O’zR ADVOKATLAR PALATASI
2.72K subscribers
1.07K photos
260 videos
21 files
843 links
Advokatlar palatasining telegramdagi rasmiy kanali. https://paruz.uz/ (rasmiy sayti).
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси ва унинг ҳудудий бошқармалари тизимида фаолият юритаётган адвокатларни жойлардаги аҳолининг ҳуқуқий онгини ва саводхонлигини янада ривожланишига қаратилган тарғибот ҳамда ташвиқот ишлари давом этмоқда!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy TVda “Zo’ravonlikdan qutqaring!” Gapirmasak Bo'lmaydi ko‘rsatuvida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan advokat, Gulmira Bobojonovaning bugungi kunning eng dolzarb mavzularida fikrlari joy olgan.
#advokaturaga oid seminar-trening

Navoiy viloyati yuridik texnikumining 2024-2025 o‘quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq o‘quvchi-yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuvlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.

Mazkur rejaga muvofiq texnikumda 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi advokatlarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha huquqiy maslahatchisi Hamroyev Feruz Negboyevich ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Savol-javoblarga boy tarzda kechgan mazkur amaliy uchrashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

👍 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🚀 Telegram | 📷 Instagram |🔵 Facebook |🔵 sayt
SIRDARYO HUDUDIY BOSHQARMASI TIZIMIDAGI ADVOKATLAR BILAN SEMINAR O‘TKAZILDI

2024 yilning 26 oktyabr' kuni, AP Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi binosida, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilma rahbarlari ishtirokida ish rejaga asosan, "Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida himoyachining ishtiroki, iltimosnoma va arizalarni xal etish tartibi” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

| 🌐Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
SOHA VAKILLARINING UCHRASHUVI QASHQADARYO ADVOKATLARI BILAN!

Advokatlar palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2024 yilning 26 oktyabr' kuni, Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

| 🌐Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
JIZZAX VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASINING YANGI BINOSIDA ADVOKATLAR BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Bugun, 26 oktyabr' kuni, Jizzax viloyat hududiy boshqarmasining majlislar zalida, viloyat advokatlari ishtirokida Yangi tahrirdagi "Advokatlar o‘rtasida o‘tkaziladigan kasbiy tanlov to‘g‘risida"gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida tashkil etilishi nazarda tutilgan "Ayol Advokat Al'yansi" Nizomi, Advokatlar tomonidan jinoyat ishlarida himoyachi sifatida ishtirok etish STANDARTI yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

| 🌐Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
SURXONDARYO ADVOKATLARI BILAN KASBIY FAOLIYATDAGI KO‘RSATKICHLAR YUZASIDAN UMUMIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Bugun, 26 oktyabr' kuni, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining majlislar zalida, Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasining 9 (to‘qqiz oylik) umumlashgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

| 🌐Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
29 октябрь куни, "Тараққиёт" Тв орқали "Очиқ мулоқот" дастурида "Ҳаётий муаммоларга ҳуқуқий ечим" мавзусидаги кўрсатувда Андижон шаҳар "Нур Зиё Фемида" адвокатлар ҳайъати адвокатлари Содиков Нумонжон, Ахмедова Мавлудахон, Абдухолиқов Мансурбек ва Қурбонали Тўхтаевларнинг фаол иштироклари, телетомошабинлар томонидан келган саволларга касбий амалиётидан ва амалдаги ҳуқуқий норматив ҳужжатлар асосида малакали жавоблари учун барча ҳамкасбларимиз номидан миннатдорчилик билдирамиз. Худудий бошкарма.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Адвокатлик сердаромад касбми?

Адвокат ким, бугунги кунда адвокатлар одамларга қанчалик керак, адвокатурада тажриба муҳимми ё билим, давлат ва хусусий адвокатлик хизматлари ўртасида қандай фарқ бор, “таниш-билишчилик” фойдами ёки зарар, адвокатликдан қанча даромад топиш мумкин, бу соҳада Ўзбекистондаги вазият ва хориж тажрибаси қандай? “Объектив”нинг навбатдаги сонида шу ва шу каби қизиқ ва долзарб саволларга жавоблар янгради.

Тўлиқ видео: 👉 https://youtu.be/VLxQ9b67ECs

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASI BOSHQARUVINING 4-SONLI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Bugun 31 oktyabr' kuni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining majlislar zalida, Boshqaruvning navbatdagi 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.
Boshqaruv majlisi Respublika Advokatlar palatasi raisi va o‘rinbosari boshchiligida bo‘lib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyat hududiy boshqarmalari boshliqlari, Boshqaruv a'zolari va Taftish komissiyasi a'zolari “Zoom” dasturi orqali onlayn qatnashdilar.
Boshqaruv majlisini Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov olib bordi. Yig‘ilishning kun tartibi Boshqaruv a'zolari muhokamasiga qo‘yilib, bir ovozdan tasdiqlandi. Shundan keyin kun tartibidagi masalalar yuzasidan Advokatlar palatasi raisi so‘zga chiqib, har bir masala yuzasidan ma'lumot berib o‘tdi.

| 🌐Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
Олий суд раиси Бахтиёр Исломов Адвокатлар палатаси раиси Шухрат Садиков билан учрашди.

Мулоқот чоғида аҳолининг одил судловга эришиш даражасини ошириш ҳамда ҳуқуқни қўллаш амалиётига доир масалалар муҳокама этилди.

Шу аснода фуқароларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатлари ҳимоясини таъминлашга тўсқинлик қилаётган омилларни аниқлаш ва уларни ўз вақтида бартараф этиш мақсадида яқин кунларда Олий суд раисининг адвокатлар билан очиқ мулоқотини ўтказиш ҳақида келишиб олинди.