Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
9.95K subscribers
23.2K photos
2.5K videos
678 files
13K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#xushxabar #Talabalar_ligasi

Ayni kunlarda talaba-yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Talabalar liga"sining mini futbol musobaqasi poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 26-may kuni universitetimiz jamoasi SamDuning O'zbekiston Finlandiya instituti jamoasiga qarshi maydonda shiddatli va murosasiz to'p surdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

👏Navbatdagi g'alaba bilan sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklab, yarim final uchrashuvlarida ham omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 27-may Andijon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Xolbutayev G‘ayratbek Oybek o‘g‘lining tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan G‘ayratbek Xolbutayevni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#elon

Hurmatli boburshunos olimlar, ustozlar va tadqiqotchilar

Xalqaro boburshunoslik ilmiy-elektron platformasini boyitish maqsadida Siz azizlarning muallifligingizdagi hazrati Bobur podshoh va boburiylar faoliyatiga doir har qanday mavzudagi ilmiy maqolalaringizni yuborishingizni soʻrab qolamiz.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2920

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#imtihon_jarayonlari

Universitetda yakuniy nazorat imtihonlari mas'ullar tomonidan nazorat qilinmoqda

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash maqsadida jarayon jadvalida ko'rsatilgan va belgilangan tartibda magistrlik dissertatsiyasi himoyalari, yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 27-may kuni Pedagogika va san'atshunoslik hamda Matematika fakultetlarida yakuniy nazorat imtihonlari o'z vaqtida belgilangan tartibda boshlanganligi, yakuniy nazorat savollari to'g'ri tuzilganligi va tasdiqlanganligi, jarayonlar shaffof va adolatli o'tkazilayotganligi o'quv-uslubiy boshqarma tomonidan o'rganildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Videoinfografika Yangi O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish: o'zgarishlar va yutuqlar

✔️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi
✔️"Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi
✔️90 ta davlat organlarida aksilkorrupsiya ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo'lga qo'yildi

YUKSALISH HARAKATI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

🚗🚫Universitet hududiga uch kun avtomashinalar kirishi taqiqlanadi


Hurmatli ustozlar va qadrli talabalar!
O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong'in xavfsizligini ta'minlash bo'yicha "Yosh qutqaruvchi" ko'ngillilar klublari o'rtasida musobaqaning respublika bosqichi Andijon viloyatida o'tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan universitetimiz talabalar turar joylariga respublikamizning barcha hududlaridan 400 nafardan ziyod o'quvchi-yoshlar kelib joylashganligi, ularning xavfsizligini ta'minlash hamda musobaqa jarayonlarida tartibsizliklar va noqulayliklarning oldini olish maqsadida 28-may sanasidan mashinalarni uch kun muddatga oliygoh hududiga kiritilishi taqiqlanadi. Xizmat mashinalari bundan mustasno.

Ushbu keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'rab, belgilangan talabni to’g’ri tushunishingizga umid qilamiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#davra_suhbati

“InnoX” biznes inkubatori loyihasi boʻyicha davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 27-may kuni Andijon davlat universitetida iqtidorli talaba-yoshlarning loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Andijon yoshlar texnoparki mutaxassislari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2921

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube