Akmaljon Olimjonov | Shaxsiy
424 subscribers
388 photos
295 videos
14 files
201 links
Taftish.uz ахборот агентлиги ходими Акмалжон Олимжоновнинг телеграм канали. Шахсий қарашлар, шахсий фикирлар, ижтимоий, сиёсий, халқаро ва Ўзбекистонтондаги янгиликларни ёритиб борувчи канал.
Download Telegram
Assalomu alaykum.
Aziz ehsongo'y birodarlar. Biz sizlardan farishta misoli bu qizchamizga yordam qilishingizni soraymiz. Bemor qizimiz bosh miyya o'simtasi kasallik tashxisi qo'yilgan. Turkiya davlatiga davolanish va operatsiya uchun ehson yig'ish uchun barcha oila a'zolari harakatda. Qizimizni tezroq olib borib operatsiya qilmasa bo'lmaydi. Siz aziz ehsongoy birodarlardan iltimos qilgan bo'lardik.
Zero ehsonni mukofoti faqat ehsondir.
Biz o'zimizga kerak narsadan sadaqa infoq qilmasak mo'min bo'lmaymiz ekan birodarlar. Alloh topkan mol davlatizga barakot bersin.
Manzilimiz: Rishton tumani Yuqori Beshkapa qishlog'i. Farhodjon Turdaliyev qizlari Sharofiddinova Dilnavozxon. Kerakli mablag' 25.000$

Humo Aloqa bank 9860190112119523

Farxodjon Turdaliyev kartaga ulangan nomer +998902913691
https://t.me/Dilnavoz_yordam
👍1🙏1
«Chelsi» klublar o‘rtasida Jahon chempioni!

AQShda o‘tkazilgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida Londonning «Chelsi» jamoasi Parijning PSJsini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda ingliz klubi to‘liq ustunlik qildi. Dastlab 22 va 30-daqiqalarda Koul Palmer dubl qayd etdi. Bo‘lim yakunlanishidan oldin, 43-daqiqada Joan Pedro hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Parijliklar ikkinchi bo‘limda ham vaziyatni o‘zgartira olmadi. 85-daqiqada Joao Neves qizil kartochka oldi va PSJ qolgan vaqtni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

«Chelsi» ushbu g‘alaba orqali yangi formatda o’tkazilgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk g’olibi bo‘ldi.

👉 @akmaljon_olimjonov1
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suriyada badaviy va druz qabilalari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 37 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning 27 nafari druzlar, 10 nafari esa badaviylardir.


To‘qnashuvlarda 50 ga yaqin kishi jarohatlangan. Hodisa yuz bergan Es-Suvayda provinsiyasiga ichki xavfsizlik kuchlari joylashtirilgan.

👉 @akmaljon_olimjonov1
😱1
Мактабгача ва мактаб таълими вазири Умарова Хилола Уктамовна лавозимидан озод этилди

👉 @akmaljon_olimjonov1
🔥1👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To‘yda tortdan 60 kishi zaharlandi!

Turkiyaning Suruç tumanida bo‘lib o‘tgan to‘yda 10 qavatli tortdan mehmonlar zaharlanishdi.


👉 @akmaljon_olimjonov1
😁1
❗️Таниқли бастакор Султонали Раҳматов вафот этди

Таниқли ўзбек бастакори, О‘zбек миллий мусиқа санъатига катта ҳисса қўшган Султонали Раҳматов оламдан ўтди.

Султонали Раҳматов 2010 йилда “Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими” унвони билан тақдирланган. Унинг 8 нафар фарзанди ва икки нафар набираси бор.

Санъат олами учун оғир йўқотиш. Унинг мусиқалари, санъатга бўлган меҳри ва ижодий мероси халқ хотирасида абадий сақланади.

👉 https://t.me/taftishuz_ijtimoiy
😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi

Bunga “Sanoat energetika guruhi” neftni qayta ishlash korxonasidagi avariya sabab bo‘lgan.

👉 @akmaljon_olimjonov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘qituvchilarga hashar uyushtirgan maktab derektori katta miqdorda jarimaga tortilib, ishdan olindi

2025-yil 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabida hasharmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvirlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

👉 @akmaljon_olimjonov1
Фарғонада тезкор тадбирлар бошланди

"Хавфсиз ва соғлом юрт" профилактик ойлиги доирасида вилоят ИИБ ҳамда ДХХ билан ҳамкорликда жиноят содир этишга мойил шахсларнинг яшаш манзилларида тезкор тадбирлар ўтказилди

Натижада, тезкор вазиятга салбий кўрсатувчи 127 нафар жиноят содир этишга мойил шахсларнинг яшаш манзиллари кўздан кечирилиб, 100 нафар фуқаролар турли ноқонуний буюм ва ашёларни сақлаб келганлиги аниқланди.

Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати

👉 @akmaljon_olimjonov1
😱1
Самарқандда ҳам ўқитувчилар мактаб таъмирлашга жалб этилди

Фотосуратларда аёллар ҳаёт учун хавфли баландликда ишлаётганини кўриш мумкин.

👉 @akmaljon_olimjonov1
👏2