π€π€π¦πšπ₯'𝐬 𝐧𝐨𝐭𝐞𝐬 ✍️️
189 subscribers
Download Telegram
Yulduzlar to'la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug' yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so'ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.
❀7
Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo'lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi.
❀8
Nima sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo'q!
❀10
Hayot uyqudir, o'limla uygβ€˜onur inson. Sen shoshil, o'lmasdan avval uyg'on.

Β©Jaloliddin Rumiy.
❀8
​​Toβ€˜satdan tushgan gβ€˜am yosh bolani bir kunda katta odamga aylantirib qoβ€˜yar ekan..!
❀7
Odamzodning qonida g'alati adolatsizliklar bo'ladi. Begonalardagi o'zgarishni darrov sezasiz-u, yaqin odamingizga e'tibor bermaysiz. Xuddi ota-onangizni birov sizga bog'lab berib qo'ygandek.
❀5
Bilmadim, ehtimol odamzod farishta bo'lib tug'ilsa tug'ilar. Ammo bir umr farishta bo'lib yasholmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o'zini oppoq qilib ko'rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo'lolmaydi. Yo'lidan shunaqangi shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o'zi ham sezmay qoladi.
❀5
...faqat, yomon joyi shundaki, xiyonatdan ozor chekkan odam bu sirni hammadan keyin biladi. Shunisi alam qiladi.
❀6
"Mo'min-qobil" bo'lish nima o'zi? Birov o'ng yuzingga ursa, chap yuzingni tutib ber, deganimi?! Dushman bitta mina otib, o'n bitta o'zbekni qiyma-qiyma qilsin, bomba tashlab, dyadya Vasyaning ichagini boshiga salla qilib qo'ysin-da, men qo'ydek yuvosh, musichadek beozor bo'lib turaveraymi! Yo'q! Qonga - qon! Jonga - jon! Insof degani shu!
❀7
Oyog'i yoβ€˜q odamni uchratgunimcha, oyoq kiyimim yo'qligidan yig'ladim.

Sa'diy Sheroziy.
❀7
Osmonlarga uzatdik qo'lni,
Yuraklarga qo'ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo'lni,
Oxir bizni o'ldirdi g'urur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog'ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.

Β©Xayrulla Hamidov
❀7
"Albatta, siz uchun oxirat (saodati) dunyo (farog'atidan) yaxshiroqdir".

(Zuho surasi, 4 - oyat)
❀6
O'qiyman degan odam har qanaqa muhitdayam o'qishga vaqt topadi. O'qimayman degan odam, kecha-yu kunduz bo'sh bo'lsayam, yotadi xurrakni otib!

Β©Odil Yoqubov – "Diyonat".
❀7
Qo'lga tushgan o'g'ri aytadi:
– Allohga qasamki, bungacha biror marta o'g'rilik qilmaganman.

Umar ibn Xattob shunday deydi:
– Yolg'on gapiryapsan. Alloh hech bir bandasini birinchi gunohidayoq fosh qilmaydi.
❀7
Men charchaganimda emas, ishim tugaganida to'xtayman.

Β©David Goggins.
❀5
Odamda bironta tashvish bo'lishi kerak. Tashvishsiz odam – qanotsiz qush!

"Kimning tashvishi yo'q" – O'lmas Umarbekov.
❀4