Alloh sohibi himmatlardan rozi boʻlsin!
Soʻzimizni yerda qoldirmaganlarning duolari aslo yerda qolmasin!
Jami: 1.252.630 so‘m yig‘ildi.

Soʻzimizga labbay dedingiz va yordam berdingiz.
Allohim hamisha Sizlarga ham labbay desin!
Himmatingiz ila jami 2.587.304 so‘m yigʻildi.

Xalqimiz haqidagi noo'rin gaplar meni doim o'ylantirib keladi. Bizda yaxshi emas, biz undaymiz, biz bundaymiz, biz kelajakka qayg'urmaymiz...
Hammasi safsata.
Bugun uzil-kesil bilamanki, O'zbek xalqining sha'niga aytiladigan har qanday nojoiz gaplar tuhmatdan boshqa narsa emas.
Xalqimiz ayni paytda ham dunyoning eng uyg'oq xalqlaridan biri.
Eng bag'rikeng, sofdil, mehmondo'st, bolajon odamlar bizning yurtimizda yashaydi.
Elimiz mehnatkash, elimiz jasoratli, elimiz haqiqatparvar, elimiz ahil va inoqdir.
Faqat oraga fitna urug'lari sochiladi va uning achchiq mevalariga duchor bo'lamiz ko'pincha.
Men xalqimizning g'amxo'rligini hamisha ko'rib kelyapman.
1. Qamoqda ekanimda men uchun qayg'urgan xalqimiz edi. Siyosiy maqsadlarda g'araz bilan harakat qilganlarni Robbim O'zi fosh qildi.

2. "Hayrat ul-abror" sharhini eng avval 3 jildda, yaqinda yaxlit qilib chop etdik, shu ishlarga jami 350 mln so'm sarflandi. Bu pulni men cho'ntagimdan sarflamadim, ismini ham bilmaydiganim insonlar hadya qilishdi.
3. Men doim odamlarimizga ishondim, bundan tashqari ko'p marta turli masalalarda yordam so'rab murojaat qildim, yolg'izlatishmadi. Yolg'izlatmadingizlar!
Mendan buning evaziga nima javob?
Avvalo, duo!
Ilmga tashna, kelajagi uchun qayg'uruvchi elimiz uchun foydali bo'lgan kitoblar yozishdir mening tashakkurim!
Hazratim Alisher Navoiyning XAZOYIN UL-MAONIY kulliyotlari nusxasini olish uchun pul so'ragan edim, mana, bir kun bo'lmay 5.944.154 so‘m yig'ildi.
Aldayapti demadingiz. Ishondingiz.
Azizlarim, Sizlar mana shunday qilib qo'llamasangiz, kim qo'llaydi?
Shu emasmi xalqning mehri, g'amxo'rligi, ilm uchun, kelajak uchun qayg'urishi?
Menimcha, bu jiddiy hodisa
Mana shunday hodisalar, ishlar xalqning amallari va sifatlarini tamsil etadi
Sizlarning ehsoningiz bilan kamina hazrat Alisher Navoiy asarining muborak qo'lyozmasini tadqiqotim uchun oldim.

Mana shu Sizlar olib bergan nusxa!
16-asrga oid.Muhtasham ish. Nozik san'at va hikmatga to'la buyuk satrlar! Hazratim Alisher Navoiy asarlarining ayni vaqtda jahonda jami 3000 nusxa qo'lyozmasi borligi aniqlangan. Bu uch ming adadning balki 10 foizi ham to'liq tadqiq qilinmagan. Chunki qo'lyozmaning har bir misrasi, har bir so'zi o'rganilishi kerak. Uning har bir kalimasi sirli, har bir harfida ajib fayzlar bor. Bundan besh asr avvalgi davrga xayolan borasiz, kotib bu satrlarni qaysi hissiyot, qaysi mashaqqat va sharaf bilan qog'ozga tushirganini o'ylaysiz. Bu qo'lyozmalarning qo'llardan qo'llarga o'tib kelishini tasavvur qilasiz! Ajib va hech bahosi bo'lmagan zavq-u shavq jarayonidir! Uni biror ishga almashish mumkinmi?
Natijada, hamma kitobni o'ngdan boshlab o'qishni istab qolasiz, faqat eski kitoblar olamida, ulardagi mahobatli va asrorga to'la matnlar ichida qolishni xohlaysiz...

Menimcha, ana shu jarayon bizni aslimizga yetaklaydi. Asl va o'lmas ruh baxsh etadi, yolg'onlarga aldanmay, zamonaviylik va taraqqiyot atalgan ulkan tuzoqdan qalbingiz va aqlingizni qutqarib qoladi...