AkromMalik.Uz
2.51K subscribers
92 photos
11 videos
1 file
39 links
Akrom Malikning mualliflik sahifasi.
akrommalik.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hayrat ul-abror” dostonining toʻliq video shaklidagi sharhi youtubedagi sahifamizda mavjud.
Mutolaa doimiy hamrohimiz bo'lishi kerak. Sohamdan kelib chiqib faqat hazrat Alisher Navoiy asarlarini o'qiyman.

Lekin bolalikda, o'smirlik va talabalik yillarimda o'qigan ayrim kitoblarni varaqlashga vaqt topa boshladim.

Bu yo'lda, taomlanish vaqti va hokazo. Ammo har kuni yarim betdan bo'lsa ham o'qiyapman.

Shunday kitoblardan biri fransuz adibi Prosper Merimening "To'qqizinchi Karl saltanatining yilnomasi" kitobi bo'ldi. 1986-yil Toshkentda, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida chop etilgan.

Vaqtimdan kelib chiqib kitobdagi "Mottoe Falkone" novellasi haqida qisqa yozaman bu safar.

O'n yoshli o'g'il uyidan panoh so'ragan jinoyatchini soat evaziga sotib qo'yadi. Ota esa uning bu xiyonati uchun otib tashlaydi.

Hikoyaning muxtasar mazmuni shu.

Men uchun bu hikoya insoniyatning yangi davr - 19-asrdan avvalgi vaqtda yashagan vakillari qaysi jo'g'rofiy makonda yashamasinlar, ayyorlik, makkorlik, sotqinlikni kechirmagani, mardlik va sodiqlikni hamda qat'iy an'analarga mustahkam itoat etgani haqidagi tasavvurni berdi.

Umuman novella haqida ko'p gapirish mumkin. Qisqasi shuki, bu hikoya ajdodlar qadriyatining halok bo'lishi haqidagi fojiadir. Ota pokdil va kuchli, kurashchan va yengilmas bobolar tamsili bo'lsa, bola buzilib, yengiltaklik qilib, dunyoga aldangan avlodlar portretini tasbit etayotgandek.

Prosper Merime ijodi haqida yana alohida gaplar bor. Yozuvchi tutumi, hayotga, ijodga yondashuvini keyingi novellalar tahlili orqali tanib boramiz.
Turmushning oltin qoidasi:

Xotinlar eridan tanbeh eshitmaslikni maqsad qilmasin.

Tanbeh, tarbiya hayotning ajralmas boʻlagi.

Xotinlar Alloh uchun erni rozi qilaman desin.

Hamma muammo hal boʻladi.

Xudoni rozi qilishga urinib yashayotgan er-xotinni bir-biriga qayragan, ularni ajratishga uringan har qanday maxluq, u odam boʻlsa ham, shaytondir.
Qayoqqa qochishni bilmaydi goho,
Ichidan yeb kelar bir qaygʻu nogoh.

Kerilib yurgani qiynaydi uni,
Berilib yurgani qiynaydi uni.

Ichgan suvlaridan xijolat tortar,
Kechgan oʻylaridan anduhi ortar.

Oyoq choʻzganidan uyaladi u,
Dunyo kezganidan uyaladi u.

Ikki sabab ila holi ushbudir,
Dilga insof tilab holi ushbudir:

Biri shulki, uni koʻmdi ne’matlar,
Yomgʻir kabi yogʻdi turfa ziynatlar.

Lek shukur qilolmay sharmanda bu qul,
Hatto fikr etolmay yigʻlab turar ul.

Yana bir sabab bor uyalmogʻiga,
Gʻam chekib yuragi qiynalmogʻiga —

Qanday qilib sevdim deya Xudoni,
Tark etolmaslik mumkin dunyoni?!

Yor qoshiga bormay hijronlar aro
Koʻnib yashaysanmi, ey yuzi qaro?!

Yorim Xudo deya aytarkan ammo
Yolgʻonchi oshiqdek boʻlib doimo

Hatto yashashdan ham uyalar behad,
Yori buyurgandek yasholmay, hayhot.
Bildirib sevasanmi, bildirmay sevasanmi,
Rashkdan yonasanmi, sevgingdan tonasanmi;
Izhor-la kelasanmi, ozor-la yelasanmi,
Barchasi kun kabi ravshan, oq-oydin tun kabi ravshan,
Visoling murodimdir, nigohing kushodimdir.

Bilurman xayolingda, javob-u savolingda,
Yursang ham uzoqlarda, suzsang ham qirgʻoqlarda,
Yotsang-da koʻzni yummay, tortsang-da ohni tinmay,
Zulmdan aylasang faryod, soʻzimdan qalbing obod,
Sevging qanchalar sozdir, pokiza-yu mumtozdir.

Otashda kuymay deya, haddan koʻp suymay deya,
Raqiblar davrasida, oshiqlar tegrasida,
Kulsam kimgadir agar yigʻlaging kelib magar,
Soʻzlasam tillarimni, quchsam bu qoʻllarimmi
Kesmoq ham istagaysan, ketmoq ham istagaysan.

Ketmoqqa imkoning yoʻq, qolmoqqa darmoning yoʻq,
Qanday ham goʻzaldir bu, qanday ham yorugʻ yogʻdu,
Pok ishqdan qiymatliroq, hijrondan minnatliroq,
Biror ne’mat bormikin, ulugʻ himmat bormikin?
Xudodan soʻrganim shu, eng nurli koʻrganim shu —
Muhabbatdan ayirma, muhabbatdan ayirma!
Muhabbatsiz bu hayot yaxshi ishmi, xayrmi?
Oʻlmoq sari yoʻl yursam, ishqsiz safar sayrmi?!
Ulug' hakimlardan Sa'diy Sheroziy
"Guliston"da tutdi bir hikmat gulin.
Ul hikmat haq erur, qilma e'tiroz,
Tingla ixlos ila, ey sodiq dilim!

Ilm chirog'ini ko'tarib tolma,
Lek senga haq so'zni aylayin ma'lum:
Ilm o'rgatsang agar, g'aflatda qolma -
Nasabsiz, past zotga bermagil ta'lim.

Zoti past - nikohsiz tug'ilgan valad,
Fe'lida shaytoniy sifat qorishiq.
Itdan yaxshiliklar kelgay-u minba'd,
Valadi zinoning bilgil, bori shu -

Aslo yomonlikni tashlamagay u,
Aslo yaxshilikka javobi yo'qdir.
Zulm qilmoq ila ketgaydir g'ulu,
Non tutsang, ko'ksingga sanchgani o'qdir!

Hasad zanjiriga bog'langan nafsi,
Dili o'lik uning, jondan yo'q asar.
Faqat qorin g'amin o'ylagan u kas
O'zganing haqidan qilmagay hazar!

Chaqimchilik uning sobit odati,
Tuhmatni suv kabi ichgay to'xtamay.
Faqat vahshiylikka bo'lgay da'vati,
Fahshning botqog'ini kechgay to'xtamay.

Eng katta belgisi shulki, bil takror -
Kimdan bir yaxshilik ko'rsa harom zot
Yomonlik qilmasdan qo'ymaydi zinhor,
Xiyonatni tutmish o'ziga hayot.

Shunday ekan, unga bersang sen ta'lim,
Albat xiyonatdir uning "rahmati".
Valadi zinoga bermagil ilm,
Toki chekmagaysan achchiq zahmatin!

Oliy nasab zotlar - muhtaram zotlar,
Nikoh qo'rg'onida dunyoni ko'rgan.
Qayerda bir mazlum ko'rsalar darhol
Yaxshilik binosini tiklagan, qurgan.

Agar ilm bersang, shunday zotlarga
Ilming chirog'ini olgaylar sevib.
Mudom sadoqatning yo'lidan yurib,
Shikasta qalbingga bo'lgaylar muhib!

Bu mening so'zimmas, ulug'lar so'zi,
Hayot tasdiqlagan buyuk haqiqat!
Senga bayon etdim, endi och ko'zing,
Amal qilmoq qoldi zimmangda faqat!

Akrom Malik
Olamda qiziq ishlar koʻp. Hazrat Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotini tadqiq qilish uchun bir qoʻlyozma nusxasini tegishli rasmiy joydan maxsus toʻlov bilan tadqiqot uchun olishim kerak.

Ammo zarur boʻlgan badal toʻlovi 4.556.250, ya’ni toʻrt million besh yuz ellik olti ming ikki yuz ellik soʻmni topish mashaqqat boʻlib turibdi.

Olamdagi qiziq ish deganim shu. Balki bu qoʻlyozmaning elektron nusxasini olish va istifoda etishga hissa qoʻshuvchilar savob olishlari kerakmikin?

Manba qoʻlingizda boʻlsa, undan 24/7 foydalana olasiz. Ammo qoʻriqlanadigan, haftada besh kun va kun davomida 6 soat ishlaydigan kutubxonada boʻlsa, bu biroz qiyinchilik beradi. Shu bois kerakli nusxani olishni orzu qilgan edik…

Mazkur nusxani olish uchun ruxsat berishganiga ham 20 kundan oshdi, ammo mablagʻ masalasi hal boʻlmagani bois ololmay turibmiz hamon.

Vaqt esa oʻtmoqda.

Shu sababli sizlarga savobli ish xabarini beryapman…

Agar kimdir hissa qoʻshaman desa, ushbu raqam ishlab turibdi:

8600052985600491

Umar R. nomida.
Alloh sohibi himmatlardan rozi boʻlsin!

Soʻzimizni yerda qoldirmaganlarning duolari aslo yerda qolmasin!

Jami: 1.252.630 so‘m yig‘ildi.
Soʻzimizga labbay dedingiz va yordam berdingiz.

Allohim hamisha Sizlarga ham labbay desin!

Himmatingiz ila jami 2.587.304 so‘m yigʻildi.
Xalqimiz haqidagi noo'rin gaplar meni doim o'ylantirib keladi. Bizda yaxshi emas, biz undaymiz, biz bundaymiz, biz kelajakka qayg'urmaymiz...

Hammasi safsata.

Bugun uzil-kesil bilamanki, O'zbek xalqining sha'niga aytiladigan har qanday nojoiz gaplar tuhmatdan boshqa narsa emas.

Xalqimiz ayni paytda ham dunyoning eng uyg'oq xalqlaridan biri.

Eng bag'rikeng, sofdil, mehmondo'st, bolajon odamlar bizning yurtimizda yashaydi.

Elimiz mehnatkash, elimiz jasoratli, elimiz haqiqatparvar, elimiz ahil va inoqdir.

Faqat oraga fitna urug'lari sochiladi va uning achchiq mevalariga duchor bo'lamiz ko'pincha.

Men xalqimizning g'amxo'rligini hamisha ko'rib kelyapman.

1. Qamoqda ekanimda men uchun qayg'urgan xalqimiz edi. Siyosiy maqsadlarda g'araz bilan harakat qilganlarni Robbim O'zi fosh qildi.
2. "Hayrat ul-abror" sharhini eng avval 3 jildda, yaqinda yaxlit qilib chop etdik, shu ishlarga jami 350 mln so'm sarflandi. Bu pulni men cho'ntagimdan sarflamadim, ismini ham bilmaydiganim insonlar hadya qilishdi.

3. Men doim odamlarimizga ishondim, bundan tashqari ko'p marta turli masalalarda yordam so'rab murojaat qildim, yolg'izlatishmadi. Yolg'izlatmadingizlar!

Mendan buning evaziga nima javob?

Avvalo, duo!

Ilmga tashna, kelajagi uchun qayg'uruvchi elimiz uchun foydali bo'lgan kitoblar yozishdir mening tashakkurim!

Hazratim Alisher Navoiyning XAZOYIN UL-MAONIY kulliyotlari nusxasini olish uchun pul so'ragan edim, mana, bir kun bo'lmay 5.944.154 so‘m yig'ildi.

Aldayapti demadingiz. Ishondingiz.

Azizlarim, Sizlar mana shunday qilib qo'llamasangiz, kim qo'llaydi?

Shu emasmi xalqning mehri, g'amxo'rligi, ilm uchun, kelajak uchun qayg'urishi?

Menimcha, bu jiddiy hodisa

Mana shunday hodisalar, ishlar xalqning amallari va sifatlarini tamsil etadi

Sizlarning ehsoningiz bilan kamina hazrat Alisher Navoiy asarining muborak qo'lyozmasini tadqiqotim uchun oldim.