1️⃣ Birinchi usuli – anor donidan, ammo uning o‘sishi sekin, sertikan bo‘lib, mevasi uncha katta bo‘lmaydi.
2️⃣ Ikkinchi usuli – daraxt tagidan va tanasidan o‘sib chiqqan yovvoyi novdalardan olib ko‘paytiriladi. Bu ko‘chat juda tez o‘sadi, ammo hosili kam bo‘ladi.
3️⃣ Uchinchi usuli – daraxt shoxlaridan kesib olib ekiladi, bu sekin o‘ssa-da, hosildorligi yaxshi bo‘ladi.
4️⃣ To‘rtinchi usuli – anor daraxti tanasidan biri yerga egib ko‘miladi. Parxesh usulini “palgari”, Farg‘ona vodiysida esa “tizza” deyiladi hamda tez amal olib hosildorligi yuqori bo‘ladi.
Eng ma’qul va yaxshi amal bo‘lmish to‘rtinchi usulni bahorda anorlar ochilib, yerlar tekislangach, meva qiladigan yoki ehtiyotsizlik qilib yarim singan tanasini daraxt yoniga ko‘miladi.
Ikki yil avval o‘tkazib yaxshi ildiz otgan ko‘chat joyidan kavlab olinib, boshqa yerga ekiladi. Anor daraxtini 4×3 hajmda ekish maqsadga muvofiqdir. Anorzor atrofida hech qanday mevali daraxt bo‘lmasligi lozim. Faqatgina tokdan tashqari. Aytilishicha, tok daraxti bilan anor o‘rtasida “muhabbat” bo‘lib, bir-biriga yaqin ekilsa serhosil bo‘larkan. Anor daraxti ekilgandan so‘ng ikki-uch yilda hosil beradi, 7 yildan so‘ng to‘liq hosilga kiradi va ayrim tuplari 60–80 kg gacha meva beradi.
Anor ko‘chati yetishtirishning eng oddiy va arzon usuli ildiz bachkilaridan va novdalaridan qalamcha ekib, ko‘chat tayyorlashdir. Qalamcha qilinadigan novdalar kuzda, anor shoxlaridagi barglar to‘kilib bo‘lganidan keyin kesib olinadi. Qalamchalar anor hosili terib olinib, serhosil tuplar aniqlab olingach, tayyorlanadi. Ayrim hollarda ko‘klamda anor tuppi ochilgach, to kurtak chiqariguncha tayyorlasa bo‘ladi. Qalamchalar 25–30 sm uzunlikda kesiladi. Uning pastki uchi kurtak tagidan bir oz qiyshaytirib kesilishi lozim. Shunday qilinadigan bo‘lsa, mayda ildizchalar paydo bo‘lishi osonlashadi.
Qalamchalar ob-havo sharoitiga qarab 1–25 martda ekiladi. Kesilgan qalamchalar 25–50 donadan bog‘lab, bir necha soat suvga tashlab qo‘yiladi. Qalamchani ekish chog‘ida oralig‘ini 10–15 sm, uning tuproqdan yuqori ko‘milmaydigan qismini 5 sm bo‘lishligiga e’tibor bering. Qalamchalar ekib bo‘lingach, darhol jilviratib suv berish kerak. Shunda qalamcha bo‘g‘zidagi tuproq zichlashib, uning ildiz chiqarishi osonlashadi.
Qalamcha tayyorlash paytida zinhor o‘tmas chopqi ishlatmang, negaki tig‘ egilgan uchidan shamol kirishi natijasida quriydi.
Ob-havo va tuproq sharoitiga qarab nihollar o‘sish davrida 10–15 marta sug‘oriladi. Bu aprel oyida 1 marta, mayda 3–4 marta, iyunda 3 marta, iyulda 3 marta, avgustda 2 marta, sentyabrda 1 marta bo‘ladi.
Anor daraxti tanasidagi shoxlarga e’tibor berish kerak, negaki u sekin o‘suvchi, tez sinuvchi va nozik bo‘lib, tana shoxlarini o‘nta–o‘n beshtagacha qoldirish kerak. Agar daraxt haddan ziyod baland bo‘lsa, hosili kamayadi; kalta bo‘lsa, yo‘g‘onlashib, ko‘milayotgan paytda sinadi. Shu sababli anor daraxtining uzunligini uch–uch yarim metrdan oshirmang.
https://t.me/Agrohouse_maslahat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu holati — fiziologik yoki genetik reaktsiya hisoblanadi. Quyida asosiy sabablarini sanab o'tamiz.
1️⃣ Gormon muvozanati buzilishi
O‘simlikda auksin va sitokinin gormonlari o‘zaro nomutanosib bo‘lsa, gul joyidan keyin vegetativ o‘sish davom etadi. Natijada meva uchida bargsimon o‘simta hosil bo‘ladi.
Sabablari:
2️⃣ O‘simlikdagi stress yoki vegetativ kuchning oshib ketishi
Agar bodring o‘simligi juda kuchli o‘sayotgan bo‘lsa (yashil massa kuchli, lekin meva soni kam), u generativ (meva berish) holatdan chiqib, yana vegetativ (barg o‘sish) rejimga qaytadi. Shu paytda ba’zi mevalar “gullar” o‘rnidan barg chiqaradi.
Sabablari:
3️⃣ Gibridning o‘ziga xos xususiyati
Ba’zi gibridlarda (ayniqsa issiqxonada yetishtiriladiganlarda) bunday o‘zgarish genetik holat sifatida uchraydi. U o‘simlikka zarar keltirmaydi, lekin mevaning ko‘rinishini biroz o‘zgartiradi.
4️⃣ Juda erta terim qilinmaganda yoki changlanish noto‘g‘ri bo‘lganda
Agar meva hali ochilmagan gul bilan uzoq vaqt qolib ketsa yoki ortiqcha issiqlik ta’sirida gul joyi kech so‘nsa, shu joyda meristema uyg‘onib, bargsimon o‘simta chiqishi mumkin.
https://t.me/Agrohouse_maslahat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
1️⃣ Fuzarioz chirishi:
Poya pastki qismidan sarg‘ayish va qurishi. Piyoz tubida jigarrang chirish paydo bo‘ladi.
Saqlash davrida boshlar yumshab, chiriydi.
Sabablari: Yuqori namlik va issiq (25–30°C) muhit bo'lishi. Kasallangan urug‘lar.
Kurash choralari: Faqat sog‘lom urug‘lik ekish. Ekin almashuvga rioya qilish (sarimsoqni 3–4 yildan so‘ng qayta ekish).
2️⃣ Oqsiltir (ko‘k chirish):
Saqlash paytida piyozlar ko‘karib chiriydi. Piyoz ichida ko‘k rangli mog‘or paydo bo‘ladi.
Sabablari: Nam yoki sovuq omborlarda saqlash oqibatida kelib chiqadi. Mexanik shikastlangan urug'larda uchraydi.
Kurash: Saqlashdan oldin to‘liq quritish. 2–4°C va 65–70% namlikda saqlash.
3️⃣ O‘q (kul) chirishi:
Barglar oqaradi va so‘lishi kuzatiladi. Ildiz atrofi oq mog‘or bilan qoplanadi. Piyoz ildizlari chiriydi.
Sabablari: Tuproqda saqlanib qolgan patogen kasallik orqali kasallanish kuzatiladi. Quruq va sovuq sharoitlarda faol bo‘ladi.
4️⃣ Pushti chirish:
Barglar pastdan sarg‘ayishi kuzatiladi. Ildiz tagi pushti mog‘or bilan qoplanadi.
Urug‘likni ekishdan avval 45–50°C suvda 15 daqiqa isitish kerak.
5️⃣ Bo‘r kasalligi:
Barglarda kulrang-siyohrang dog‘lar paydo bo'ladi. Barglar quriydi, o‘sish sekinlashadi.
6️⃣ Bakterial chirishlar:
Piyoz ichida suvli qismi yumshaydi, yoqimsiz hid paydo bo'ladi. Boshlar oson ajraladi.
Sug‘orishda ortiqcha namlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. Saqlash oldidan yaxshi quritish.
https://t.me/Agrohouse_maslahat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kulrang chirish kasalligini Botrytis cinerea nomli zamburug‘ qo‘zg‘atadi. U issiqxonalarda, ayniqsa namlik yuqori bo‘lgan paytlarda tez tarqaladi. Zamburug‘ o‘simlikning zararlangan qismlarida, shuningdek, o'simlik qoldiqlarida uzoq vaqt saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana faol holatga o‘tadi.
Kasallik rivojlanishiga olib keluvchi omillar
Kurash choralari
Affet 20% (Penthiopyrad 200g/L)
Switch 62,5 WG (cyprodinil + fludioxonil)
Teldor 500 SC (fenhexamid)
Rovral 50 WP (iprodione)
Luna Tranquility (fluopyram + pyrimethanil)
https://t.me/Agrohouse_maslahat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
https://t.me/Agrohouse_maslahat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from AGROHOUSE МАСЛАҲАТ
YouTube
Tuproq va uning unumdorligi. #agrohouse #ilm #bilim #foydali
AGROHOUSE
🍅 Urug'lar
💊 Ozuqalar
💉 O'simlik dorilari
🌡 O'lchov asboblari
🐞 Foydali hasharotlar
🔬 Agranom maslahati
🐝 Changlatuvchi arilar
🪓 Q/X texnikalari va anjomlari
Agrotexnik maslahatlar guruhi:
Agrotexnik maslahatlar guruhi: https://t.me/@Agrohouse_maslahat…
🍅 Urug'lar
💊 Ozuqalar
💉 O'simlik dorilari
🌡 O'lchov asboblari
🐞 Foydali hasharotlar
🔬 Agranom maslahati
🐝 Changlatuvchi arilar
🪓 Q/X texnikalari va anjomlari
Agrotexnik maslahatlar guruhi:
Agrotexnik maslahatlar guruhi: https://t.me/@Agrohouse_maslahat…
👍2
Forwarded from AGROHOUSE YANGILIKLAR
Mahalliy g'onglar tarkibidagi ozuqa moddalar:
🟢 Tovuq go‘ngi: Eng kuchli organik o‘g‘itlardan biri. Kalsiy, magniy va mikroelementlarga boy. Juda kuchli, ko‘pincha chirigan yoki suv bilan suyultirib ishlatiladi.
Azot (N): 1,5–2,0 %
Fosfor (P₂O₅): 1,3–1,8 %
Kaliy (K₂O): 0,8–1,0 %
Organik modda: 60–70 %
🟢 Qo‘y go‘ngi: Quruq va sekin ta’sir qiluvchi o‘g‘it. Organik modda: 50–60 %. Tuproqni yumshatadi, qumli yerlarda juda foydali.
Azot (N): 0,8–1,2 %
Fosfor (P₂O₅): 0,5–0,7 %
Kaliy (K₂O): 0,8–1,0 %
🟢 Mol go‘ngi: Eng keng qo‘llaniladigan go‘ng. Ko‘p namlik mavjud. Tuproq unumdorligini oshiradi, deyarli barcha ekinlarga mos.
Azot (N): 0,4–0,6 %
Fosfor (P₂O₅): 0,2–0,4 %
Kaliy (K₂O): 0,5–0,6 %
Organik modda: 20–30 %
🟢 Ot go‘ngi: Issiq va tez chiriydi. Issiqxonalarda juda foydali, tuproqni tez qizdiradi.
Azot (N): 0,6–0,8 %
Fosfor (P₂O₅): 0,3–0,4 %
Kaliy (K₂O): 0,6–0,7 %
Organik modda: 25–35 %
Yuqoridagi ko'rsatgichlar o'rtacha xisobi olingan, har bir mahalliy o'g'itni aniq bilish uchun mahsus tekshiruv o'tkazish kerak.
Manba: ingiliz tilida
Azot (N): 1,5–2,0 %
Fosfor (P₂O₅): 1,3–1,8 %
Kaliy (K₂O): 0,8–1,0 %
Organik modda: 60–70 %
Azot (N): 0,8–1,2 %
Fosfor (P₂O₅): 0,5–0,7 %
Kaliy (K₂O): 0,8–1,0 %
Azot (N): 0,4–0,6 %
Fosfor (P₂O₅): 0,2–0,4 %
Kaliy (K₂O): 0,5–0,6 %
Organik modda: 20–30 %
Azot (N): 0,6–0,8 %
Fosfor (P₂O₅): 0,3–0,4 %
Kaliy (K₂O): 0,6–0,7 %
Organik modda: 25–35 %
Yuqoridagi ko'rsatgichlar o'rtacha xisobi olingan, har bir mahalliy o'g'itni aniq bilish uchun mahsus tekshiruv o'tkazish kerak.
Manba: ingiliz tilida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1