Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
9.95K subscribers
23.2K photos
2.51K videos
678 files
13K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
⚡️«Қадринг баланд бўлсин, она тилим» республика танлови эълон қилинди

Танлов учта йўналишда ўтказилади.

1️⃣ Биринчи йўналишида — «Давлат тили устуворлиги таъминланган энг намунали ҳудуд» маҳаллий ижро этувчи туман ва шаҳар ҳокимликлари иштирок этади.

2️⃣ Иккинчи йўналишда — «Давлат тилида иш юритиш йўлга қўйилган энг яхши тизим» вазирлик, идора, хўжалик бирлашмалари орасидан аниқланади.

3️⃣ Учинчи йўналишида — «Ўзбек тилини ривожлантиришга қаратилган энг яхши илмий-амалий лойиҳа» илмий ташкилотлар, олий ва ўрта-махсус таълим муассасалари қатнашади.

📌 Танлов жорий йилнинг 10 июнидан 10 сентябрига қадар ўтказилади ва ғолиблар 21 октябрь — Ўзбек тили байрами куни арафасида эълон қилинади.

📞 Танлов ҳақида (71) 215-51-76 телефон рақами ёки www.til.gov.uz сайти орқали батафсил маълумот олишингиз мумкин.

https://t.me/aoka_uz
‼️Diqqat tanlov‼️

Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yaratilgan "Eng yaxshi darslik", "Eng yaxshi o'quv-uslubiy qo'llanma" respublika tanlovi o'tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan darslik va o'quv qo'llanmalar 2021-yilning 19 iyun kunigacha qabul qilinadi.

1-o'rin uchun 5 000 000 so'm
2-o'rin uchun 3 000 000 so'm

Go'liblar 30-iyun kuni e'lon qilinadi.

Tanlov nizomi bilan shu yerda tanishishingiz mumkin

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
Xushxabar! Bugun, 15-iyun kuni Andijon shahridagi Yoshlar markazida yosh iste’dod egalarini kashf etishni va ularni qoʻllab-quvvatlashni maqsadida "Duel" Respublika yosh ijodkorlari tanlovining Andijon viloyat bosqichi o'tkazildi.

Unda universitetimiz talabasi Diyora Azizova ham nasr yo'nalishida munosib ishtirok etib, "Duel" respublika yosh ijodkorlar tanlovining Andijon viloyati g'olibiga aylandi hamda Respublika boshqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Diyorani universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz hamda tanlovning respublika bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
Forwarded from ADU.Tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal (Нумонжонов Мухиддин Гуламжанович)
#Amaliyot_2021

Bugun 15 iyun Tabiiy fanlar fakultetining biologiya va ekologiya yo'nalishi 1-bosqich talabalari o'quv dala amaliyotini o'tash uchun Xo'jaobod tumani Karnaychi qishlog'ida joylashgan ADU yozgi oromgohiga yo'l oldilar.

Talabalarni amaliyot safari oldidan fakultet dekani N.X.To'xtaboyev, dekanat jamoasi, ustozlar o'z duolari bilan kuzatdilar.
Oromgohga yetib borgach talabalarga kafedra o'qituvchilari, IIB xodimlari kerakli tushunchalar berib o'tdi.

Ushbu 72 soatlik amaliyot darsida talabalar o'simliklar qoplamini o'rganib, nazariy bilimlarini mustahkamlab olishida va o'qishlarida talabalarga omadlar tilaymiz.

@tabiiy_fanlar_adu
🔰 Бугун 16 июнь, чоршанба.

🚘 1903 — Генри Форднинг "The Ford Motor" компаниясига асос солинди;

🥤 1903 — "Pepsi-Cola" савдо белгиси рўйхатдан ўтказилди;

🚀 1963 — биринчи маротаба аёл космонавт (Валентина Терешкова) космосга парвоз қилди.

🥳 Ушбу санада туғилганлар: ҳинд актёри Митхун Чакроборти (1950), америкалик қўшиқчи Тупак Шакур (1971), ўзбекистонлик олимпия чемпиони Фазлиддин Ғоибназаров (1991).

Фикрдошларга ҳам улашинг
Dorian Greyning portreti [.pdf
279.4 KB
#kitobxonlik
#kitob_bilan_100kun
#Dorian_Grey_portreti

30-kun
8-qism

Muallif: Oskar Uayld.
Asar nomi: Dorian Grey portreti.
Hajmi: 327 bet.
Bugungi reja: 232-264 betlar.

❗️Elektron shaklda o‘qimayman deganlar uchun yaxshi taklif bor!

Book.uz ning Andijon filiali sizga kitoblarni arzon narxlarda va universitetimizga bepul yetkazib beradi!
Kanal: @bookuzbek_andijon
Sotuvchi: @bookuz_and

Dorian Grey portreti — 35 000 so‘m.

P/s: bugungi qism kechroq joylandi. Noqulaylik uchun uzr so‘rayman!

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter
OMINABONU “DUEL”NING RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETADI

Avval
xabar berganimzdek, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh ijodkorlar Kengashi bilan birgalikda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15-iyun kuni “Duel” Respublika yosh ijodkorlar tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo‘lib o’tdi.

BADIIY TARJIMA yo‘nalishida ishtirok etgan andijonlik yoshlar chet tillarini bilishi, badiiy ijodga bo‘lgan mehrini o‘zlarining tarjimonlik ishlari orqali isbotladi. Ulardagi shijoatni ko‘rgan hakamlarning hayratlari va havaslari davomli bo‘ldi.

Sog‘lom raqobat muhiti doirasida tashkil etilgan final bosqichib Oqqo‘ziyeva Maxsuma hamda To‘lanova Ominabonu juftligida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti 4-bosqich talabasi To‘lanova Ominabonu ustunlikka ega bo‘lib tanlov g’olibi bo‘ldi.

Ominabonuga respublika bosqichida zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
Forwarded from Edu.uz
#Тайинлов

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 2021 йил 15 июндаги буйруғи билан Бахтиёр Махмуджонович Расулов Андижон давлат университетининг Педагогика институти директори лавозимига тайинланди.

Бахтиёр Расулов 1966 йил Андижон вилоятида туғилган. 1990 йилда Тошкент давлат университетини ҳамда 2001 йилда Наманган давлат университетини тамомлаган.

Тарих фанлари доктори, доцент.

👉 Шу кунга қадар Андижон давлат университети илмий ишлар ва инновациялар бўйича проректори лавозимида ишлаган.

👉 @eduuz
🔹Oʻquv reja va adabiyotlari, fan dasturlarini joriy etish, professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini, yoʻnalishidan kelib chiqib, taʼlim shakllarini (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) belgilashni oliygoh boshqaruv kengashining oʻzi hal qiladi.

🔹Nufuzli xorijiy nashrlarda muntazam maqolalar chiqarib kelayotgan, shuningdek shogirdlari ilmiy ishlarini oʻz vaqtida va sifatli himoya qilgan ilmiy rahbarlarga 5 tagacha doktorant va 3 tagacha mustaqil izlanuvchi olish huquqi beriladi (hozirda 3 tagacha doktorant va mustaqil izlanuvchi olishi mumkin).

🔹Barcha oliygohlarning kamida bir nafar prorektori chet elda oʻqigan malakali mutaxassislardan tayinlanadi.

🗓 2022-yil 1-yanvardan 30 ta oliygohga moliyaviy mustaqillik beriladi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
Ayni paytda Prezident raisligida oliy taʼlimga bagʻishlangan videoselektor boʻlib oʻtmoqda. Unda Shavkat Mirziyoyev rektorlar haqida shunday dedi:

- Agar oliygohda bilimli rektor boʻlsa, bu xalqimizning baxti. Bu balandparvoz gap emas. Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland boʻlishi kerak. Men rektorni eng katta islohotchi, fidoyi, deb bilaman. Agar u yoshlarni bilimli qilib tarbiyalay olsa, bizga boshqa hech narsa kerak emas. Lekin hamma rektorlar shundaymi? Sifat bilan shugʻullanmagan, “talaba uchun men nima bera olaman” degan savolga javobi boʻlmagan rektorning kelajagi yoʻq.

Davlat rahbari taʼlim sifatini yaxshilash va taʼlimning barcha jarayonlarini bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etish masalasi Oliy taʼlim vazirligi, rektorlarning eʼtiboridan chetda qolib ketayotganini tanqid qildi.

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
#Qabul_2021

⚡️⚡️Oliy taʼlim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish 20-iyundan boshlanadi.

Ikki hafta muddatda qoʻshimcha davlat granti asosida (imtiyozli) qabul parametrlari tasdiqlanadi.

Bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.

Bu yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliygohlarda 22 ta yoʻnalishda talabalarni oʻqitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.

Shuningdek, Prezident bu yil oliygohlarga qabul soni oʻtgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini maʼlum qildi.

Andijon davlat universiteti rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok
Shavkat Mirziyoyev har bir oliygohning oʻz yoʻnalishida “ilmiy-innovatsion markaz”i boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

- Xalqaro tajribada ilmiy salohiyat 70 foizdan kam boʻlsa, bunday oliygoh nufuzli hisoblanmaydi. Afsuski, bizdagi birorta oliygohda ushbu koʻrsatkich 60 foizga ham yetmaydi. Respublika boʻyicha 24 ta oliygohning ilmiy salohiyati 25 foizga ham bormaydi, 19 tasida birorta professor va fan doktori mavjud emas. Soʻnggi 30 yilda atigi 45 ta oliygohning 208 nafar professor-oʻqituvchilari xorijda ilmiy daraja olgan. Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish uchun respublika boʻyicha yiliga 2,5 mingta himoya boʻlganda ham 70 foiz koʻrsatkichga 2030-yilda erishish mumkin, mana bizdagi holat, dedi davlat rahbari.

Shuning uchun kelgusi yildan oliygohlar uchun doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar soni 2 baravarga, keyingi yillardan har yili 50 foizga oshirib boriladi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Tiktok