Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.4K subscribers
31.8K photos
1.59K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Andijon davlat pedagogika institutida Kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda milliy sport turlariga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida Kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqaning ochilish marosimida institut rektori, professor Baxtiyor Rasulov ishtirok etib, yosh sportchilarga muvaffaqiyat tiladi va sportning inson tarbiyasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Mazkur musobaqada institutning turli fakultetlaridan 30 dan ortiq iqtidorli sportchi talabalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Kurash bellashuvlari halol va murosasiz kurashlar bilan davom etdi.

“Rektor kubogi” musobaqasi talabalar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularning jismoniy sog‘lig‘i va irodaviy sifatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Student Quiz” intellektual o‘yini sirtqi ta’lim talabalari o‘rtasida ham o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Student Quiz” intellektual bellashuvi bu safar sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida ham tashkil etildi.

Ushbu bosqichda institutning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan sirtqi ta’lim talabalari tomonidan tuzilgan 23 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, tasviriy tafakkur, kino san’ati va musiqa yo‘nalishlariga oid savollar asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tanlov interaktiv va bahsli ruhda o‘tdi. Unda qatnashgan talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish barobarida bir-birlaridan o‘rganish, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Zukko kitobxon” tanlovining aprel oyi g‘oliblari aniqlandi

Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida talabalarning kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish, adabiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori B. Rasulov ochib berdi. Shu bilan birga, mart oyida bo‘lib o‘tgan tanlovning saralash bosqichi g‘oliblariga 150 ta badiiy kitobdan iborat sovg‘a jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Tanlovda 26 ta jamoa ishtirok etib, o‘zbek va jahon adabiyotiga oid 10 ta asar asosida tuzilgan savollarga javob berish orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

🏆 1-o‘rin – Ziyo jamoasi
🥈 2-o‘rin – Booklovers jamoasi
🥉 3-o‘rin – Filora jamoasi

Tadbir ishtirokchilari bu kabi tanlovlar talabalar o‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, adabiy bilimlarni boyitish va intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM