Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.4K subscribers
31.9K photos
1.6K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Shoir tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi

Yurtimizning ardoqli shoiri, xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan Muhammad Yusuf tavalludining yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida adabiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida shoirning hayoti va boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan chiqishlar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi. Talabalar Muhammad Yusuf ijodidagi yurtparvarlik, sadoqat, muhabbat va insoniylik ruhini o‘z ifodalarida jonli tarzda yetkazishga harakat qildilar.

Tadbir davomida shoir hayotiga oid qiziqarli faktlar, uning xalqchil satrlari, adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida ham ma’ruzalar tinglandi. Fakultet jamoasi tomonidan tashkil etilgan adabiy burchak va kitob ko‘rgazmasi esa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir yoshlarda milliy g‘urur, ijodkorlikka ishtiyoq va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Milliy kuylar jarang sochdi: “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da gastrol konsert bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-aprel kuni Bobur shaharchasidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” yozgi amfiteatrida Andijon davlat pedagogika instituti Milliy musiqa cholg‘ulari ansambli tomonidan gastrol konserti tashkil etildi.

Konsert dasturini institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Parpiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U mazkur gastrol konserti yoshlarning estetik didini shakllantirish, milliy musiqaga mehr uyg‘otish va madaniy hordiq chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Ansambl a’zolari tomonidan ijro etilgan milliy kuylar zamonaviy talqinda yangrab, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi. An’anaviy cholg‘ularda ijro etilgan kompozitsiyalar yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglashga undadi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovich dissertatsiya ishini himoya qildi


Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi katta o‘qituvchisi Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovichning “O‘zbekiston SSR ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar (1946–1991-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘tkazildi.

Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishining dolzarbligi, tarixiy manbalarga tayangan tahlillari va ilmiy-amaliy ahamiyatini asoslab berdi. Shuningdek, rasmiy opponentlarning fikr-mulohazalari hamda Ilmiy kengash a’zolarining savollariga asosli va batafsil javoblar berdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan ma’qullanib, Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Sherzodbek Maribjonovichni ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklab, unga kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM