Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasi
253 subscribers
181 photos
19 videos
1 file
82 links
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMG‘ARMASI

rasmiy telegram kanal: @agrosafeuz
rasmiy pochta: if@agro.uz
tel: +998550550755

📍Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy t, Shota Rustaveli k., 8-uy
Download Telegram
🇺🇿🤝🇮🇹Қишлоқ хўжалиги суғуртаси ҳамда аграр соҳада давлат томонидан субсидиялаш йўналишларида халқаро ҳамкорликни ривожлантириш бўйича муҳим учрашув

Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармаси директори М.Ачилов бошчилигида Италиялик экспертлар — Андреа Стоппа ва Симоне Северини иштирокида Zoom платформаси орқали онлайн учрашув бўлиб ўтди.

🌱 Учрашувда аввал имзоланган консультант шартномаси доирасида хорижий экспертларни Қишлоқ хўжалиги суғуртаси жамғармаси ҳамда Аграр соҳада тўловлар агентлиги учун қуйидаги икки йўналиш бўйича консультант сифатида жалб этиш ва йил якунига қадар амалга ошириладиган ишлар режасини келишиб олиш масалалари муҳокама қилинди:

🔹 Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги суғуртаси тизимини такомиллаштириш;
🔹 аграр соҳада давлат томонидан субсидиялаш (тўловлар) тизимини халқаро тажриба асосида ривожлантириш.

📌 Музокаралар давомида:

онлайн учрашувлар режаси ва тақвими;
муҳокама қилинадиган мавзулар;
Жамғарма ва Тўловлар агентлиги ходимларини мавзулар бўйича танлаб олиш ҳамда ўқув гуруҳларини шакллантириш;
экспертларнинг Ўзбекистонга ташрифини ташкил этиш ва амалий ўқув дастурини ишлаб чиқиш;
ўқув натижаларини таҳлил қилиш ҳамда тавсиялар тайёрлаш масалалари бўйича келишувларга эришилди.
🌍 Шунингдек, қишлоқ хўжалигида рискларни баҳолашнинг халқаро тажрибаси, аграр соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш механизмлари ҳамда илғор халқаро тажрибани Ўзбекистон шароитига мослаштириш юзасидан фикр алмашилди.


🤝 Мазкур ҳамкорлик мамлакатимизда қишлоқ хўжалиги суғуртаси ва аграр соҳани давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимларини халқаро тажриба асосида янада такомиллаштиришга хизмат қилади.

👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Ҳосил суғуртаси ростми?

Ҳосил суғуртаси амалда қанчалик самарали ишламоқда? У фермерларнинг молиявий йўқотишларини қоплашда қай даражада ёрдам бермоқда?

📺 Бу ҳақда “Ахборот 24” дастурида тайёрланган лавҳада батафсил сўз юритилди.

👍 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ СУҒУРТАСИ ЖАМҒАРМАСИ
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

"Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali ishlar to‘g‘risidagi kunlik tezkor ma'lumot

🌾 Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish maqsadida "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash ishlari davom ettirilmoqda.

💻 Axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun sug‘urta jarayonlarini soddalashtirish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish ta’minlanmoqda.

📈Tizim faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar muntazam shakllantirilib, sohadagi raqamli xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

🔗Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
📌 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida Boshqaruv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Boshqaruv kengashi raisi Akmaljon Qosimov boshchiligida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi Boshqaruv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov jamg‘armaning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha yoritildi.

Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish, sug‘urta qamrovini kengaytirish hamda jamg‘arma faoliyati samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.

🗣 Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas'ul ijrochilarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizning Minsk shahriga tashrifi: O‘zbekiston-Belarus munosabatlarida strategik sheriklik sari tarixiy qadam tashlandi.

Визит Президента нашей страны в Минск: сделан исторический шаг к стратегическому партнерству между Узбекистаном и Беларусью.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍1🔥1
👍 "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali ishlar to‘g‘risidagi kunlik tezkor ma'lumot

🌱 Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlarini keng joriy etish maqsadida "Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi" axborot tizimi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash ishlari davom ettirilmoqda.

💻 Axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari uchun sug‘urta jarayonlarini soddalashtirish, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ma’lumotlar almashinuvini tezkor tashkil etish ta’minlanmoqda.

📈Tizim faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tezkor ma’lumotlar muntazam shakllantirilib, sohadagi raqamli xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

🔗Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Mustaqil ekspertlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari haqida e’lon

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni asosida qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

📌 Dastur dehqonchilik va bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlarida doirasida:
sug‘urta hodisasi ehtimolini tahlil qilish;
sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish;
sug‘urta hodisasining mavjudligini aniqlash;
yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👥Mazkur o‘quv kursi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi yoki ushbu yo‘nalishda ishlashni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

📖O‘quv mashg‘ulotlar 2026-yil 25-avgustdan boshlanadi!

📍Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko‘chasi 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruzalar binosi

📞Murojaat uchun jamg‘arma vakili:
(+99877) 007-03-01,  (+99897) 439-44-00
✈️Telegram: @lion_ab007

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida xorijiy ekspertlar ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi Sug‘urtalash boshqarmasi boshlig‘i Umid Rahimov boshchiligida Italiyalik ekspertlar Andrea Stoppa va Simone Severini ishtirokida "Zoom" platformasi orqali online ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🗣Yig‘ilish davomida joriy yilning 21-iyul sanasidan boshlanadigan salohiyatni oshirish o‘quv dasturlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

🗣Xususan, o‘quv jarayonida foydalaniladigan fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:

🔹 fermer xo‘jaliklarining geografik joylashuvi;
🔹 asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi;
🔹 yer maydoni;
🔹 mehnat resurslari hajmi (FTE ko‘rsatkichi).

🗣Shuningdek, o‘quv guruhlarini shakllantirish, guruhlar tarkibini tegishli bo‘limlar kesimida belgilash hamda fermer xo‘jaliklarini guruhlar o‘rtasida samarali taqsimlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🗣Yig‘ilishda salohiyatni oshirish dasturlariga mustaqil ekspertlarni jalb etishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Ularning ishtiroki qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Mazkur o‘quv dasturlari Jamg‘arma xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashish — ochiqlik va halollik sari muhim qadam 

🇺🇿Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Agrar sohada to‘lovlar agentligi ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda bu borada kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar ijrosi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tizimda shaffoflik va hisobdorlikni yanada kuchaytirish, murojaatlarni tezkor qabul qilish hamda korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

👍 Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi o‘z faoliyatida qonuniylik, ochiqlik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettiradi.

👍 QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI
🌐Website |💬Telegram |💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1