insonlarni nasabidan boshqa hech narsasi yo'q deb mazax qiladi, qirol hokimiyati vakillarini shafqatsiz va ahmoq qilib ko'rsatadi. Yanki o'zicha yangi davrdagi demokratiyani, tenghuquqlilikni 7 asr Angliyasiga singdirishga urinadi. Ko'p o'rinlari ertaknamo tus olgan.
Mark Tven tafakkurini shu asar misolida juda ham keng va qamrovli ko'rmadim, o'z davri va yangi g'oyalarga, insonlarni konservatizm va an'analardan uzishga chog'langan, siyosatni bosh planga qo'ygan bir qalamkashga duch keldim.
***
Standalning "Parma ibodatxonasi" romanini boshladim, Italiya va Fransiya bilan bog'liq voqealar tilga olingan. Bosh qahramon Fabsitsio ismli yosh yigitcha, hali asarning boshidaman, kam-kam o'qiyapman. Dastlabki xulosa - P.Merime, M.Tven, Stendal - bular hammasi bitta qozondagi odamlar. O'rta asr Ovruposini keskin tanqid qiladi va yangi dunyoga qadam qo'yishni xohlaydi, yangi va erkin fikrlarni zo'r berib badiiyatga singdiradi. Qani, o'qiyveraylik-chi.

Xorxe Lui Borhesni bilsangizlar kerak? Xulio Kortasar degan yozuvchi bilan muosir. Argentinalik adiblar.
Borhes kutubxonachi bo'lgan ekan va tarjimon Sharif Ahmadning hayajon to'la so'zboshisida juda ham ulug'langan. Darvoqe, kitobning nomi "Al-Muhtasimga yaqinlashuv", Akademnashr mahsuloti.
Hikoya deb atalgan ikkita bitigini o'qidim. Birinchi Averroes haqida. Bu odam aslida ibn Rushddir. ibn Rushd haqida google yoki yolg'onchi ChatGPTdan so'rab ko'rarsiz.
Hikoyaning mazmuni shuki, ibn Rushd Arastuning Poetikasini o'qib, tragediya va komediya atamasini tushunmay o'tiradi. Shunda bir suhbatdoshi unga Xitoyda ko'rgan teatr spektakli haqida gapiradi. Aslida, uning gapir ana shu tragediya va komediyani tushunish uchun kalit edi, lekin Averroes buni bilmaydi.
Poetikaga sharh yozib, tragediya madhiya, komediya duoibaddir deb qayd qiladi. Ya'ni u bu atamani ana shunday tushunadi.
Borxes hamma Botish nosirlari kabi tepaga chiqib olib, butun insoniyatga bepisand qaraydi, ayniqsa, Islomni tushunmay turib Islom allomalari haqida bemalol mulohaza qilaveradi.
Holbuki, Islom haqidagi qarashlari o'ta sayoz va biryoqlama bo'lib, uning yondashuvi zamirida dinni inson ongining mahsuli deb bilish seziladi.
"Al-muhtasimga yaqinlashuv" esse bo'lsa kerak, shu nomli asar haqida. Bu asarning ikkita nashrini o'qib qiyoslaydi, fikrini yozadi. Bu asar Fariduddin Attor hazratlarining "Mantiqut tayr" dostonidan ilhomlanib yozilgan degan gaplarni aytadi.
"Al-muhtasimga yaqinlashuv" kitobini tahlil qilib, muallifni keyingi bosqichda realizmdan uzoqlashishda ayblaydi. Ya'ni ushbu asarning birinchi nashrida voqealar hayotiy, keyingisida esa xayoliy tus olgan ekan. Ya'ni asarda hamma yo'llar yagona Xudoga olib boradi degan g'oyaning namoyon bo'lishi Borxesga yoqmaydi. Aslida, g'oya emas, yozuvchining e'tiqod tarafga o'tib olishi yoqmagan deb o'yladim.
Shunchalik maqtalgan va o'qish uchun tayyorgarlik kerak, o'rtamiyona emas, elita kitobxonlari uchun deyilgan Borxes men uchun oddiy bir bitikchi bo'lib ko'rinyapti, zich tasvirlar, har xil ism va jo'g'rofiy nomlar, voqealarga ishoralar, xayolot, vasvasalar vasfini qalashtirib bir chiziqqa tortish san'at hisoblansa, ehtimol, kimgadir Borxes katta adibdir, lekin men uchun go'dak zehniyatida qolib ketgan va savollar ichida ikkilanib yashaydigan, dunyoni modda bilan chegaralangan, modda ortida oliy aql bor degan mavhum qarashlarni ko'tarib o'tgan bir kishidek tasavvur uyg'otdi. Endi buni borxessevarlar rad etishlari mumkin, bu mening shaxsiy qarashim edi.