Forwarded from Ichimdagi To‘fon (Назокатой Валижон қизи)
Men senga qaradim,
Toʻymay qaradim.
Sanadim
Ul kiprik qoqishlaringni.
Koʻzlarim yoshida
Kiprik taradim
Unutib boʻlgaymi boqishlaringni?!
Bizga omad kuldi
Faqat kech kuldi.
Ikki bor tutashdi nafaslarimiz.
Bir butun boʻldig-u,
yurakni yuldi
Bizni mahzun qildi havaslarimiz...
Ismi gʻurur boʻlgan bir yigit menmi?
Ismi hayo boʻlgan bir qiz senmisan?
Men senga talpindim
Yetmadim nega?
Sen oʻsha Oy bilan teppa-tengmisan?!
Kulma, yigʻlayapsan bilib qolaman.
Ichimda koʻpayar xavotirlarim
Ba'zan yarim tunda oʻyga tolaman:
Bormi,
Koʻzlaringda javohirlarim.
Oʻsha, oʻsha ishq
Faqat oʻsha ishq...!
Tushimda yigʻlading,
Bosdim bagʻrimga.
Artdim koʻzlaringda
Tirqirar yoshlar.
Ruhingni chaqirib oldim
qalbimga
Ilonday chirmadim
har tomoningni
Azizim,
Senga hech tegmasin toshlar...
Sen meni oʻylama,
Sening isming bor.
Qarasam, kulasan suvratlaringda.
Na qilay, barini sezdim oldindan
Yurakni visolga oʻrgatmadim-da!
Sen mening paridek yashirgan sirim,
Axir, oshkor qilsam, urmasmi irim...?!)
©Adham Fotih
@qaylardasanmendekoylovchi
Toʻymay qaradim.
Sanadim
Ul kiprik qoqishlaringni.
Koʻzlarim yoshida
Kiprik taradim
Unutib boʻlgaymi boqishlaringni?!
Bizga omad kuldi
Faqat kech kuldi.
Ikki bor tutashdi nafaslarimiz.
Bir butun boʻldig-u,
yurakni yuldi
Bizni mahzun qildi havaslarimiz...
Ismi gʻurur boʻlgan bir yigit menmi?
Ismi hayo boʻlgan bir qiz senmisan?
Men senga talpindim
Yetmadim nega?
Sen oʻsha Oy bilan teppa-tengmisan?!
Kulma, yigʻlayapsan bilib qolaman.
Ichimda koʻpayar xavotirlarim
Ba'zan yarim tunda oʻyga tolaman:
Bormi,
Koʻzlaringda javohirlarim.
Oʻsha, oʻsha ishq
Faqat oʻsha ishq...!
Tushimda yigʻlading,
Bosdim bagʻrimga.
Artdim koʻzlaringda
Tirqirar yoshlar.
Ruhingni chaqirib oldim
qalbimga
Ilonday chirmadim
har tomoningni
Azizim,
Senga hech tegmasin toshlar...
Sen meni oʻylama,
Sening isming bor.
Qarasam, kulasan suvratlaringda.
Na qilay, barini sezdim oldindan
Yurakni visolga oʻrgatmadim-da!
Sen mening paridek yashirgan sirim,
Axir, oshkor qilsam, urmasmi irim...?!)
©Adham Fotih
@qaylardasanmendekoylovchi