“Talaba-yugur” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Bugun Andijon shahrida “Silk Road — Andijon” doirasida “Talaba-yugur” hamda “Inson uchun” ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa 3 kilometr masofada tashkil etilib, unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, sportchilar hamda yoshlar keng qamrovda ishtirok etdi. Startga minglab yuguruvchilar chiqib, musobaqa yuqori sport ruhi va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
Unda Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi rektor Baxtiyor Rasulov boshchiligida faol qatnashdi. Quvonarlisi, institut talabalari yuqori natijalarni qayd etib, institut sha’nini munosib himoya qildilar.
🏆 Ayniqsa, 3 kilometr masofada erkaklar o‘rtasida institut talabasi Qabulov Zuxriddin faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, ko‘zi ojiz talabalar o‘rtasidagi bahslarda Bektosheva Gulnora faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2🥰1
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
Andijon davlat pedagogika institutida ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etish, ta’lim jarayonida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, adolat va halollik muhitini qaror toptirish har bir fuqaroning fuqarolik burchidir. Shu bois institut jamoasi barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar hamda fuqarolarni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo‘lishga chorlaydi.
Siz institut faoliyati bilan bog‘liq korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, noqonuniy talab, ta’magirlik yoki boshqa shubhali holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang!
Bu kabi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
#marifat_maydoni2026 #final
🗣 Namanganda “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi boshlandi!
♦️ Bugun Namangan viloyati musiqali drama teatrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning final bosqichiga start berildi.
🏛 Tanlovning ochilish marosimida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Isomjon Odilov so‘zga chiqib, tanlovning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, adib va ma’rifatparvarlar hayoti va ijodini o’rganishdagi tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, barcha jamoalarga omad tiladi.
✔️ Shundan so‘ng, tanlovning 3-sharti “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha jamoalarning chiqishlari boshlandi. Ilk kompozitsiya Namangan davlat universitetining “Tamaddun” jamoasi tomonidan namoyish etildi. Ular “Behbudiy” teatrlashtirilgan kompozitsiyasi ijro etishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov goliblari vazirlik tomonidan diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m, 4-o‘rin 10 million so‘m va 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
📱 Instagram | 📺 YouTube | 🕊 Telegram
🟪 Final bosqichi ishtirokchi jamoalari:🔹 Namangan davlat universiteti (mezbon)🔹 O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi🔹 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali🔹 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti🔹 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti🔹 Andijon davlat pedagogika instituti🔹 Buxoro davlat universiteti
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov goliblari vazirlik tomonidan diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m, 4-o‘rin 10 million so‘m va 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Andijon davlat pedagogika institutida “Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi
Bugun, 22-may kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Andijon davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida “Mustaqillik soati” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi vakili Nafisaxon Marahimova hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Xusanboy Umarov va Nasibaxon Abdullayeva ishtirok etdi.
Seminar davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizning turli sohalarida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan izchil o‘zgarishlar haqida keng tushuntirishlar berildi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va daxldorlik hissini kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

❤2👍1