ADU sirtqi, kechki, masofaviy ta'lim || АДУ заучный
963 subscribers
731 photos
318 videos
397 files
1.71K links
ADU Sirtqi ta'lim || АДУ заучный
Andijon Davlat Universitetining norasmiy guruhi

Murojaatlar uchun: @Adusirtqiadmin

Guruhimiz:
https://t.me/+1UOznlGtJxViZTUy
https://t.me/adusirtqi_bot
Download Telegram
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.

Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
⚡️ Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan oʻtkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi.

Talabalarga kuzgi semestr yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
1
📌Qanday sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish rad etilishi mumkin?

Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;

Oliy ta’lim tashkilotlarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

Birinchi kursning birinchi semestriga o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno);

Oliy ta’lim tashkilotida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mos mutaxassislik) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

Talabaning shaxsiy yig‘majildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

Oliy ta’lim tashkilotiga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklashda — davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul parametrlari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;

Oliy ta’lim tashkiloti moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda;

Maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, yoxud boshqa oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishni ko‘chirishni xohlaganda;

Bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga, hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga o‘tkazish so‘ralganda;

Talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa (mazkur qo‘shma dastur o‘zi bunga ruxsat bergan holatlar bundan mustasno);

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.

‼️ Talabani o‘qimagan semestrdan keyingi semestrga o‘qishga tavsiya etishga ruxsat berilmaydi.

Asos: VMQ-578. 13.09.2025

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
3
#soʻragan_edingiz

Savol:
Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? Shu masalaga aniq javob bersangiz.

Javob: O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas.

Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos.

Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz.

Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
#Eslatma

📌 Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

🌠 Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
⚡️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

- erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

- dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
1
📌 O'qishni ko'chirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

Savol: Qanday hollarda o‘qishni boshqa davlat OTMiga ko‘chirish mumkin?
JAVOB: Faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:
🟢 Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i boshqa hududda doimiy yashasa, o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi;
🟢Talabaning ota-onasi (yoki o‘zi) davlat xizmatchisi bo‘lib, ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chgan bo‘lsa, farzandi yoki turmush o‘rtog‘ining o‘qishi o‘sha hududdagi OTMga ko‘chiriladi (tegishli vazirlik xati asosida).

Savol: Yo‘nalish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman. Nima qilishim kerak?
JAVOB: Bir davlat OTMi ichida yo‘nalish yoki ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) o‘zgartirish mumkin.

🟢Buning uchun 5-avgustgacha transfer.edu.uz saytida ariza topshiriladi. Qabul qilish qarori – OTM rektorining vakolatida.

Savol:
Faqat ta’lim shaklini o‘zgartirmoqchiman (masalan, kunduzgidan sirtqiga) nima qilishim kerak?
JAVOB: Bunda ham vazirlikning transfer.edu.uz sayti orqali 5-avgustgacha ariza beriladi.

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
📌 Xususiy oliygohlarda nimalar bo'lyapti?! "Yo'nalish boru- litsenziyada yoʻq".

Botimizga murojaatchilar tomonidan bir nechta shartnomalar kelib tushdi. Murojaatchiga ko'ra, bir xususiy oliygohga "Davlat boshqaruv huquqi" mutaxasisligi bo'yicha masofaviy ta'limga o'qishga kirgan. Universitetga 50% kontrakt summasini ham to'lagan va hemis dasturiga ham kiritilgan.

Biroq hozirgacha darslar bo'lmayapti. Keyinroq bilsa, aslida bu xususiy universitetda "DAVLAT BOSHQARUV HUQUQI" uchun LITSENZIYA MAVJUD EMAS. Lekin oliygoh mingga yaqin magistrantlarni o'qishga qabul qilib, kontrakt summalarigacha olgan.

Murojaatchiga ko'ra, u pullari kuyib qolishi, keyinchalik diplom ololmasligidan havotirda. Kontrakt summasini qaytarish bo'yicha ariza yozganida esa pullari hanuzgacha qaytarilmayotgani hamda 10% summasi qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirilganini aytib shikoyat qilmoqda.

Haqiqatdan ham hozirgi kunda birorta xususiy oliygohga magistratura mutaxasisligi uchun "Davlat boshqaruv huquqi" bo'yicha litsenziya taqdim etilmagan. Lekin oliygoh qaysi "qonunchilikka" ko'ra bunday qabul amalga oshirgani noma'lum.

Tabiiy savol tug'iladi: xususiy oliygohlar istagan yo'nalishiga abituriyentlarni qabul qilaversa, unda litsenziya olishdan maqsad nima?

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.

Jaydari tilda aytganda, ota-onamiz biz uchun qilgan yaxshiliklarni beminnat qiladi. Mabodo biz keksayganlarida ularga shu yaxshiliklarini qaytarsak, bu dunyoda ulardan baxtli insonlar bo’lmaydi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
⚡️Aytishlaricha, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari belgilangan tartibda yakunlangan bo‘lsa, talabalar 22-dekabr sanasidan qishki ta’tilga chiqishlari mumkin.

Mazkur holat bo‘yicha aniq ma’lumot olish uchun talabalar o‘zlariga biriktirilgan guruh tyutorlari bilan bog‘lanish tavsiya etiladi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ona, xavotir olmang — shapka kiydim!” — ADU Media markazi ijodkorlaridan navbatdagi kreativ videorolik

Mazkur v
ideolavhada oddiy, ammo mazmunli bir jumla orqali ona mehr-muhabbati, uning cheksiz g‘amxo‘rligi va samimiy xavotiri yengil, hayotiy hamda iliq kayfiyatda aks ettirilgan. Har bir tomoshabinning qalbiga yaqin bo‘lgan holatni eslatib o‘tuvchi ushbu lavha tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
👍51
#RASMAN

📌 Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladi

Prezident farmoniga ko'ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;

2026-yilda:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.

Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi:

31-dekabr (chorshanba);
1-yanvar (payshanba);
2-yanvar (juma);
3-yanvar (shanba);
4-yanvar (yakshanba).

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
1
⚡️Rasman: Endi texnikum talabalariga ham stipendiya joriy qilinadi

2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi

Shuningdek, “a’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan farzandlarimizga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
2👍2
💰 Yanvar oyining pensiya to‘lovlari 5-yanvar kuni bank plastik kartalariga tushirib beriladi hamda naqd shaklda pensiya oluvchilarga 27-yanvarga qadar yetkaziladi — Pensiya jamg’armasi.

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
Assalomu alekum kanalimiz a’zolari kelayotgan yilda hammangizga jamoamiz nomidan baxt va omad tilaymiz. Biz ishonamizki xalqimizga, elimizga foydasi tegadigan va yuksak marralarga erishadigan kadr bolip yetishingizga tilakdoshmiz. Bayramingiz muborak bo’lsin 🎇🎉

🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
👍3👏2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qishki ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishga tayyormisiz?

Unda bu imkoniyat aynan siz uchun. Yoshlar ishlari agentligi yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5–10-yanvar kunlari mahallalarda “Mazmunli ta’til” dasturini taqdim etadi!

Dastur doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar futbol, kibersport, “Zakovat”, “Milliy karaoke”, shaxmat va shashka hamda “Quvnoq startlar” musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “UzChess” “platformalarida onlayn viktorinalar o‘tkazilib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

✔️Ishtirok etish uchun o‘z mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling!

Batafsil: gov.uz/yoshlar


🔵Kanalimizga obuna boʻling:
https://t.me/adusirtqi
1👍1