Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
11.4K subscribers
25.6K photos
2.86K videos
702 files
14K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#Uchrashuv

Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

Bugun, 6-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida tadbirkorlikka qiziquvchi talabalar uchun "Windows and doors factory" MCHJ rahbari bilan “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv talabalar bilan suhbat tarzida tashkil etilib, tadbirkor Boburbek Sadikov talabalarga o'z sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini qanday boshlagani hamda muvaffaqiyatga erishish yoʻlidagi qadamlari va mehnatlari haqida gapirib berdi.

Suhbat davomida biznesni boshlashdagi eng birinchi omil aniq maqsad qoʻya bilish hamda zamonga mos ravishda til o'rganib, yangiliklardan boxabar bo'lgan holda bilim koʻnikmalarni muntazam ravishda boyitib borish lozimligini taʼkidladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#startap_loyihalar

Universitetimiz talaba-yoshlarini "Mening start up loyiham" inkubatsiya dasturiga taklif qilamiz!

Andijon davlat universitetida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, “Start up” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida "Mening start up loyiham" inkubatsiya dasturini e'lon qilamiz.

Dastur doirasida ikki haftalik o'quv kurs tashkil etilgan bo'lib, unda:

🔸G'oyangizni rivojlantirish va yuqori natijalarga erishish;
🔸Startap nima ekanligi va loyiha orqali qanday qilib daromad topish.

📌 Mentorlik kurslari soha mutaxassislari, tadbirkorlar va startaperlar tomonidan olib boriladi.

Mazkur loyihada ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar 16-oktabrga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga yoki telegramdagi @Nizomov_Jasurbek profiliga murojaat qilishlari so'raladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#musiqiy_tanaffus

Pedagogika va san’atshunoslik fakulteti o'qituvchisi, drijor Solijonov Boburjon boshchiligida iqtidorli talabalar ijrosida musiqa.

Hammaga yaxshi kayfiyat tilagan holda t.me/adu_uz kanalida musiqiy tanaffus o'rtoqlar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#fakultet_yangiliklari

Joriy yilning 5-oktabr kuni Filologiya fakulteti talabalari tyutor D.Xodjayeva boshchiligida Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ekskursiya tashkil etdilar.

Ekskursiya davomida talabalarga muzeydagi tarixiy jarayonlar aks etgan suratlar hamda yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, mustabid tuzum davrida million-million begunoh qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi. Shuningdek, talabalar o'zlarininng qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob olish imkoniga ega bo'ldi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasidagi O'zbekiston delegatsiyasining tashrifi Qirg'iziston ommaviy axborot vositalari nigohida.

📌 Eslatib o'tamiz, ushbu xalqaro forum joriy yilning 4-5-oktabr kunlari bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Elon

Andijon davlat universitetida professor ayol o'qituvchilari uchun sog'lomlashtiruvchi mashqlar hamda sportning voleybol, stol tennisi va basketbol turlari bo'yicha to'garak tashkil etildi.

📌 To'garak mashg'ulotlari jismoniy-madaniyat fakulteti o'qituvchisi Fotima Sultonboyevna tomonidan olib boriladi.

☎️ Murojaat uchun: +998911750504

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Malumot_uchun
#universitet_rektorining
#shaxsiy_sahifalari

🔰Andijon davlat universiteti rektori, professor Yuldashev Akramjon Sultanmuradovichning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga a'zo bo'ling!

🔸Facebook 🔸Telegram

Akramjon Yuldashevning rasmiy sahifalarini doim kuzatib boring!

📲Rektor Akramjon Yuldashevning shaxsiy boti:
@anddu_rektori_bot

☎️Universitet rektori talabalar va ularning ota-onalari bilan doimiy aloqa qilishga hamda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishga doimo tayyor.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#korgazma

Universitetda "Mohir qo'llar" ko'rgazmasi o'tkazildi

Andijon davlat universitetida talabalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, o'z iqtidorlarini to'la namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha kafedralarda to'garak faoliyatlari tizimli ravishda tashkil etilgan.

Bugun, 6-oktabr kuni Pedagogika va san'atshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan qo'l mehnati namunalari, jumladan, "Pazandachilik", "Tikuvchilik", "Robototexnika" turlari bo'yicha ijodiy ishlar ko’rgazmasi namoyish etildi.

Ko'rgazmada talabalar tomonidan yaratilgan tabiiy ko'rinishga ega sun'iy gullar, shirinlik mahsulotlari, zargarlik buyumlari va tikuvchilik, zardo'zlik namunalari barchaga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Elon

📌 Joriy yilning 3-oktabr kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti binosining kirish eshigidan ma’lum miqdorda pul topib olingan.

Yo'qotilgan pul egasi quyidagi raqamga murojaat qilishi mumkin:
☎️: +998934414676

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Zakovat: Andijon
Andijon viloyati Yoshlar markazida 11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan "Sening tashabbusing - sening kelajaging uchun" shiori ostida yosh qizlar forumi doirasida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.

Unda 14 ta jamoa ishtirok etdi.

🥇 "Efemerida" jamoasi
🥈 "Special Angels" jamoasi
🥉 "Incredible" jamoasi

https://t.me/Andijon_ZakovatNNT