Akhiomar
17 subscribers
12 photos
Productive akhi
Download Telegram
💤 Samarali Uyquga Amaliy Yechimlar

🏃‍♂️‍➡️ Jismoniy faollik
2010-yildagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, doimiy ravishda mashq qiladigan insonlar 45 daqiqadan 1 soatgacha samaraliroq uxlashadi. Kamroq uyg‘onishadi, ko‘proq quvvat va kamroq uyquchanlik his qilishadi.

🍗 Uyqudan 3 soat oldin ovqatlanishni to‘xtating
Bemahallik (kechki ovqat) sababli organizm tun bo‘yi dam ololmaydi — bu esa uyqu sifati buzilishiga va ertasi kuni loqaydlikka olib kelishi mumkin.

☕️ Kechki payt kofeindan uzoq turing
Kofein har bir insonga turlicha ta’sir qiladi. Bizda ayniqsa choy ko‘p iste’mol qilinadi. Imkon bo‘lsa, kechqurun faqat oddiy suv ichgan ma’qul. Chunki choyda ham oz bo'lsada kofein bor.

📱 Ekranlardan uzoqlashing
Ayniqsa kechasi ekran nurlari tananing melatonin ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir qiladi. Uyqudan 60–90 daqiqa oldin telefon, planshet va kompyuterlardan foydalanishni cheklang.

📖 Yengil kitob o‘qing
Bu sizga hordiq chiqarishga va kunni ijobiy taassurotlar bilan yakunlashga yordam beradi.

💧 Tahorat bilan uxlash
Tahorat bilan uxlashning savoblari va va’dalari ko‘p. Uyqu barakali bo‘ladi.

🤲 Uxlashdan oldingi duo
Bu barakani yanada ziyoda qiladi va qalbingizga xotirjamlik baxsh etadi.

🤲 Uyg‘ongandan keyingi duo
Uyqudan uyg‘ongach duo o‘qish uyqu inersiyasidan tezroq chiqishga yordam beradi.

💧 Tahorat oling
Uyg‘onganingizdan so‘ng tahorat olsangiz, o‘zingizga tezroq kelasiz va kuningizga baraka kiradi.


📙Manba: The Productive Muslim - Muhammad Faris

💭Fikringizni izohda qoldiring!
🔥5💯1
🛡 Amir Temurning So‘nggi Vasiyati


Tushunib yetdimki, ruh qushi bu qafasni tark etishni xohlamoqda. Men buyuk Allohga yolvoraman, sizlarni ham Uning O‘ziga omonat qoldiraman... Bilaman, gunohim ko‘p, ammo bor umidim Allohdandir. Zolimlarning qo‘llarini mazlumlar boshidan uzoqlashtirganim uchun, shoyad menga rahm qilsa... Umrim davomida kuchlilarning zaiflarni ezishiga aslo yo‘l qo‘ymadim. Bu dunyoda hech kim abadiy yashab qolmagan, bevafo dunyo menga vafo qilmaganidek, sizlarga ham vafo qilmaydi. Faqat dunyo ishlarini beeʼtibor qoldirmangki, musulmonlar zarar ko‘rmasin! ...



📙Manba: Amir Temur – Ahmad Shimshirgil

💭Fikringizni izohda qoldiring!
🔥3👍1
Hozircha shu ikkitasi bilan bandman)
🔥21👍1
"Muqaddima" shunchaki boshqa darajadagi kitob. Avval o‘qigan kitoblarimning birortasida buncha ko‘p eslatma (note) olmaganman. Bu kitobga shu darajada sho‘ng‘iganimning asosiy sabablaridan biri — u juda qiziqqan mavzularim haqida ekanligidir. Albatta, kelajak qurmoqchi bo‘lganlar uchun tavsiya qilaman.
👍1🔥1💯1
#MATIVATSA

Ba'zida biror odatimni qilayotganimda menga kimdir halaqit bersa, bu holat yoqmas edi. Masalan, onam chaqirib qolsalar, men qilayotgan ishimni yarmida to‘xtatishimga to‘g‘ri kelardi. Bu holatga bir necha marotaba duch kelgan odam osongina: "Eh, bizning holatda hech nima qilib bo‘lmas ekan", deyishi mumkin.

Lekin yaxshilab tafakkur qilib ko‘rsak, bu aslida bizning kim ekanligimizni ko‘rsatadigan holat — zaif, sabrsiz, hayotni borligicha qabul qilmaydigan, hech narsani ohirigacha yetkazmaydigan, yalqov inson.

Bu bizga yana bir bor o‘ylashga sabab bo‘ladi: bu odatni rostdan ham bizga kerakligi uchunmi qilyapmiz yoki shunchaki zo‘r ko‘ringani uchungina?

Aynan shu yerda siz o‘zingiz kim ekanligingizni tanlaysiz — siz kuchli, sabrli, haqiqatga tik qaray oladigan, boshlagan ishini ohirigacha yetkazadigan inson bo‘lib odatni davom ettirasiz, yoki shularning aksi bo‘lasiz. Tanlov doim o‘zingizda.

Faqat, keyingi safar nimadir qilmoqchi bo‘lganingizda, oynaga qarab shu holatni eslang — shuning o‘zi sizga kifoya qiladi.

😎Tafakkuration
🔥21💯1🆒1
Eid al Adha Muborak
👍1🎉1
🧠 Yangi Odat Shakllantirishdagi Xatolar

⚖️Haddan ziyod ko‘p odatlarni rivojlantirish

Siz odatlarni tanlayotganingizda, o‘z majburiyatlaringizni hisobga olgan holda qaror qilishingiz kerak. Ya’ni, har qanday yangi odat sizning ishingiz va oilangiz bilan bo‘lgan munosabatlaringizni buzmasligi kerak.

Keraksiz odatlar
Odat shakllantirishdan avval o‘zingizga jiddiy savol bering: “Bu odat menga rostdan ham kerakmi?” va “Bu odatni men 5, 10 yoki 15 yildan keyin ham davom ettiramanmi?” Agar bu savollarning birortasiga javob “yo‘q” bo‘lsa, unda umuman boshlamay qo‘yaqoling.

🪜Qiyin odatlar
Har qanday yangi odat boshida eng yomon kuningizda ham erinmasdan qila oladigan darajada kichik bo‘lishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan uni asta-sekin oshirib borish kerak. (manba - Atomic Habits)

Vaqtga asoslangan odatlar
Ko‘pchilik kunlik qiladigan ishlarini aniq vaqt bilan To Do ro‘yxatiga qo‘shadi. Ammo bu ko‘pincha demotivatsiyaga olib keladi, chunki agar biror ish belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, uni qilishga xohish qolmaydi. Bu holat kundan kunga ortib boradi. Yaxshisi, bugungi To Do ro‘yxatini tugatmasdan uxlamaslikka harakat qilish — qachon tugashi esa muhim emas.

Shularning barchasi mening shaxsiy tajribamdan o‘tgan xatolar va topilgan yechimlardir. Uni o‘zingiz uchun moslashtiring.

💭Fikringizni izohda qoldiring!
👍31
🎯Maqsad


Sulton Muhammad Fotih taxtga o'tirishi bilan Konstantinopol imperatorini imonga kirishga da'vat qildi. Imperator, tabiiyki, taslimiyatdan bosh tortdi. Shunda Muhammad Fotih (rohimahulloh) shunday dedi:
"Yaxshi, unday bo‘lsa yaqin kunlarda Konstantinopolda men uchun taxt bo‘lgay yoki qabr."
Shundan so‘ng u shahar qamaliga kirishdi. Sulton Muhammad Fotih Konstantinopolni 51 kun qamal qilib, taxminan 55–57 kunda shaharni zabt etdi.



Menga ta'sir qilgan jihat shuki: Sulton Muhammad Fotih o‘z maqsadiga erishish uchun hatto o‘limga ham tayyor edi. Demak, insonning maqsadi shunday bo‘lishi kerakki — yoki u maqsadga erishadi, yoki shu yo‘lda halok bo‘ladi.

Shunday maqsadga ega bo‘lish uchun insonning fikru xayoli, har nafasi uning maqsadi bilan qorishib ketishi kerak. Har bir qadami esa uni shubhasiz maqsadiga yaqinlashtirib borishi lozim.

📙Manba: Qanday Buyuk Bo'lishgan - Sa'd Saud Al-Kariboniy

💭Fikringizni izohda qoldiring!
👍3🔥21💯1
📜Muqaddima


Odamlar o'zlarining zavqlariga ruju qo'yganliklarini oqlash uchun o'tmishda yashagan insonlarning hatti-harakatlaridan namuna olganliklarini vaj qilib keltiradilar.



Insonlar o‘z qilmishlarini oqlash yoki istaklariga zid bo‘lgan narsani tark eta olmaganliklari uchun tarixda o‘tgan insonlarning qilgan ishlarini o‘zlariga ibrat qilib ko‘rsatishadi yoki ular haqida yolg‘on to‘qishadi. Ammo o‘tmishdagi insonlar bu ishlarni nima sababdan qilganini chuqur mulohaza qilishmaydi.

📙 Manba: Muqaddima – Ibn Xaldun

💭 Fikringizni izohda qoldiring!
💯2🔥1👏1🤔1🏆1
❗️Mas’uliyat

Mas’uliyat — katta ishlarga e’tiborli bo‘lishdan emas, balki eng kichik ishlarga ham katta ishlardek e’tibor bilan yondashishdan kelib chiqadi.

Ya’ni, hattoki 3 yoshli farzandingizga bergan eng oddiy va’dangizni bajara olishingiz — bu sizning haqiqiy mas’uliyatli inson ekanligingizni ko‘rsatadi.

Mening fikrimcha, hozirgi kunda ko‘pchilik va’dalarni ustuvorlik (prioritet) asosida saralaydi va pastroq darajadagilarini bajarmaslikni odatga aylantirib qo‘ygan. Lekin unutmaslik kerakki, har bir kichik odat vaqt o‘tgan sayin kattalashadi.

Eng to‘g‘risi — past ustuvorlikdagi va’dalarni keyinga suring, lekin hech qachon ularni unutmang.

💭Fikringizni izohda qoldiring!
1👍1🔥1💯1🗿1
Mening so'ngi kunlardagi holatim. Menimcha hammada ham bo'lsa kerak, buning asosiy sababini bilaman lekin hali undan chiqish yo'lini to'la anglaganim yo'q. Keyingi postim inshaAlloh shu holatdan chiqganimda bo'ladi((
To‘fondan tirik chiqqan odamlar ikki xil bo‘ladi: biri to‘fonni yomon ko‘rib, endi hech qachon dengizga qaytmaydi; ikkinchisi esa undagi zavqni anglab, to‘fonning o‘zini ham sevib, yana dengizga qaytadi. Men ikkinchi inson bo‘lishni niyat qildim.
🔥4
A man should be able to think and act coldly in hot moments.
🔥3💯2👍1👏1
Eng azoblik narsalardan biri bu qila olmagan ishlaring yoshligin qiyofasida kelib seni so’roqga tutushidur.

Nma qilsang ham bu holatga tushma…
👍3
I believe that the very first step toward success is hatred — the greater the hatred, the harder you try.
Get pissed off....
💯2🏆1
-Ishlar chappasiga ketyapti.
-Oilanga ham qizig'ing yo'q.
-Hamma seni holatingni biladi lekin tupurib qo'ygan.
-Hechkim yordam bermayapti.
-Pul yo'q.
-Hayoting go'yoki failure dan iborat.
-Dardlashadigan insonning o'zi yo'q.

Agar hayotingda shuralning birortasi yoki birnechtasi bo'lsa bilginki sen Erkaklik ko'prigidan o'tayapsan va senda ikki tanlov bor, hammasiga chidab Erkak bo'lish yoki ortga qaytib yana Bola bo'lish. O'tganingdan so'ng tushunasanki bularning barchasi normal hayot jarayoni.

Angladimki faqat va faqat mas'uliyat, qiyinchilik va tafakkur insonni o'stiradi qolgan barchasi illyuziya. Demak "The More Pain The Better I Get".

Will you chose to suffer more and become better than others or chill like a child?
👍3😁1
Bu dunyoda faqat 2 ta yo‘l bor: haq va botil. 3-yo‘l YO‘Q. Menga avvallari neytral bo‘lib olish yoqar edi, chunki shunday qilsam, men doim “yutaman”. Hech qanday aybdorlik hissi ham bo‘lmas edi, go‘yo men yomon yo‘lda emasman. Ammo bunday yashashim xato ekanligini anglab yetdim. Hozir, agar yana shunday yo‘l tutsam, o‘zim bilan o‘zim so‘kishaman: “Nega men hozirning o‘zida bu ishni eplolmayapman?” deya. Bir tarafim: “To‘xta, iflos! Nega SEN bunday ishni qilyapsan? Sening da’voing boshqacha edi-ku!” desa, ikkinchi tarafim esa: “Bu odamlarni qara, na insof, na imon, na harakat bor, tavba”, deya o‘zini ovitadi. Lekin aslida bilamanki, men ham shularning qatorida turibman, go‘yo o‘zimni Oppoq Oy deb bilsam ham.

Gapimni so‘kishsiz davom ettira olmadim. Xato va chalkashliklar uchun uzr.

Oxirgi xulosam shu-ki:
Men shirin yoki achchiq bo‘lsa ham, haqda turib beraman yoki teskarisi.
1👍1👏1
When the outside is at peace, continue the war in your mind; when the outside is at war, continue the peace in your mind. Constant peace is the killer of peace.
Get obsessed with your system; the goals take care of themselves!
Most of the time, we fail not because we set the wrong or unachievable goals, but because we don't put effort into our system.
I have spent around 5 years to understand this shit 🦥

The notion was from 'Atomic Habits' book.
💯1
Before the peace in the ocean, there should always be a storm, or vice versa.