MARKAZIY OSIYO – YEVROPA ITTIFOQI UNIVERSITETLARI KONGRESSI DOIRASIDA MUHIM PANEL SESSIYA O‘TKAZILDI
Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida vazirlar ishtirokida yuqori darajadagi panel sessiya tashkil etildi. Mazkur sessiya oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.
“Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkazilgan ushbu muloqot maydonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Rahim Hamro Saidzoda, Qirg‘iz Respublikasi ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Durus Kozuyev hamda Polsha Respublikasi fan va oliy ta’lim sohasi bosh direktori Marsin Iskra ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Sessiya davomida ta’lim sohasida raqamlashtirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda universitetlar o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Yevropa tajribasini Markaziy Osiyo oliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Mazkur nufuzli tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov ham ishtirok etmoqda. Bu esa institutning xalqaro maydondagi faolligi ortib borayotganini, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Panel sessiya yakunida ishtirokchilar tomonidan oliy ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3❤1
Forwarded from UzA | Ilm-fan kanali
📚Mashrabova Buviniso Nurbek qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

👍14🔥7👏5❤1
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: stol tennis va gandbol bahslari davom etmoqda
Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi. Xususan, gandbol va voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
Mazkur musobaqalarda talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori natijalarni namoyon etmoqdalar. Har bir uchrashuv sport ruhi, halol raqobat va g‘alabaga intilish kayfiyati bilan ajralib turmoqda.
Gandbol va stol tennis bahslari davomida jamoalar taktik yondashuv, chidamlilik va o‘zaro hamjihatlik orqali muxlislarga qiziqarli o‘yinlar taqdim etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi. Xususan, gandbol va voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
Mazkur musobaqalarda talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori natijalarni namoyon etmoqdalar. Har bir uchrashuv sport ruhi, halol raqobat va g‘alabaga intilish kayfiyati bilan ajralib turmoqda.
Gandbol va stol tennis bahslari davomida jamoalar taktik yondashuv, chidamlilik va o‘zaro hamjihatlik orqali muxlislarga qiziqarli o‘yinlar taqdim etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥4
Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi”ga start beriladi
Bugun, seshanba — sport kuni munosabati bilan Andijon davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga tantanali start beriladi.
Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik muhitini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Musobaqaning ilk — 1-tur o‘yinlarida institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari jamoalari o‘zaro bellashib, g‘alaba uchun kurash olib boradilar.
Mazkur musobaqalar nafaqat sport mahoratini namoyon etish, balki jamoa ruhini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barchani ushbu qiziqarli va murosasiz futbol bahslarini tomosha qilishga hamda o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz.

⚡3👍3❤2
Bugun 14-aprel 2026-yil, Seshanba.
📆 Bugun:
🌏 Xalqaro top-menejerlar kuni.
🌏 Xalqaro qo‘qqisidan kulgu lahzalari kuni.
🇦🇴 Angola - Yoshlar kuni.
🇧🇩 Bangladesh - Bengal Yangi Yili.
🇧🇾 Belarusiya - Havo mudofaa kuchlari kuni.
🇬🇪 Gruziya - Ona tili kuni.
🇲🇲 Myanma – Suvlar festivali.
🇷🇺 Rossiya - Havo mudofaasi kuchlari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Ichki ishlar vazirligining Davlat transport inspeksiyasi kuni.
🇻🇪 Venesuela, 🇸🇻 Salvador, 🇭🇳Gonduras, 🇭🇹 Gaiti - Pan Amerika kuni.
⏳ Tarixiy voqealar:
🔰 1927 - Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida birinchi «Volvo» konveyerdan chiqdi.
✈️ 1945 - besh yuzdan ziyod britan samolyoti bomba yog‘dirishi tufayli Potsdam (Germaniya) shahrining tarixiy markazidan asar ham qolmadi.
🎙 1956 - Birinchi videomagnitofon namoyish qilindi.
💣 1967 - Gaiti poytaxt Port-o-Prensda bir nechta joyda bomba portlatildi.
💿 1980 - birinchi tijoriy videokasseta (Harri Nyumenning konserti) Angliyada sotuvga chiqdi.
📱 1983 - birinchi radiotelefon Buyuk Britaniyada sotila boshlandi.
📝 1988 - Afg‘onistondagi qurolli mojarolarni bartaraf etish bo‘yicha Jeneva shartnomasi imzolandi.
🎖 1996 - O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
❎ 2007 - Turkiyada norozilik namoyishlari.
🌋 2010 - Islandiyada Eyyafyadlayokudl vulqoni otildi.
🎉 Bugun tug'ilganlar:
👨💼 1126 - Ibn Rushd (Averroes) (1198) - andalusiyalik arab faylasufi.
🤵🏻 1527- Abraham Orteliy (1598) - flamand kartografi, birinchi zamonaviy atlas muallifi.
🧑🏻💼 1578 - Filipp III (1621) - Ispaniya qiroli.
👨🏻🏫 1629 - Xristion Gyugens (1695) - golland matematigi, fizik, astronom.
🥊 1886 - Jakson Sidney (1966) - bokschi, xizmat ko'rsatgan sport ustozi (1938).
🤵♂️ 1886 - Abdulla To'qay (1913) - tatar shoiri, publisist.
🤴 1906 - Faysal ibn Abdulaziz as-Saud (1975) - Saudiya Arabistoni Qiroli (1964-1975).
🤵🏻 1907 - Fransua Dyuvale (1971) - Gaiti prezidenti (1957-1971).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Sog‘lom turmush — barqaror taraqqiyot omili
Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida har haftaning seshanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi.
Ushbu kun doirasida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan qator tadbirlar tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan, bugun erta tongdan institut jamoasi ishtirokida tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, tonggi badantarbiya inson organizmi uchun bir qator ijobiy ta’sirlarni ta’minlaydi. Jumladan, ertalabki jismoniy mashqlar qon aylanish tizimini faollashtiradi, yurak-qon tomir faoliyatini mustahkamlaydi hamda organizmni kun davomida faol ishlashga tayyorlaydi. Shuningdek, muntazam badantarbiya moddalar almashinuvini tezlashtirib, ortiqcha vaznning oldini olishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, tonggi mashg‘ulotlar asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, stress va charchoqni kamaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi hamda ish unumdorligini oshiradi. Eng muhimi, bunday mashg‘ulotlar insonda intizom va irodani shakllantirib, sog‘lom turmush tarzini kundalik odatga aylantirishga zamin yaratadi.

👍5🔥3❤2👌2