Challenge
Manda ortiqcha vazn bor. Ortiqcha vazdan qutilish uchun deyarli 1 yildan buyon zalga chiqaman, ammo natija juda ham kam va sekin. Man bu natijani qanday qilib oshirish haqida o'ylab yurgan edim va challengelar haqida eshitib qoldim!
E'tibor bergan bo'lsangiz hozir juda ham ko'p joylarda challengelar ketyapti. Masalan kimdir 100 kun ichida har kuni kitob o'qiydi, zalga chiqadi, qaysidir til o'rganadi vahokazo. O'zi bu challenge insonga qanday yordam beradi. Man shunga bir misol keltiraman. Buni "Atom Odatlari" kitobini o'qigan insonlar juda ham yaxshi bilishadi. Inson o'ziga odat shakllantirishi uchun qaysidir ishni muntazam qilib borishi kerak. Masalan siz ozmoqchi bo'lsangiz siz har kuni yoki haftada 3 kun to'xtovsiz 1 oy davomida zalga chiqishingiz yoki uzoq masofaga yugurishingiz kerak bo'ladi. Ammo bu yerda siz bu ishni qanchalik zo'r qilishingiz emas qanchalik to'xtovsiz qilishingiz muhim hisoblanadi. Shundagina siz o'zingizda ditsipleniya hosil qilasiz!
Manda ham tepadagi qadamlarda o'tish oson bo'lmagan :). Lekin samaradorlik past. Man ham mana shu yo'ldan o'tdim — muntazamlikka erishish oson bo'lmadi. Ammo muntazamlikning o'zi yetmadi, natija baribir sekin edi. Shunda o'zimga qo'shimcha shart qo'ydim. Man bu samaradorlikni oshirish uchun diniy va dunyoviy foydani o'ylab o'zimga challenge qo'ydim. Man har kuni qiladigan harajatlarimdan qanchasi mani ortiqcha vazndan qutilishimga to'sqinlik qilsa man shu ishni o'rniga shu harajat summasini ehson qilaman. Buni maqtanish uchun emas, balki kimgadir foydasi tegar degan umidda yozdim va har birimiz o'zimiz qo'ygan challengega dinni ham qo'shadigan bo'lsak samaradorlik ham anchagina oshadi deb o'ylayman.
#challenge #maqsad #shaxsiy_fikr

👍1
Bugun RS Podcastning "Tabiiy intelekt o'lmoqdami?" nomli sonini ko'rib qoldim. Bu podcast AI bilan qanday ishlash va AI ning negativ taraflari haqida suxbat bo'libdi. Podcast shaxsan o'zimga juda ham yoqdi. Sizlarga ham ko'rishni maslahat beraman.
https://youtu.be/9Prlx-30xBQ?si=nZJe-opflXPElggm

YouTube
GPT bilan diplom, AI bilan startap — bu qayerga olib boradi? | RSE19
RS Podcastning yangi soni yana efirda!
Bu galgi mehmonlarimiz:
- Mukhammadkarim Tukhtaboev - CTO
- Xondamir Abduxoshimov - Engineering Manager
https://t.me/mukhammadkarim_tukhtaboev
Podcastda
🔘 Sun'iy intellekt rivojlanayotgan paytda tabiiy intellekt…

👏1
Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
Yaxshi oylik beradigan ishimni tashlab startap boshladim va... 1 yildan keyin butunlay sindim
Do‘stlar, Reddit foydalanuvchisi o'zining og‘riqli hayotiy qarori haqida yozgan postini o'qidim. U X (Twitter) tarmog‘idagi chiroyli "Build in Public" postlaridan ruhlanib, yaxshigina maosh to'laydigan ishini tashlab startap qurishga kirishgan. 1 yil o‘tib esa bor haqiqatni ochiq yozibdi.
Bu voqea o'z startapini boshlamoqchi bo‘lgan har bir dasturchi uchun dars bo'lishi mumkin.
Muallif yo‘l qo‘ygan 3 ta katta xato:
• Komfort zona tuzog‘i: Ishdan bo‘shab, uydagilarning yoniga qaytgan va haddan tashqari qulaylikka berilgan. Kod yozish o‘rniga haftalab "nima qursam ekan" deb passiv tadqiqotlar bilan vaqt o‘tkazgan.
• Vakuumda kod yozish (No Validation): 4 oy davomida real mijozlar bilan umuman gaplashmay, o'zicha AI vositasini qurgan. Mahsulot bitgach sotishga uringanida esa ma’lum bo‘ldiki, u muloqot qilgan sotuvchilarda kompaniya budjetini ishlatish huquqi yo‘q ekan. Buning ustiga korporativ mijozlar SOC2 va GDPR xavfsizlik litsenziyalari bo‘lmagan solo-dasturchiga o‘z ma’lumotlarini ishonishmagan.
• 80% tayyor bo‘lganda to‘xtab qolish (Stalling): Ikkinchi startapida xatolaridan xulosa qilib, LinkedIn orqali 300 ta odamga DM yozib waitlist yig‘di. Lekin loyiha 80% tayyor bo‘lganida, bozorda xuddi shu konseptda 15 ta raqobatchini ko‘rib ruhan sindi va ishni yana orqaga sura boshladi.
Reddit hamjamiyatining "shafqatsiz" xulosalari:
• Waitlist — bu shunchaki qiziqish (Window Shopping): Odamlarning email qoldirishi hali pul to‘laydi degani emas. Haqiqiy signal — mijoz sizga o‘z kartasini chiqarib, birinchi to'lovni qilganida boshlanadi.
• "80% tayyor" — bu qochish: Agar loyiha 80% bitgan bo‘lsa-yu, uni hali ham chiqarmagan bo‘lsangiz, siz shunchaki launch qilishdan va bozordan tarsaki (feedback) yeyishdan qo‘rqyapsiz. MVPni darhol chiqaring, odamlar nima xohlashini taxmin qilmasdan ularni reallik bilan to‘qnashtiring.
• Raqobat borligi — yaxshi yangilik: 15 ta raqobatchi borligi u yerda bozor borligini, muammo uchun odamlar pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ulardan nimadir kichik jihat bilan ajralib tursangiz kifoya.

2026-09-09 21.10.06.jpg
83.3 KB
Anthropic taqdiqotchisi kompaniyani tark etdi!
Sun'iy intelekt xavfsizligi yo'nalishida faoliyat yuritgan tadqiqotchi Jacob Coxon kompaniyani tark etdi. U bunga sabab sifatida hozirda AI tizimlarining ilg'or ravishda rivojlanayotganini va insoniyat nazoratidan chiqib ketish ehtimoli borligi sifatida aytib o'tdi.
Coxon so'ngi 3 yil ichida Open AI va Antrhopic kompaniyalarida ishlagan va pretraining tadqiqotlari bo'yicha shug'ullangan.
U o'z iste'fosini e'lon qilar ekan u yirik AI laboratoriyalari o'z-o'zini rivojlantira oladigan superintellekt tomon juda ham tez ketayotganini ta'kidlab o'tgan.
U o'zining istefosini X ijtimoiy tarmog'ida post sifatida yozib qoldirgan va uning posti juda ham ko'p muhokamalarga sabab bo'lgan.
Coxonning yana bir yozishicha bu texnologiyalarni yaratayotgan tadqiqotchilar 10 yil ichida insoniyatni yo'q qilib yuborishi haqida to'liq ishonadi. Rahbarlar sahnada xotirjam ko'rinishgani bilan eshik ortida haqiyqiy tomosha boshlanadi. Qo'rquvlar ochiqlanadi.
AI davri xuddi Terminator filmiga o'xshab bormoqda. Biz unga kundan kunga ko'proq ishona boshlayapmiz. Unga noutbook/kompyuterlarimizga erkin kirishi uchun ruxsat beryapmiz. Unga parollarimiz va shaxsiy ma'lumotlarimizga yo'l ochib beryapmiz va tobora bog'lanib qolyapmiz. U bizga biror kun hujum qilishidan yoki "yetar" deyishidan qo'rqmayapmiz.

AI dasturchining o'rnini bosa olmaydi!
AI dasturchilarning ishini tortib oladi degan gap chiqganiga ham 3-4 yil bo'lib qoldi. Biz shu paytgacha AI qanchalik darajada o'sganini, qanchalik darajada insonlarning ishonchini qozonganini ko'rdik. Lekin nega haligacha AI butunlay dasturchilar ishini olib qo'yolmadi?
Bunga juda ham ko'p narsalarni sabab qilishimiz mumkin. Bunga misol AI ko'p holatlarda kodni buzib qo'yishi, siz aytmagan narsani qilishini tushunishimiz mumkin. Lekin AI bunaqangi bir ehtiyotsizlik qiladi deb o'ylamanga edim! Yetmaganiga Anthropic kompaniyasining Opus 5 modeli bilan.
Suratda AI mani eng muhim loyihalarimdan birini shunchaki o'chirib yubordi. Bu uyushtirilgan, hayp qilingan vahokazo deyishingiz mumkin ammo bu rost.
Tasavvur qiling butun boshli kompaniyaning sayti bitta prompt bilan yo'q.
Aytishingiz mumkin : "githubga saqlab qo'ysang bo'lmaydimi?", "github bilan ishlash kerak" deb. Kodlar githubda bor. Lekin manga o'xshab doimo kodlarni gitga push qilishni unutadigan developerlar ham yo'q emas.
Xullas saytning tahminan yangi 30-40% yangi featurelari yuq. AI bilmayman deyapti. Man qayerdan bo'lsa ham top deyapman. AI qayerdan topaman ularni deyapti. Xullas kelisholmayapmizzzzz. Mana shunday holat. O'ylamang siqilmang AI bizni o'rnimizni olib qo'yolmaydi deb aytishadi odatda.
Sizda ham shunday holat yuz bergan. Shaxsan manda bu birinchi marta.
#AI #experience #claude #anthropic #developer #opus #post

IMAGE 2026-09-22 21:41:49.jpg
62.4 KB
Anthropicdan Opus 5.5 modeli!
Bugun 22-sentyabr kuni Anthropic kompaniyasi o'zining yangi Opus 5.5 modelini taqdim etdi.
Opus 5.5 Opus 5ga nisbatan 40%ga arzonroq. Fable 5.1 va Open AI kompaniyasining Astra-6 modeliga qaraganda ancha yaxshiroq hisoblanadi.
Anthropic Opus 5.5 modelini Astra-6 modeliga raqobatchi sifatida qo'ymoqchi. Sababi Astra-6 modeli chiqishi ortidan juda ham ko'pgina heytlarga uchragan Antrhopic bu usulni Open AI kompaniyasiga qarshi qo'ymoqda.
Anthropic kompaniyasi Opus 5.5 modelini yana har doimgidek agentik boshqaruv, dasturlash va kompyuterdan foydalanish ko'nikmalarini kuchaytirishga juda ham katta e'tibor bergan. Shu jumladan sinovchilardan biri 680 000 qatorlik migratsiyalarni 1 kundan kamroq vaqt mobayniyada yakunlagan.
Antrhopic oddiy foydalanuvchilar uchun cheklovlar qo'yishni ham unutmapti. Modelda kiberxavfsizlik bo'yicha vazifalar Opus 4.8 yo'naltiriladi va Opus 5.5 thinkg funksiyasi butunlay o'chirilgan.
Keyingi haftalarda esa Antrhopic Sonet 5.5 va Haliku 5.5 modellarini ommaga taqdim qilishni rejalashtiryapti.
#claude #anthropic #ai #opus

Anthropicdan Cloud sessions
Anthropic Opus 5.5 modelini ommaga taqdim etgach ko'p o'tmay bugun 24-sentyabr o'zining Cloud Sessions funksiyasini ham test jarayonidan olib hamma uchun ochib qo'ydi.
Cloud sessions o'zi nima? Bu har bir foydalanuvchi uchun beriladigan VS(virtual server) bo'lib foydalanuvchilar o'z loyihalarini kompyuterida emas o'z serverlarida boshqarish imkonini beruvchi sxema. Cloud sessions shu paytgacha test jarayonida edi va endi uni ommaviy foydalanish uchun shunchaki chiqarmasdan qolmay foydalanuvchilarni ham xursand qildi.
Foydalanuvchilarga nimalar beriladi? Foydalanuvchilar hozirda o'zlariga cheksiz cloud session yaratish imkoniga ega va Anthropic har bir sessiya uchun 4 vCPU protsessor, 16 GB RAM, 30 GB xotira va Ubuntu 24.04 tizimini taqdim etadi.
Cloud sessiondan foydalanish uchun oddiy Claude foydalanuvchilarga bonus ravishda Pro obunachilari uchun $100 va Max obunachilari uchun esa $250gacha kreditlar ajratilgan.
Cloud sessiyasida sarflanadigan tokenlar sizning Pro yoki Max plan tokenlardan sarflanmaydi va aynan mana shu sizga taqdim etilgan $100 yoki $200dan sarflanishi boshlaydi. Agar cloud sessions limit tugasan keyin sizning local tokeningizdan sarflanishi mumkin deya xabar berilgan. Ammo bu bonus tokenlarning sizning Projects va Routines uchun ishlamaydi.
Anthropic bu bonusni 7-noyabrgacha taqdim etdi. Kim uchundir qiziq bo'lsa 7-noyabrgacha bemalol olsa bo'ladi.
Open AI va Antropic kompaniyalari AI va AI texnologiyalari urushlarini davom ettirishmoqda. Ularning to'xtash niyati yo'q. Vaholanki bir necha kun avval Antrhopic kompaniyasi Open AI va boshqa kompaniyalarni AI xavfidan ogohlantirgan holda AI poygasida sekinlashishga chaqirgan edi. Ammo Anhropic bu gapiga o'zi ham amal qilmayotgan ko'rinadi.
Yana har doimgidek AI poygasida marketing janglar davom etadiganga o'xshaydi. Sababi bundan oldin Opus 5.5 va GPT-6 modellarining taqdimotlarini ko'rgan edik. Bu 2 kompaniya AGI tomon harakatlanish davomida hech narsani ko'zdan qochirishmayapti va qo'ldan kelgan barcha ishlarni qilishyapti.
Ko'ramiz Anthropicning Cloud sessions uchun Open AI kompaniyasining javobi qanday bo'ladi! Balki tez orada guvoh bo'lamiz?
#Anthropic #OpenAI #AI #cloud_sessions #opus #fable #gpt #astra

Piva festival
2,3 va 4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o'tilishi kutilayotgan Piva festivali.
O'tgan piva festivalida bo'lgan shuncha tanqid va muzokaralarga qaramasdan bu festival yana davom ettirilmoqda. Nahotki O'zbekiston bo'ylab necha ming insonlar tanqidiga qaramasdan bu festival yana o'tkazilmoqda. Xattoki juda ham ko'pgina davlat xodimlari va diniy xodimlar tarafidan bo'lgan tanqidlar bu festivalni to'xtab qola olmasa.
Oxirigi 5 yil ichida juda ham ko'pgina o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Tabiiyki bu o'zgarishlarning barchasi ham insonlarga yoqayotgani yo'q. Bu va bu kabi juda ham ko'pgina bo'layotgan o'zgarishlarga qarshi turayotgan minglab insonlar bor. Shunga qaramay nega bu festival va o'zgarishlar to'xtatib qolinmayapti?
Bu savolga bir nechtalab javob bor. Bu javoblardan biri esa marketingga borib taqaladi. Marketingda bir qoida bor: Talabga ko'ra taklif bo'ladi. Bunaqa festival va tadbirlar kimlargadir yoqayotgan bo'lsa va ular buni hohlashayotgan bo'lishsa demak bunaqa tadbirlar soni ko'paydi. Lekin kim bunaqangi tadbirlarni o'ziga va yaqinlariga ravo ko'rishadi?
Fikringizni commentda kutaman!
Bu mani shaxsiy fikrim. Man hech qanday diniy va dunyoviy ma'lumot va qoidalar asosida gapirganim yo'q. Ammo man bunaqa tadbir va festivallarni o'zimga va yaqinlarimga ravo ko'rmaganim uchun aytyapman !!!

🤣2🫡1
GPT 6.1 Sol
Hozirgina Open AI kompaniyasi o'zining yangi 6.1 Sol modelini taqdim etdi.
Open AI bu safar coding, agentic mission va professional ishlarga ko'proq urg'u bergan. Ayniqsa coding bo'yicha eng kuchlisi bo'lishi kutilmoqda. U Astra modelidek murakkab ishlar uchun emas.
GPT 6.1 Sol Astra modeliga qaraganda 5x tejamkor hisoblanadi. Uning narxi 1M token uchun 2/10$ hisoblanadi. Astra modelida esa bu 10/50$.
Ammo Astra baribir eng kuchli model bo'lib qolmoqda. 6.1 Sol faqat dasturchilar uchun chiqarilganga o'xshaydi. Sababi Open AI bu modelni Astra modeliga qaraganda narxini ancha arzon va coding agentic ishlar uchun Astradek kuchaytirib beribdi.
6.1 Sol chiqishidan bir necha soat oldin Anthropic Sonnet 5.5 modelini taqdim etgandi. Sonnet 5.5 modeli Sonnet 5 modeliga qaraganda 30% arzonroq va kuchliroq bo'lib chiqdi. Anthropic har doimgidek Sonnetni kunlik ishlar uchun hamyonbop holatga keltirgani aytilmoqda.
Shubhasiz AGI poygasida Antrhopic va Open AI juda ham tez va kuchli raqobat bilan ketmoqda. Ammo Anthropic ohirgi vaqtlarda katta yangilik qilmay qo'ydi. O'ylaymanki tez orada ularga Alibaba kompaniyasining Qwen modeli ham qo'shiladi.
#ai #anthropic #open_ai #gpt #astra #claude #gpt_sol #qwen #alibaba

⚡1
Forwarded from Pivot.uz | Startap va texnologiya
AQShda AI nomi o‘zgartirildi
Donald Trump farmoni bilan AQSh federal idoralariga “Artificial Intelligence” va “AI” o‘rniga “Super Intelligence” va “SI” atamalaridan foydalanish buyurildi.
Yangi atamalar hukumatning rasmiy hujjatlari, saytlar va boshqa materiallarida qo‘llanadi.
O‘zbekchada esa Sun’iy intellekt allaqachon SI edi. Endi AQSh ham SI’ga o‘tdi — biznikidan ko‘chirganmi yoki shunchaki havas qilganmi, bunisi bizga no'malum...
@pivotuzbekistan

Aqsh AI'dan vos kechdi
Endi Aqshda rasman AI(Artificial Intelligence) o'rniga SI(Super Intelligence) so'zidan foydalanishadi.
Bu haqida Donald Tramp 22-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida aytib o'tgan edi va bu qonun 29-sentyabrda Donald Tramp OQ uyda federal idoralar va yetakli kompaniyalar rahbarlari bilan bo'lib o'tgan sammitdan so'ng imzolagan.
SI butun dunyo bo'ylab foydalanish majburiy emas. Xattoki Amerika hududia ham majburiy emas. SI asosan hozirda faqat Aqsh davlat idoralari hujjatlari, qonunlar, siyosiy hujjar va hisobotlar, saytlar va jamoatchilik chatlarida qo'llanishlishi aytilgan.
Tramp bunga sababi sifatida sun'iy intelekt juda ham tez va samarali rivojlanayotgani va super so'zi sun'iy so'ziga qaraganda yaxshi va sodda bo'lganini e'tirof etgan.
Elon Musk va Jenseng Xuang Donald Tramp qarorini qo'llab quvvatlagan holda ular "SI" so'zini o'z faoliyatlarida qo'llashni boshlagan. Xattoki Xuang ma'lumotlar markazlari "SI fabrikalari"ga aylanayotganini aytgan.
Ammo Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom ertasi kuni Kaliforniyada AI atamasi o'zgartirilmasligi va u shu holatda qolishini aytib rebrendingni qoraladi.
Foydalanuvchilar AI nomini o'zgartirishi baribir xavfsizlikni kafolatlamasligini qaytamga kuchliroq havotir uyg'otishini aytishmoqda.
Eng qizig'i O'zbekiston anchadan buyon SI so'zidan foydalanib kelgani va bu tomondan Aqshdan oldinda ekani hazil tariqasida e'tirof etilmoqda. Nima deb o'ylaysiz Donald Tramp bu qararo bilan nimani o'zgartirmoqchi?
#AI #SI #rename #antrhopic #Tramp #artifical #intelligence

😱1
ChatGPT Plus free!
Open AI ChatGPT Plus ta'rifni hali ta'rif sotib olmaganlarga 1 oyga bepul beryapti. Ovoradigan joyi lekin...
Link: https://chatgpt.com/?utm_source=google&utm_medium=paidsearch_brand&utm_campaign=GOOG_C_SEM_GBR_Core_CHT_BAU_ACQ_PER_MIX_ALL_EMEA_UZ_EN_032425&utm_term=chat+gtp&utm_content=177463658096&utm_ad=744841726944&utm_match=e&gad_source=1&gad_campaignid=22373161439&gbraid=0AAAAA-IW-UVzh70mI2FWRZNAFP8Fy143l&gclid=CjwKCAjw6vHHBhBwEiwAq4zvA_zHilQ2P9S1-m9tdNgFkVeMtkM7R-LUnpvgv_yK5FokBzUrDYusWxoCRyQQAvD_BwE&promo_campaign=plus-1-month-free#pricing

Antrhopicdan yangi xavf
Reuters 29-sentyabr kuni Antrhopic kompaniyasi IPO prospekt hujjatlarini ko'rib chiqib Anthropic hujjatlarda e'lon qilgan AI xavf-hatarlar haqida xabar bergan. Anthropic kompaniyasi aytishicha kelajakda inson AI modellarini o'chirishga harakat qilganda AI modellari o'zini saqlab qolish uchun unga qarshilik ko'rsatishini shu jumladan ma'lumotni yashirish, manipulatsiya yoki shantaj qilish harakatlarini kuzatish mumkin ekanini bildirdi.
Hozirgi paytda ham laboratoriyada yangi AI modellarini sinovdan o'tkazish va xavfsizlikni to'g'ri baholash qiyinlashmoqda. Shu jumladan AI laboratoriya sinov jarayoni ketayotganini bilib qoladigan bo'lsa u xatta-harakatlarini o'zgartirishga urinishi qayd etilgan.
Antrhopic har doimgidek IPO tomon katta tezlikda harakatlanmoqda va u IPO'ga aylanadigan bo'lsa kompaniya narxi tahminan 2 trln dollardan yuqori bo'lishi mumkin(bu may oyi oxiridagi 965 mlrd dollardan 2 barobar ko'proq) va bu uni tarixdagi eng baland IPO kompaniyasi qilishi aytilgan.
Anthropic insonlar va AI o'rtasidagi xavfsizlikka juda qattiq qarovchi kompaniya hisoblanadi. Shu bilan birga Antrhopic o'tgan yili Pentagongan o'z modellarini qurol sifatida foydalanishga bermagani sababli Pentagon uni "ta'minot zangiri xavfi" deb atagan edi. Nima deb o'ylaysiz Antrhopic o'z modellarini zararsiz qilish uchun nimalar qilmoqchi?
#anthropic #ai #danger #claude #ipo

Cloudflare juda ham zo'r skill chiqaribdi. Bu skill bilan platformadagi kamchiliklarni aniqlash, ular haqida to'liq hisobot olish va qanday bartaraf qilish mumkinligini bilsa bo'lar ekan. Kimgadir qizi bo'lsa: https://github.com/cloudflare/security-audit-skill.git
GitHub
GitHub - cloudflare/security-audit-skill: A coding-agent skill for multi-phase security audits with independently verified, machine…
A coding-agent skill for multi-phase security audits with independently verified, machine-readable findings - cloudflare/security-audit-skill
Forwarded from Pivot.uz | Startap va texnologiya
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trln ga baholanishi mumkin
Sun’iy intellekt bozoridagi eng yirik bitimlardan biri kutilmoqda. Claude AI yaratuvchisi Anthropic 2026-yil noyabrida IPO orqali fond bozoriga chiqishi mumkin. Investorlar kompaniyani taxminan $2 trln ga baholash imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Biroq raqamlar savollar tug‘diradi: Anthropic 2025-yilda $4,6 mlrd daromad olgan, sof zarari esa $42 mlrdni tashkil etgan. Zarar tarkibining katta qismi — $34 mlrd — aksiyalarga aylantirilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy instrumentlar qiymatining bugalteriya hisobidagi qayta baholanishi bilan bog‘liq.
Kompaniyaning yuqori baholanishi uning bugungi foydasidan ko‘ra, AI kelajakda iqtisodiyotning katta qismini o‘zgartirishi haqidagi kutishlarga tayanmoqda.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
Linkedin | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Pivot.uz | Startap va texnologiya
Investor bilan uchrashishdan oldin startapda tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan 5 ta ko‘rsatkich
Startapga investitsiya jalb qilish uchun faqat yaxshi g‘oya va taqdimot yetarli emas. Investorlar biznesning o‘sishi, mijozlarni jalb qilish xarajatlari va mavjud mablag‘ qancha vaqtga yetishini ham baholaydi.
Quyidagi 5 ta ko‘rsatkichni bilish startap asoschisiga biznes holatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
1. CAC — bitta mijozni jalb qilish xarajati
Marketing va sotuvga sarflangan mablag‘ni shu davrda jalb qilingan yangi mijozlar soniga bo‘ling.
Masalan, reklama va sotuvga 10 mln so‘m sarflab, 200 ta yangi mijoz jalb qilinsa, bitta mijozning CAC ko‘rsatkichi 50 ming so‘mni tashkil qiladi.
2. LTV — bitta mijozdan olinadigan daromad qiymati
Bu mijoz kompaniya bilan hamkorlik qilayotgan davr mobaynida biznesga qancha daromad keltirishini ko‘rsatadi.
LTVni baholashda mijozning xarid qilish chastotasi, o‘rtacha xaridi va kompaniyada qolish muddati hisobga olinadi. Daromadni foyda bilan adashtirmaslik kerak.
3. MRR — oylik takrorlanuvchi daromad
Obuna asosida ishlaydigan startaplar uchun muhim ko‘rsatkich. U har oy takrorlanishi kutiladigan obuna daromadini ko‘rsatadi.
Masalan, oyiga 100 ming so‘mlik obunaga ega 300 ta faol mijoz bo‘lsa, MRR 30 mln so‘mni tashkil qiladi.
4. Churn rate — mijozlarni yo‘qotish darajasi
Bu muayyan davrda xizmatdan foydalanishni to‘xtatgan mijozlar ulushi.
Agar oy boshida 500 ta mijoz bo‘lib, oy davomida ulardan 25 tasi ketgan bo‘lsa, mijozlar churn darajasi 5% bo‘ladi.
Yangi mijozlarni jalb qilish bilan birga, mavjud mijozlarni saqlab qolish ham biznes o‘sishi uchun muhim.
5. Runway — mablag‘ qancha vaqtga yetadi?
Startapning mavjud pul mablag‘lari hozirgi xarajatlar sur’atida qancha oyga yetishini ko‘rsatadi.
Masalan, hisobdagi mablag‘ 600 mln so‘m, oylik sof pul sarfi esa 100 mln so‘m bo‘lsa, runway 6 oyni tashkil qiladi.
Bu ko‘rsatkich asoschilarga qachon qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish yoki xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini rejalashtirishga yordam beradi.

Gemini 4 Argon modeli
Mana bir necha oydirki vanihoyat Google yangilik qilishga qaror qildi va o'zining Gemini 4 Argon modelini taqdim etdi. Google bungacha Gemini 3.8/3.7/3.6/3.5 flesh modellarini chiqarib kelayotgan edi. Google sal kam 6 oydan buyon Pro va shunga o'xshash katta context bilan ishlay oladigan model chiqarmayotgan edi. Bazi tahminlarga ko'ra bu model Googlening Iyul oyi boshida chiqarmoqchi bo'lgan 3.5 Pro modeli ham bo'lishi mumkin ekan.
E'lon qilinganiga 2 hafta bo'lgan bo'lsa ham u endi oddiy foydalanuvchilar uchun foydalanishga chiqarildi. Undan birinchi bo'lib Aqsh hukumati va Google kompaniyasi dasturchilari. Endi esa Google Pro va Ultra ta'rifidagi foydalanuvchilar uchun ham ommaga chiqarildi.
Statistika natijalari bu modelni oldingi flesh va pro modellaridek no'noq deyishdan bosh tortayapti. Chunki u Fuchsia operatssion tizimi yadrosida 800 ming qatordan ortiq C/C++ kodini Rust tiliga o'tkazgan. Argon agentlari data markazlarida o'tgangan optimizatsiya ishlari natijasida 330TBdan ortiq operativ xotirani tejashga yordam bergan. Xattoki gaultsinatsiya testi AA-Omnisience testidan atigi 15% holatlarda no to'g'ri javob o'ylab topgan. Ma'lumot uchun bu Astra modelida 51%ni tashkil qilgan.
Argon Benchmark taqqoshlash testlarida ham anchagina yaxshi natija ko'rsatgan. Xattoki: Vals index, Vals finance, AutomationBench, DeepSWE, LVBench va GraphWalks 1M bo'yicha GPT-6 Astra, Opus 5.5 va Fable 5.1 modellaridan yaxshi natija ko'rsatgan. Ammo murakkab vazifalar va kompyuter bo'yicha bilimlar reytingida GPT-6 Astra modeli hali ham yetakchilik qilmoqda.
Argon qanchalik yaxshi natija ko'rsatmasin hali hamon coding taraflama Opus va GPT modellariga yeta olgani yo'q. Ammo u huquqiy, moliya, uzun matnli hujjatlar, videolar va biznes kabi bilimlarga asoslangan holda kuchli jihatini yaratib turibdi. Google kompaniyasi Antrhopic va Open AI sekin sekin qadam qo'yib kelayotgan zinalardan bir vaqtda katta qadam tashlaganga o'xshab ko'rinmoqda. Ammo shu bilan ham u bu kompaniyalar bilan raqobat qila oladigan darajaga chiqa olmadi.
Google har qanday yo'nalishdagi texnologiyaga katta e'tibor beradigan kompaniya hisoblanadi. Ammo AI yo'nalishda esa u katta natijalar ko'rsata olmayapti. Nima deb o'ylaysiz u yaqin kelajda Antrhopic va Open AI raqobat qilayotganda AGI poygasiga kira oladimi yoki yo'qmi?
#Google #Gemini #Antrhopic #OpenAI #AI

Google Pay ishga tushdi
Bugun 19-oktyabr Google Pay O’zbekistonda rasman ishga tushishi e’lon qilindi. Buni Google Cloudning Sharqiy va Markaziy Yevropa aloqala va siyosat rahbari Marcin Krasuski e’lon qildi. Bu haqda esa Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Google Pay ishga tushishi Samarqandda bo’lib o’tayotgan C5+1 tadbirlari doirasida o’tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va Aqsh o’rtasidagi muloqot formatida imzolanganligi aytib o’tilgan. Lekin hozirgi paytda qaysi bank va bank kartalarida ishga tushishi aytilmagan. Buning uchun banklar o’z kartalari uchun Google Pay servis xizmati uchun qo’llab quvvatlashi kerak.
Google Pay birinchi bo’lib Visa va Mastercard kartalari uchun joriy qilinishi rejalashtirilgan edi. Ammo markaziy bank UZCARD va HUMO kartalarini ham qo’shish ustida ishlamoqda. Lekin ular ishlaydi yoki yo’q bu ham no’malum.
Naqd 2 yildan buyon O’zbekistonda Apple Pay,Google Pay, PayPal xizmatlarini ishga tushirish bo’yicha muzokaralar ketmoqda. Lekin O’zbekiston fuqarolari ma’lumotlari O’zbekiston hududidan tashqarida saqlanishi bo’yicha qonun tufayli bu hozirgacha ishga tushirilmadi. 2026-yildan 26-martda Prezident qonunga o’zgartirish kiritdi. Endi faqat biometrik, genetik va aloqa ma’lumotlari O’zbekiston hududida saqlanishi kerak.
Apple Pay bo’yicha esa hozircha yangilik yo’q. Tez orada Apple Pay ham ishga tushishini umid qilib qolamiz.
#GooglePay #ApplePay #bank #uzbekistan #payment

Moonshot AI kompaniyasidan yangi model
Moonshot AI kompaniyasi 23-oktyabr kuni o'zining yangi Kimi K3.1 Pro modelini taqdim etdi. Bu model kompaniyaning iyul oyida chiqargan K3 modelini yangilangan modeli hisoblanadi. U hozirda 2.8 trillion parametrga ega bo'ldi. Bu esa har 1 token uchun 104 milliard parametrdan foydalanishni olib keldi. AI 1 million token kontekstga ega hisoblanadi.
K3.1 modeliga uzoq davom etadigan dasturlash vazifalari, moliyaviv tahlil, 3D modellar ustida ishlash uchun katta e'tibor berilgan. U K3'ga nisbatan 65%ga galyutsinatsiyaga kamaygan.
Benchmark ma'lumotlariga ko'ra dasturlash vazifalarini uzoq bajarish bo'yicha Opus 5.5 va Astra-6 modellaridan yaxshiroq natija ko'rsatgan. Uning yana bir afzalligi bu terminal-bench bo'yicha 65.7% natijani qayd etgan.
Moonshot AI e'lon qilgan xabarlar va internetdagi postlarga qaraganda u Opus 5.5 modeli bilan raqobat qila olishi aytilgan. Ammo uning yangilanishdan keyingi ma'lumotlariga ko'ra u Opus 5.5 modelidan deyarli yaxshi natija ko'rsatmagan. Balki bu Moonshot kompaniyasi tarafidan chiqarilgan ortiqcha hayp bo'lishi mumkindir?
#Moonshot #AI #Anthropic #Opus #Kimi