Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.8K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“Sport kuni” – sog‘lom hayot sari dadil qadam

Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan tashabbuslar Andijon davlat pedagogika institutida izchil davom ettirilmoqda.

Ayni paytda institutda “Sport kuni” doirasidagi tadbirlar qizg‘in ruhda davom etmoqda. Professor-o‘qituvchilar darsdan tashqari vaqtlarida kun davomida turli sport mashg‘ulotlari bilan faol shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarziga sodiqlik namunasini ko‘rsatmoqdalar.

Xususan, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, krossfit mashg‘ulotlari, shuningdek, shaxmat va shashka kabi intellektual sport turlari hamda gimnastika mashqlari pedagog xodimlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayonlar nafaqat jismoniy chiniqishni ta’minlab, balki jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Sport mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar o‘rtasida hamjihatlik, jamoaviylik va o‘zaro hurmat tamoyillari mustahkamlanib, sog‘lom muhit qaror topmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonida ham ijobiy natijalar berib, pedagoglarning ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
MARKAZIY OSIYO – YEVROPA ITTIFOQI UNIVERSITETLARI KONGRESSI DAVOM ETMOQDA

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida vazirlar ishtirokida yuqori darajadagi panel sessiya tashkil etildi. Mazkur sessiya oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.

Sessiya davomida ta’lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, akademik mobillik ko‘lamini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda universitetlar o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Yevropa tajribasini Markaziy Osiyo oliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Mazkur nufuzli tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov ham ishtirok etmoqda. Bu esa institutning xalqaro maydondagi faolligi tobora ortib borayotganini, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini yaqqol namoyon etadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥2
🟦🟦🟦 🟦🟦

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “MUNOZARA” RESPUBLIKA TURNIRINING INSTITUT BOSQICHI BOSHLANDI


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qo‘shma qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida an’anaviy “Munozara” respublika turniri tashkil etilmoqda.

Mazkur nufuzli turnir doirasida Andijon davlat pedagogika institutida institut bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda fakultetlar kesimida shakllantirilgan jamoalar o‘zaro bahs-munozaralarda ishtirok etadilar.

Turnirning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish,
nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish,
mustaqil qaror qabul qilish va fikrni asoslab berish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat .

Turnirning institut bosqichi joriy yilning 20-aprel kuni o‘tkaziladi.

📕Institut bosqichi uchun tanlab olingan mavzular
✍️Tanlov nizomi

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
“Farid Usmon – Andijon faxri” adabiy anjumani o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida atoqli shoir va publitsist Farid Usmon tavalludiga bag‘ishlab “Farid Usmon – Andijon faxri” nomli adabiy anjuman tashkil etildi.

Mazkur tadbirda shoir Farid Usmon, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev, adabiyotshunos olimlar hamda adabiyotga qiziqish bildirgan, shoir ijodiga befarq bo‘lmagan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Anjuman davomida ishtirokchilar shoirning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi hamda publitsistik faoliyati yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirda Farid Usmon ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, uning asarlarida aks etgan milliy ruh, ma’naviy qadriyatlar va zamonaviy tafakkur uyg‘unligi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan shoir she’rlaridan namunalar mutolaa qilinib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ijodiy chiqishlar, badiiy ifodalar hamda samimiy muloqotlar anjuman mazmunini yanada boyitib, uning ta’sirchanligini oshirdi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4