АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.
1.61K subscribers
2.07K photos
99 videos
621 files
3.96K links
Download Telegram
❗️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!
#abituriyent

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni o‘tkaziladi.

Abituriyent-o'quvchilar 20-iyul kech soat 18:00 dan boshlab quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishlari mumkin:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 803 ta (o‘tgan yilgidan 183 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
2 542 ta;
sirtqi981 ta;
kechki223 ta;
masofaviy57 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz  saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 73 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 73 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 127 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman.
#abituriyent

1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini ochasiz;

2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan o‘zingiz tanlagan OTM hamda yo‘nalishni qidirib topasiz va “Qidirish” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang);

3-qadam: Shunda umumiy ro‘yxat ochiladi (2-rasmga qarang). O‘sha ro‘yxatda nechanchi o‘rinda turganingizni qidirib topasiz. O‘rinni aniqlash uchun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylashgan bo‘ladi, siz nechanchi sahifadagi nechanchi joydaligingizga qarab, o‘rningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak 43-o‘rindasiz (4 ta to’liq 10 va + 3);

4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, o‘zingizning sahifangizni ochasiz (3-rasmga qarang). O‘sha yerda qaysi yo‘nalishlarga topshirganingiz va ularga nechta kvota berilgani ko‘rsatilgan bo‘ladi;

❗️5-qadam: agar siz kvota doirasidagi o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak, aniq talaba bo‘ldingiz. Masalan, siz topshirgan yo‘nalishda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-o‘rinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa bo‘ladi. Nega unaqaligini mana bu yerda tushutirganman:
https://t.me/xushnudbek/20711;

6-qadam: xuddi shu ishni topshirgan beshta yo‘nalishingizda tekshirib chiqishingiz mumkin.

Agar kvota doirasidan tashqarida turgan bo‘lsangiz-chi, unda hammasi tamom deganimi? Yo‘q, bunday emas. Kvotadan tashqaridagilar uchun ham yaxshi imkoniyat bor. Buni mana bu yerda batafsil tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/20711


👉 @xushnudbek 👈
Ko‘pchilik so‘rayotgan savolga javob: minimum ball bormi?
#abituriyent

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Yaʼni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball;

Davlat granti uchun – 68 ball.

Bu nima degani?

Aniq misol bilan tushuntiraman.

Yuqoridagi suratda 2019-yilgi mandat natijalari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga 2019-yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmagan.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Biotexnologiya” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta grant o‘rni uchun 2019-yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmagan. Bo‘sh qolgan.

Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi.

To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 60-70 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Masalan, 2022-yili 51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi. Yaʼni abituriyentlarning yarmidan ko‘pi 30%lik natijani ham qayd etolmagan.

Bu shubhasiz, fojiamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi.

56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.

🟢 O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,4%
⬆️ Buxoro — 4,4%
⬆️ Toshkent viloyati — 3,5%
⬆️ Namangan — 3,3%
⬆️ Farg’ona — 2,4%

🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz23/Index


👉 @xushnudbek 👈
Super-kontrakt miqdorlari 2023.pdf
91.6 KB
Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)
#abituriyent

Mazkur faylda 2023/24- o’quv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Faylda kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki ta’lim uchun super-kontrakt miqdorlari berilgan. Shuningdek, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilganda beriladigan 10 foizlik chegirma ham ko’rsatilgan.

P.S.: ushbu super-kontrakt narxlari “perevodchilar” uchun ham taalluqli.


👉 @xushnudbek 👈
56,7 balldan kam to‘plaganlar ham super-kontraktda o’qishi mumkinmi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, mumkin.

Buni biz shartli ravishda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam to’plaganlar super-kontraktning 2 barobarini to‘lashi kerak.

Masalan, abituriyent moliya yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).

‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, 4 ballik shkala doirasida super-kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q!

56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.

Yanada osonroq hisoblash uchun, mana bu yerdagi faylda ko’rsatilgan miqdorlarni 2 ga ko’paytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib chiqadi.

*️⃣ Aytgancha, 15-oktyabrgacha 100% to’lov qilinganda beriladigan 10% lik chegirma super-muperga ham taalluqli.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyentlar uchun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?
#abituriyent

JAVOB: Aslida aytarli katta o‘zgarish bo‘lmadi, asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan shu metodikaga asoslangan va mana bu postda bu haqida qisqa ma'lumot bergan edim.

Ko‘pchilik kanallar "Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi" deb yozishdi. Umuman olganda bu to‘g‘ri xabar, ammo biroz masala mohiyati ochib berilmagan.

Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap shu. Vahima qiladigan yoki ortiqcha xursand bo‘ladigan joyi yo‘q, shunchaki baholash metodikasi o‘zgaryapti xolos.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi
#abituriyent

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi?
#abituriyent

Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi);

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi.

❗️Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20045


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o’ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo’lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.

Tavsiyanoma muddati qancha?

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM