Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.4K subscribers
31.8K photos
1.59K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Osh davlat universiteti robototexnika markaziga tashrif: uch oliy ta’lim muassasasi rahbarlari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar


Andijon davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga xizmat safari doirasida muhim tashriflardan biri Osh davlat universitetiga bo‘ldi. Tashrif davomida institut rektori Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, Osh davlat universiteti rektori Kojobekov Kudayberdi Gaparaliyevich hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon pedagogika instituti rektori, professor Mukay Jarkinbek birgalikda ushbu universitet huzuridagi Robototexnika markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida mehmonlar markazdagi o‘quv jarayonlari, talabalarning amaliy mashg‘ulotlari, yosh ixtirochilarning innovatsion ishlanmalari hamda robototexnika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.

Markazda yaratilgan texnologik loyihalar, aqlli qurilmalar, dasturlashtirilgan robotlar hamda talabalar tomonidan ishlab chiqilgan interaktiv tizimlar uchala oliy ta’lim muassasasi rahbarlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif davomida ushbu sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, qo‘shma loyihalar amalga oshirish va innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Andijon davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Osh davlat pedagogika universitetiga tashrifi doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 22-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasining Osh viloyatiga rejalashtirilgan xizmat safari doirasida Andijon davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Osh davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida institut rektori Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich boshchiligidagi delegatsiya universitet rektori Zuluyev Bekmurza Bekbolotovich bilan uchrashdi. Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, talabalar mobil almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari universitetda yangidan qurib foydalanishga topshirilgan zamonaviy o‘quv binosini ko‘zdan kechirdilar. Tashrif davomida binoda yaratilgan zamonaviy o‘quv-moddiy texnika bazasi, talabalarga qulay sharoitlar, innovatsion dars uslublarini qo‘llash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM