Aniq fanlar va muhandislik fakulteti
986 subscribers
1.32K photos
110 videos
14 files
269 links
Download Telegram
Qoq'qon davlat universiteti magistraturaga topshirilgan xujjatlar statistikasi.

2026-yil 5-iyul holati
Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
Forwarded from Abituriyent ²⁴
​​⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi!

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish hali boshlanmadi, biroq maxsus telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin.

Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi.

Buyurtma berish va yuklab olish quyidagi botlar orqali amalga oshiriladi:

👉 @ruxsatnoma2026_bot
👉 @ruxsatnoma2025_bot
👉 @ruxsatnoma2026_bot
"Ichki" perevod haqida

▫️ Oʻqishni tiklash (o'z yo'nalishiga yoki boshqa turdosh yo'nalishga) – arizalar toʻliq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Xulosa OTM mas'ul komissiyasi tomonidan beriladi.

▪️Ta'lim shaklini o'zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyga) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi.

▪️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (mos va turdosh yo'nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi va xulosa beradi.

▫️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (noturdosh yo'nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi.



▫️Ta'lim tilini o'zgartirish (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi.

▪️Guruh o'zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
O'zgartirish mumkin bo'lgan ta'lim shakllari.


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
❤‍🔥1
Forwarded from Kitobxon Millatmiz 📚
⬆️ Ilm qachon miyaga kiradi?


Ko'pchilik yozadida:
– "Qancha soat o'qisam ham miyamga kirmayapti, shuncha yil o'qisam ham hech o'rgana olmayapman."

Bilasizmi qachon ilm yuqadi? Qorningiz och qolganda qayerdan bo'lsa ham ovqat yoki pul topib ehtiyojingizni qondirasizku, ko'zingizga boshqa hech narsa ko'rinmay qoladi. Ilmga ham xuddi shunday ehtiyoj sezsangiz, unga nisbatan ham taomga ochqagandek ochqasangizgina yuqadi.

Telefoningizni yuqotib qo'ysangiz, "mikro insult" olasizku. Bir kuningiz hech qanday ilm olmay bekorga o'tganini sezganingizda ham shu insultni his qilsangizgina yuqadi. Yuqotgan narsangizni qidirgandek, qidirsangizgina o'rgana olasiz, shunda yuqadi.

Foydali bo'lsa reaksiya :)

@Kitobxon_Millatmiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53
Muvaffaqiyat tasodif emas. U mehnat, qat'iyat, intizom va har kuni to‘g‘ri tanlov qilish natijasidir — Pele

Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
💯32👍1
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

📋 Tanlov nizomi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

▪️she’r;
▪️hikoya;
▪️esse;
▪️maqola.

Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.

📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Alifboda nimalar o‘zgaradi?

Ikkita simvol bilan yozib kelinadigan 4 harf o‘zgarmoqda. Ular bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi:

Gʻ gʻ  →  Ğ ğ
Oʻ oʻ  →  Ö ö
Sh sh  →  Ş ş
Ch ch  →  Ç ç
Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun qonun Oliy Majlis Senati tomonidan maq’ullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi kerak.
@xushnudbek


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
#QaytaOʻqish

Joriy yilning avgust oyida Fanlardan akademik qarzdor talabalarga (barcha ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli bo‘yicha) qayta o‘qish jarayoni tashkil etiladi.

🔔Fanlardan akademik qarzdor talabalar quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim:

1️⃣ kontrakt.edu.uz saytining kredit-modul bo‘limi orqali qarzdor fanlar bo‘yicha ariza yuborish (Ariza buxgalteriya bo‘limi tomonidan tasdiqlanishi shart).

2️⃣ Ariza tasdiqlangandan so‘ng, shartnoma yuklab olinadi va belgilangan tartibda to‘lov amalga oshiriladi.

3️⃣ Qayta o‘qish uchun rasmiylashtirilgan shartnoma hamda to‘lov ma’lumotnomasi nusxalari 27-iyuldan 1-avgustgachaRegistrator ofisi” menejeriga topshiriladi va yozma ariza taqdim etiladi.

4️⃣ Qo'shimcha ma'lumot uchun “Registrator ofisi” menenjeri Iqboljon Jo‘rayev (+998911500075)


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
1
⚡️SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi?

📣SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosqichida ham imtiyoz beradi.

"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi;
imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirganda amal qiladi;
ushbu toifadagi talabgorlar qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi;
buning uchun SAT sertifikati faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi.

Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
1
#ikkinchi_mutaxassislik

📌 Ertadan ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi

Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda nomzodlardan nimalar talab etiladi?

O‘zining pasport ma’lumotlari va JShShIR ma’lumotlarini kiritadi;
Diplom va uning ilovasining elektron nusxasini tizimga yuklaydi;
O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.

Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi?

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
2
Forwarded from Xushnudbek.uz
41 ta xorijiy atamaning rasmiy o’zbekcha muqobili tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalarning ro’yxati e’lon qilindi.

Jumladan:

Антракт ➔ Tanaffus
Банкет ➔ Ziyofat
Брекеты ➔ Tishsim
Бренд ➔ Xosnom
Датчик ➔ Sezgich
Дедлайн ➔ So'ngmuddat
Декорация ➔ Sahnabezak
Миксер ➔ Qorg'ich
Палатка ➔ Chodir
Раковина ➔ Chanoq
Распродажа ➔ Arzonsotuv
Суфлёр ➔ Shivirchi
Фрилансер ➔ Erkin ishchi
Эможи ➔ Hisbelgi
Хештег ➔ Kalitso'z
Хостел ➔ Qoʻnoquy


👉 @xushnudbek 👈
3
❗️Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari stipendiyalarining MIQDORLARI (1-sentyabrdan oshishi hisobga olingan)


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
2
Magistratura_va_doktoranturaga_chet_tili_sertifikatlari_2_2.pdf
15.9 MB
Magistratura xujjat topshirish uchun qaysi mutaxassislikka qanday til sertifikati talab etiladi?


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Bizni aldashyaptimi? Ko‘chada harorat +60 daraja, Lekin prognozda +40 daraja ko‘rsatishyapti, Nimaga? Qaysi biri to‘g‘ri?⁉️ Aslida bunga 5-sinf darsligida javob bor ...


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
Aniq fanlar va muhandislik fakulteti talabasi Eshboltayev Ikromjon "Mirzo Ulug'bek vorislari" tayyorlov kursini muvaffaqiyatli yakunlab keldi. Bu talabamiz Qo‘qon davlat universitetida “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovida yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi nominatsiyasi g'olibi bo'lgan.


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
2❤‍🔥1
⚡️ SAT sertifikatiga ega abituriyentlar statistikasi e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi SAT sertifikatiga ega abituriyentlar statistikasini e’lon qildi.

Umumiy natijalar:
👥 Jami talabgorlar — 3 023 nafar
📈 O‘rtacha umumiy ball — 1332,7

Ballar taqsimoti:
🔹 1200–1299 ball — 1 248 nafar (41,3%)
🔹 1300–1399 ball — 967 nafar (32,0%)
🔹 1400–1499 ball — 625 nafar (20,7%)
🔹 1500–1600 ball — 183 nafar (6,1%)

Statistikaga ko‘ra, abituriyentlarning asosiy qismini 1200–1399 ballga ega.
Eslatma: Aniq fanlar va muhandislik fakultetida SAT va milliy sertifikatga tayyorlov kurslari mavjud bo‘lib, hozirda 30ga yaqin talabalar sertifikatni qo‘lga kiritgan.


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
🔥1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi


2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:

✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;

✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.

☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Abituriyentlar uchun muddatlar:

👉 14-23-iyul — test jarayonlari;
👉 24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
👉 8-15-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
👉 15-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
👉 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

Eslatib o'tamiz, o'qishga kirirish uchun yetarli ball to'play olmagan abituriyentlar uchun hammasi tugadi degani emas! Qo'qon davlat universitetida qo'shma ta'lim dasturida 10 dan ortiq ta'lim yo'nalishlari bor. DTM natijalari bilan kirish imkoniyati mavjud...


Bizdan uzoqlashmang. Aniq fanlar va muhandislik fakulteti rasmiy kanali. @afm542
❤‍🔥1