Bugun, 5- dekabr kuni Andijon davlat universitetida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida viloyat imom-xatiblari, hojilar, mahalla faollari hamda ma’naviyat targ‘ibotchilar ishtirokida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va ishtirokchilarga mavzuga oid ijtimoiy videorolik namoyish etildi.
Tantanali tadbirni viloyati hokimi o‘rinbosari Komiljon Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng ma’ruzachilarning kun tartibidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir yakunida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim voqealar hamda “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etayotgan bir guruh soha vakillari taqdirlandi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag'ishlangan "Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar rejasi"ga muvofiq Andijon davlat universitetida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o'tkaziladi.
Mazkur tadbirda universitet faoliyatining ochiqligi, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlash hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, blogerlar, fuqarolar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishlari hamda o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Tadbir universitetning faollar zalida 6-dekabr kuni soat 10:00 da o’tkazish belgilangan.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 5-dekabr kuni Andijon davlat universitetida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida 8 -dekabr – “Konstitutsiya kuni” hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining universitet bosqichi o'tkazildi.
Fakultetlararo o'tkazilgan ushbu tanlovda jamoalar yangi tahrirdagi bosh qomusimizda belgilangan moddalar, shuningdek, turli huquqiy-normativ qonunlar bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazib, quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universiteti professor-o'qituvchilar o'rtasida sportni ommalashtirish va universitet jamoasi o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish maqsadida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa nizom qoidalari va talablari asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Jamoalar g'oliblik uchun qizg‘in va murosasiz kurash olib bordi. Bahs va munozaralarga boy bo'lgan ushbu musobaqa universitet jamoasining birdamligi hamda ularni ommaviy sport turlariga keng jalb etishga xizmat qildi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizda yoshlarni oliy ta'limga jalb qilish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi
Bugun, 5-dekabr kuni "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan Jalaquduq tumanida joylashgan 14-umumta'lim maktabi bitiruvchilari Andijon davlat universitetida bo'ldi.
Universitet gidlari tomonidan o‘quvchilarga universitetning moddiy-texnik bazasi, fakultetlar, o'quv binolari, axborot-resurs markazi, laboratoriyalar va zamonaviy auditoriyalari tanishtirilib, tanishish davomida o‘quv dasturlari, ilmiy ishlar va talabalik hayoti haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.
Ta'kidlash joizki, mazkur uchrashuvlar o'quvchi-yoshlarni oliy ta'limga jalb qilish, ular uchun universitet imkoniyatlarini tanishtirish va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlar haqida ma'lumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mas'ullar tomonidan milliy va xorijiy, ilmiy-ta'limiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish tartibi tushuntirildi
Andijon davlat universitetida Axborot-resurs markazi xodimi Azizbek Aliyev tomonidan oliygoh talabalariga kutubxonada tashkil etilgan, yangi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Ushbu targ'ibot davomida yangi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi imkoniyatlari va undan samarali foydalanish, elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalarni tizimdan yuklab olish, adabiyotlarga masofadan turib buyurtma berish yo‘llari haqida zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Aytish joizki, mazkur tushuntirish ishlari talabalarga elektron axborot tizimlarini o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, intellektual va ilmiy salohiyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM