Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.4K subscribers
31.8K photos
1.59K videos
149 files
11.6K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Forwarded from ADPI yoshlari | Rasmiy kanali (Adpi.uz | Rasmiy kanal)
🟦🟦🟦🟦🟦

Andijon davlat pedagogika institutida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan “Rektor kubogi – 2025” sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Joriy yilning 22–23-aprel kunlari futbol bo‘yicha talabalar o‘rtasidagi musobaqaning 1/8 final bosqichi dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

🏛Andijon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan Ahmadjonov To'lqinbek Akramjon o'g'li Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari etib tayinlandi.

♻️Ahmadjonov To'lqinbek Akramjon o'g'li 1995-yil Аndijon viloyatida tugʼilgan. 2020-yil Andijon davlat universitetini (bakalavr) 2023-yil Andijon davlat pedagogika instituti (magistr) tamomlagan.

Institut jamoasi Ahmadjonov To'lqinbek Akramjon o'g'lini ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

🏛Andijon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan Azimov Akbarshox Niyoziddin o'g'li Filologiya fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari etib tayinlandi.

♻️Azimov Akbarshox Niyoziddin o'g'li 1995-yil Аndijon viloyatida tugʼilgan. 2019-yil Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Institut jamoasi Azimov Akbarshox Niyoziddin o'g'lini ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩

🏛Andijon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan Fatidinova Dildora Murodjonovna Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig'i etib tayinlandi.

♻️Fatidinova Dildora Murodjonovna 1986-yil Аndijon viloyatida tugʼilgan. 2012-yil Andijon davlat universiteti (bakalavr), 2021-yil ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

Institut jamoasi Fatidinova Dildora Murodjonovnani ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини ошириш ҳамда педагоглар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по повышению качества школьного образования и совершенствованию системы подготовки педагогических кадров.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #pedagogika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифатини ошириш ҳамда педагоглар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по повышению качества школьного образования и совершенствованию…
⚡️O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yilgan.

Bu, ko‘p jihatdan, o‘qituvchilarning bilim va malakasiga bog‘liq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohda pedagogika yo‘nalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yo‘nalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi ta’limda o‘qiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON – KITOBXONLAR YURTI”: ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA KITOBXONLIK HAFTALIGI BOSHLANDI

Bugun yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida an’anaviy V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi. Shu munosabat bilan Andijon davlat pedagogika institutida mazkur haftalikning ochilishiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Parpiyev ishtirok etdi. U o‘z nutqida kitobxonlikning inson tafakkurini boyitishdagi, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni haqida to‘xtalib, ushbu haftalik talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, kitob ko‘rgazmalari namoyish etildi. Haftalik doirasida institutda turli ijodiy uchrashuvlar, tanlovlar, kitob taqdimotlari va intellektual loyihalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur haftalik nafaqat yoshlar, balki barcha kitobsevarlar uchun muhim voqelik bo‘lib, xalqimizning mutolaaga bo‘lgan e’tiborini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩

🏛 ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “YOSH PEDAGOG” TANLOVI BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-iyundagi 289-sonli “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 1-avgustda qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida "Yosh pedagog" tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur tanlov oliy ta’lim talabalari o‘rtasida pedagoglik kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, zamonaviy pedagogik ko‘nikmalarni shakllantirish va yoshlarning kasbiy mahoratini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Tanlov quyidagi muddatlarda fakultetlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

Filologiya fakulteti – 2025-yil 23-aprel
Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti – 2025-yil 25-aprel
Pedagogika fakulteti – 2025-yil 28-aprel
Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti – 2025-yil 30-aprel
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti – 2025-yil 2-may

Tanlov doirasida talabalar pedagogik nazariya va amaliyotga oid bilimlarini namoyish etishadi, dars jarayonlarini innovatsion usullar orqali olib borish bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etishadi.

"Yosh pedagog" tanlovi nafaqat iqtidorli talabalarning iste’dodini kashf etadi, balki ularni pedagogik faoliyatga ilhomlantiradi va kelajakda barkamol, professional kadrlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti tomonidan talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar uchun "Kino kechalari" oʻtkazildi.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🟦 Telegram 🟦 Instagram 🟦 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM