O‘zbekiston–Polsha rektorlari forumi doirasida muhim memorandum imzolandi
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressining ikkinchi kuni Samarqand Ipak yo‘li xalqaro universitetida O‘zbekiston–Polsha rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali muloqot va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuvlar natijasida Andijon davlat pedagogika instituti hamda WSB University o‘rtasida muhim memorandum imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish hamda pedagogika sohasida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan.
Kelishuv doirasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, shuningdek, ilmiy loyihalar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Mazkur xalqaro hamkorlik Andijon davlat pedagogika institutining global ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍8
Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” start oldi!
Bugun, 14-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida “Seshanba — sport kuni” munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga rasmiy start berildi.
Musobaqaning ilk o‘yinlari yuqori kayfiyat, sport ruhiga boy muhitda o‘tkazilib, keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Jamoalar maydonda o‘zaro kuch sinashib, g‘alaba uchun qat’iyat va jamoaviylik namunasini ko‘rsatdilar.
Mazkur musobaqalar institut jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Rektor kubogi” bahslari keyingi turlarda yanada qizg‘in va murosasiz ruhda davom etishi kutilmoqda.

👍3❤2
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
Kiprda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Nomzodlar turniri”da hamyurtimiz, iqtidorli yosh grossmeyster Javohir Sindarov muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritib, barchamizni xushnud etdi.
Hal qiluvchi uchrashuvda u eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan Anish Giri bilan durang o‘ynadi va shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun kuch sinashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Endi yosh va umidli shaxmatchimiz joriy yilning oxirida amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukeshga qarshi dona suradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥4
#Sportkuni #Futbol #Rektorkubogi
Seshanba — sport kuni munosabati bilan professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan futbol bo'yicha rektor kubogi musobaqalarining 1-tur natijalari va turnir jadval
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Seshanba — sport kuni munosabati bilan professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan futbol bo'yicha rektor kubogi musobaqalarining 1-tur natijalari va turnir jadval
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍3
Andijon davlat pedagogika instituti rektorining sayyor qabuliga marhamat
Ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, talabalarning taklif va muammolarini bevosita eshitish maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti rektorining institut talabalari va pedagog xodimlar bilan sayyor qabuli tashkil etiladi.
Sayyor qabul davomida talabalarning ta’lim jarayoniga oid fikrlari, takliflari va murojaatlari tinglanadi, mavjud muammolarga joyida yechim topishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu kabi uchrashuvlar ochiq muloqot va samimiy suhbat ruhida o‘tishi rejalashtirilgan.
Sayyor qabul 16-aprel kuni soat 9:00da "A" va "B"binolari oralig'idagi maydonda bo'lib o'tadi. Barchani kutamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Bugun 15-aprel 2026-yil, Chorshanba.
📆 Bugun:
🇺🇳 Xalqaro madaniyat kuni.
🇺🇳 Ekologik bilimlar kuni.
🌏 Xalqaro mobil aloqalarsiz kun.
🌏 Butunjahon san'at kuni.
🇺🇿 O'zbekiston - "Madaniyat va san'at xodimlari kuni.
🇬🇪 Gruziya – Muhabbat kuni.
🇪🇸 Ispaniya - Bolalar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston - Sevishganlar kuni.
🇮🇳 Hindiston (g‘arbiy Bengaliya) - Yangi yil.
🇧🇦 Bosniya va Gertsegovina - Armiya kuni.
🇰🇵 KXDR - Quyosh bayrami (Kim Ir Sen tug‘ilgan kun).
🇷🇺 Rossiya - Elektron tahdidlarga qarshi kurash mutaxassislari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Jinoyat qidiruv xodimlari kuni.
⏳ Tarixiy voqealar:
🚁 1877 - Italiyalik kashfiyotchi Enriko Forlanini havoga ilk protovertolyotni uchirib koʻrdi.
✅ 1896 - Yunoniston poytaxti Afinada antik davrlardan beri ilk Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetdi.
⚔️ 1898 - AQSHda senator X.Teller rtomonidan Ispaniyaga urush eʼlon qilish toʻgʻrisidagi Kongress rezolyutsiyasiga kiritilgan tuzatish qabul qilindi.
📝 1935 - Vashingtonda “San’at va ilmiy muassasalar hamda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi shartnoma - Rerix pakti imzolandi.
🚊 1942 - Qamaldagi Leningradda tramvaylar harakati tiklandi.
🔰 1955 - Illinoys shtatining Des Pleynsshahrida tadbirkor Rey Krok oʻzining ilk McDonald’s restoranini ochdi.
💣 2013 - Boston marafonidagi portlash.
🎉 Bugun tug'ilganlar:
👸🏻 1684 yil - Ketrina I - Rossiya imperatori (1725-1727), Pyotr I ning ikkinchi xotini
🧑🔬 1707 yil - Leonard Eyler - Shveytsariya, Germaniya va Rossiya matematik, mexanik, fizik, akademik
🎨 1812 yil - Teodor Russo - fransuz peyzaj rassomi, Barbizon maktabining asoschisi
👨💼 1858 yil - Emil Dyurkgeym - frantsuz sotsiologi;
🥊 1875 yil - Jeyms Jeffri - Amerikalik professional bokschi
🤵🏻 1886 yil - Nikolay Gumilev - rus shoiri, akmeizm maktabining yaratuvchisi.
👨🏻🔬 1896 yil - Nikolay Semenov - sovet kimyogari, kimyoviy fizikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofoti laureati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
“Ilmiy salohiyat — millat kelajagini belgilovchi kuch!” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilarni e’tirof etish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ilmiy salohiyat — millat kelajagini belgilovchi kuch!” shiori ostida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbir avvalida institut rektori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov so‘zga chiqib, ilm-fan taraqqiyoti mamlakat rivojining muhim omili ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga erishgan professor-o‘qituvchilarning mehnatini yuksak baholab, ularning faoliyati yoshlar uchun ibrat maktabi ekanini qayd etdi.
Shundan so‘ng ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida ilm-fan yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ustozlarning xizmatlari e’tirof etildi.
Marosim yakunida kuy-qo‘shiqlar yangrab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!

❤4👍1