ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA SHINJON PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Andijon davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga xizmat safari doirasida yana bir muhim uchrashuv amalga oshirildi. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidan tashrif buyurgan Shinjon pedagogika instituti rektori, professor Mukay Jarkınbek bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, maxsus pedagogika sohalarida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha grant mablag‘larini jalb qilish va qo‘shma investitsiya dasturlarini amalga oshirish yuzasidan dastlabki muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, akademik tajriba almashish, o‘zaro malaka oshirish kurslari hamda ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur muzokaralar yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlikni rasmiylashtiruvchi huquqiy hujjat — Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bu memorandum ikki institut o‘rtasida mustahkam, izchil va barqaror aloqalar o‘rnatish, ta’lim va ilm-fan sohasida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim poydevor vazifasini bajaradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Osh davlat universiteti robototexnika markaziga tashrif: uch oliy ta’lim muassasasi rahbarlari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar
Andijon davlat pedagogika instituti delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga xizmat safari doirasida muhim tashriflardan biri Osh davlat universitetiga bo‘ldi. Tashrif davomida institut rektori Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, Osh davlat universiteti rektori Kojobekov Kudayberdi Gaparaliyevich hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon pedagogika instituti rektori, professor Mukay Jarkinbek birgalikda ushbu universitet huzuridagi Robototexnika markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar markazdagi o‘quv jarayonlari, talabalarning amaliy mashg‘ulotlari, yosh ixtirochilarning innovatsion ishlanmalari hamda robototexnika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Markazda yaratilgan texnologik loyihalar, aqlli qurilmalar, dasturlashtirilgan robotlar hamda talabalar tomonidan ishlab chiqilgan interaktiv tizimlar uchala oliy ta’lim muassasasi rahbarlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif davomida ushbu sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, qo‘shma loyihalar amalga oshirish va innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM