#iqtibos
— Taqsir, kimning tavbasi qabul bo'lmaydi?
— Tavba qilmagan odamning tavbasi qabul bo'lmaydi!
@akbarshoh_reads | |@akbarshoh_blog
— Taqsir, kimning tavbasi qabul bo'lmaydi?
— Tavba qilmagan odamning tavbasi qabul bo'lmaydi!
©Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf
@akbarshoh_reads | |@akbarshoh_blog
💯6❤🔥2⚡1🔥1😢1💔1
#iqtibos
Ey foniy goʻzallikga ko‘ngil berib, tan balchig‘idan, nafsoniy
orzu-havaslardan qutilolmagan
bechora!
Sen (bu turishda) u yerlardagi, ma’no samolaridagi go‘zalliklardan qanday qilib xabardor bo‘lmoqchisan?

©Shams Tabriziy
@akbarshoh_reads | |@akbarshoh_blog
💯6⚡2😢2❤🔥1🔥1💔1
#toʻrtlik
Bekordan bekorga botmaydi quyosh,
Botadi tong sahar chiqmoqlik uchun
Bu sinov olamda toʻkmay sira yosh
Dunyoga kelamiz ketmoqlik uchun
Gunohga botamiz goh bilib bilmay
Umr soʻqmogʻidan oʻtmoqlik uchun
Soʻngra yaxshi amal izlaymiz tinmay
Doʻzoxdan -Jannatga kirmoqlik uchun
@akbarshoh_reads | | @akbarshoh_blog
Bekordan bekorga botmaydi quyosh,
Botadi tong sahar chiqmoqlik uchun
Bu sinov olamda toʻkmay sira yosh
Dunyoga kelamiz ketmoqlik uchun
Gunohga botamiz goh bilib bilmay
Umr soʻqmogʻidan oʻtmoqlik uchun
Soʻngra yaxshi amal izlaymiz tinmay
Doʻzoxdan -Jannatga kirmoqlik uchun
© Akbarshoh Shodiyev
@akbarshoh_reads | | @akbarshoh_blog
😢4💯3⚡2💔2🔥1🕊1😍1
#toʻrtlik
Oʻzimni umrimni qotili oʻzim,
Gunohga boshlaydi har aytgan soʻzim.
Uyalmay qoldi-ku behayo yuzim,
Raqib boʻlib qoldim oʻzimga oʻzim.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
Oʻzimni umrimni qotili oʻzim,
Gunohga boshlaydi har aytgan soʻzim.
Uyalmay qoldi-ku behayo yuzim,
Raqib boʻlib qoldim oʻzimga oʻzim.
© Akbarshoh Shodiyev
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
😢5⚡3💯2❤🔥1🔥1🕊1💔1
Shoir emasdurman bitarman sheʼrlar
Bir kuni toʻxtasa ojiz yuragim ,
Rasulim oldiga boraolamanmi.
Muborak qoʻlidan kavsarni ichib,
Bir bora bagʻrimga bosaolamanmi.
Bir kuni toʻxtasa ojiz yuragim,
Qoʻrmasdan qabrga kiraolamanmi,
Dinim Islom deya qoʻrqmasdan aytib.
Jannatdan bir kulba solaolamanmi.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
Bir kuni toʻxtasa ojiz yuragim ,
Rasulim oldiga boraolamanmi.
Muborak qoʻlidan kavsarni ichib,
Bir bora bagʻrimga bosaolamanmi.
Bir kuni toʻxtasa ojiz yuragim,
Qoʻrmasdan qabrga kiraolamanmi,
Dinim Islom deya qoʻrqmasdan aytib.
Jannatdan bir kulba solaolamanmi.
© Akbarshoh Shodiyev
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
😢5⚡3❤🔥2🤩2🕊1💯1💔1
#toʻrtlik
Qara, yoz faslida uchrashgan edik...
Ayromiz qahraton qish kabi goʻyo
Bahorning nafasi yoʻqdayin bugun
Sen bilan uchrashmoq meni uchun roʻyo.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
Qara, yoz faslida uchrashgan edik...
Ayromiz qahraton qish kabi goʻyo
Bahorning nafasi yoʻqdayin bugun
Sen bilan uchrashmoq meni uchun roʻyo.
© Akbarshoh Shodiyev
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
😢5⚡4❤🔥1🕊1😍1💔1
#taqdir
Sen, Allohning berganlariga rozi bo‘lmaguningcha qayerga qochsang qoch, qayerga borsang bor u yerda ro‘parangdan bir ofat, bir balo, bir tashvish chiqaveradi.
Allohga qasam-ki, qutulmoq uchun qochib hatto sichqonning iniga kirsang ham, mushukning panjasiga duch kelasan...

-Mavlono Jaloliddin Rumiy
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
🕊5⚡3😢1😍1💯1💔1
Garchi masofalar boʻlsada uzoq,
Topgan boʻlsang ham muhabbatingni.
Nafsim qayrab shayton qoʻysa ham tuzoq,
Faqat tilab qolaman saodatingni,
Oʻtmishda sen uchun kurashaolmadim,
Eslashim ham gunohdir qiyofatingni.
Menku sogʻinam har kuni zotan,
Sen faqat tushimda ayt sogʻinganingdi.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
Topgan boʻlsang ham muhabbatingni.
Nafsim qayrab shayton qoʻysa ham tuzoq,
Faqat tilab qolaman saodatingni,
Oʻtmishda sen uchun kurashaolmadim,
Eslashim ham gunohdir qiyofatingni.
Menku sogʻinam har kuni zotan,
Sen faqat tushimda ayt sogʻinganingdi.
© Akbarshoh Shodiyev
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
😢6🔥4🕊2❤🔥1⚡1😍1💯1💔1
Ey ko'ngil!
Qani so'zla:
- "Tomchi tushmasa, suv topiladimi?
Shamol esmasa, daraxt qimirlaydimi?
"Alloh" demasa, qalb uyg'onadimi...?!"
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
Qani so'zla:
- "Tomchi tushmasa, suv topiladimi?
Shamol esmasa, daraxt qimirlaydimi?
"Alloh" demasa, qalb uyg'onadimi...?!"
Jaloliddin Rumiy
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
⚡5❤🔥1🔥1🥰1😁1😢1🕊1💯1
TAVBASIGA TAYANDI
Bir sodda kishi eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga borayotgan ekan, yoʻlda birov uchrab:
- Yoʻl boʻlsin? - deb soʻrabdi.
- Eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga boryapman, - deb javob beribdi u.
- In Shaa Alloh, degin! - debdi haligi odam.
- Eshak bozorda, pul choʻntagimda turibdi-yu, nega In Shaa Alloh, derkanman? - debdi sodda odam.
Haridor bozorga borishi bilan pulni kissavurga oldirib qoʻyibdi va umidsizlanib uyiga qaytib kelayotganda yana oʻsha odamga duch kelibdi. Haligi kishi:
- Qayerdan kelyapsan? - desa, u:
- In Shaa Alloh, bozordan kelyapman, In Shaa Alloh, pulimni oʻgʻirlatdim, In Shaa Alloh, eshak ololmay quppa-quruq qaytib kelyapman! - debdi.

“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
😁5⚡3🔥1🕊1😍1💔1
#iqtibos
Zavq va orzular zinapoyaga oʻxshaydi. Zinalar oʻtirib dam olishga moslashmagan, aksincha ustidan bosib oʻtiladi, xolos. Umrini shu zinalarda behuda oʻtkazmaslik uchun ahvolning mohiyatini anglab yetgan zot qanday baxtli!

🥰4⚡2😢1
Bir boydan soʻrashibdi:
– Siz qanday qilib shu darajada boyib ketdingiz?
Boy:
– Men Alloh bilan musobaqa oʻynadim.
– Iye qanday qilib, bu nima deganingiz?!
– Alloh menga bergan neʼmatlardan odamlarga ehson qilib beraverdim. Alloh menga yana beraverdi. Men koʻproq berdim. Alloh yanada koʻproq berdi. Bu musobaqada Alloh yutib chiqdi.

❤🔥4⚡2🥰1😢1
Ilm — seni hech qachon tark etmaydigan boylik.
Pul ketadi, mansab o‘zgaradi, odamlar yuz o‘giradi.
Ammo ilm sen bilan qoladi —
qorong‘uda yo‘l ko‘rsatadi,
qiyinchilikda suyanch bo‘ladi,
odamlar orasida seni baland qiladi.
Ilmli inson bosh egmaydi,
u faqat haqiqat oldida egiladi.
Ilm — jim turib ham gapira oladigan qudrat,
va sukut bilan hurmat qozonadigan kuchdir.

Ilm izla.
Chunki ilm — qadringni birovga bog‘lab qo‘ymaydi.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
🔥4⚡2🥰1
"Sevaman" deyilmasdi bizning paytlari,
Odob chegarasin o'tmasdik buzib.
Hadya aylar edik "O'tkan kunlar"ni,
Kerakli so'zlarning ostini chizib.
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
Odob chegarasin o'tmasdik buzib.
Hadya aylar edik "O'tkan kunlar"ni,
Kerakli so'zlarning ostini chizib.
Erkin_Vohidov
@akbarshoh_reads | @akbarshoh_blog
⚡7❤🔥3😢1
#toʻrtlik
Qaydadir yoʻqotdik tarozimizni,
Negadir oʻlchovlar buzlib ketdi.
Qattiqroq chiqardik ovozimizni,
Osmonlar bilan rishta uzilib ketdi.
@akbarshoh_reads
Qaydadir yoʻqotdik tarozimizni,
Negadir oʻlchovlar buzlib ketdi.
Qattiqroq chiqardik ovozimizni,
Osmonlar bilan rishta uzilib ketdi.
@akbarshoh_reads
⚡8❤🔥2
#toʻrtlik
Hamma hokisor deb bilar oʻzini,
Hamma bir-biriga soʻylaydi roʻyo.
Hamma oʻz fikricha aytar soʻzini,
Na siz farishtasiz, na biz avliyo
@akbarshoh_reads
Hamma hokisor deb bilar oʻzini,
Hamma bir-biriga soʻylaydi roʻyo.
Hamma oʻz fikricha aytar soʻzini,
Na siz farishtasiz, na biz avliyo
@akbarshoh_reads
❤🔥5⚡2
Kitob o‘qish prestijga aylandimi?
Hozir jamiyatimizda g‘alati paradokslar yuzaga kelmoqda: kitob do‘konlari ko‘paymoqda, kitob yarmarkalari odamlar bilan gavjum, Instagram va Telegram kanallari kitob tavsiyalaridan portlayapti. Bir qarashda, millat yoppasiga ma’rifat sari intilayotgandek. Ammo buning ortidagi parda biroz ko‘tarilsa, haqiqat biroz achchiqroq ta’mga ega ekanligini ko‘ramiz.
Bugun kitob o‘qish — tafakkur ehtiyoji emas, balki "status" belgisiga, o‘ziga xos ijtimoiy "prestij"ga aylanib qolyapti. Ayniqsa, blogerlar armiyasi bu jarayonni "estetik tomosha"ga aylantirib yubordi. Hammasi ham emas albatta.

💯3⚡1