UZAGROXIZMAT
128 subscribers
1.02K photos
48 videos
2 files
299 links
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi"ning rasmiy telegram kanali


Telegram: https://t.me/agromarkaz1

Instagram: https://www.instagram.com/uzagroxizmat
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCO6wehbkWnIfroZeAanFoRg
Download Telegram
Turkiyalik mutaxassislarning soha bilan tanishuvi davom etmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish Markazi rahbariyati, "O‘zagroinspeksiya", “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi vakillari va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining O‘simlikshunoslik bosh boshqarmasi Urug‘chilik bo‘limi boshlig‘i Fatih Ahmet boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Delegatsiya aʼzolari Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirilib, urug‘chilik bo‘yicha amaldagi qonun va qonunosti normativ hujjatlar, soha mutaxassislarini malakasini oshirish, tajriba almashish kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

👉Batafsil

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz:
Telegram | Web | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Habaringiz bor Turkiya Respublikasidan “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochish loyihasini amalga oshirish maqsadida kelgan delegatsiya bir hafta davomida O‘zbekistonda bo’ldi.

Bir guruh mutaxassislar bilan «O‘zagroinspeksiya» qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlik masalalari ijobiy muhokama qilindi va bu yerda tez orada tashkil etiladigan Markazda Xalqaro ISTA tashkiloti talablari asosida sabzavot va poliz ekinlari urig’lariga ISTA sertifikatlarini berish faoliyati yo’lga qo’yiladi.

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz:
Telegram | Web | Youtube | Instagram
O‘zbekiston va Belarus respublikasi olimlari hamda Markaz mutaxassislari tomonidan Eurygaster va Aelia turkumidagi (klop-cherepashka) qalqondor qandalarning feromon tutg'ichlarini ishlab chiqish ilmiy loyihasini amalga oshirish bo'yicha

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston va Belarus respublikalarida еtishtirilayotgan boshoqli ekinlar maydonlarida uchraydigan Eurygaster va Aelia turkumidagi (klop-cherepashka) qalqondor qandalarning feromonli kommunikatsiyasini o‘rganish FL-7923051811 ilmiy loyiha amalga oshirish bo‘yicha Markazning tajriba maydonlari ko‘zdan kechirildi. Kelgusida boshoqli donlarni vegetatsiya davrida feromonlarni sinash va hamkorlikda ilmiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirildi.


👉Batafsil

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz:
Telegram | Web | Youtube | Instagram
1 oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni

"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Vatanimizning jonkuyar va fidokor ustoz va murabbiylarini bugungi bayram - 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bilan samimiy muborakbod etadi.


📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz:
Telegram | Web | Youtube | Instagram
Markazda xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya”si bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu anjumanning bir guruh qatnashchilari jumladan, “CIRAD-qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari instituti”ning bo‘lim boshlig‘i BRUNO BAChELIER, “Bremen tolalar instituti”ning paxtachilik bo‘yicha katta menejeri AXEL DRIELING va “Buxoro Agro klasteri” MChJning Ilm va innovatsiya loyihalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari RINAT GULYaYEVlar “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazi” davlat muassasasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, mutaxassislar laboratoriyalar majmuasida bo‘lib, Markaz faoliyati bilan, shuningdek, laboratoriyalar majmuasida olib borilayotgan paxta va paxta mahsulotlarini hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sinash va sertifikatlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.


📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimiz:
Telegram | Web | Youtube | Instagram