Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.8K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Vazirlar Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini muhokama qildilar

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida vazirlar ishtirokida panel sessiya tashkil etildi. Unda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari, strategik yondashuvlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.


“Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida hamkorlikning yangi yoʻnalishlari” mavzusida oʻtgan mazkur sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Rahim Hamro Saidzoda, Qirgʻiz Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Durus Kozuyev hamda Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim sohasi bosh direktori Marsin Iskra ishtirok etib, oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #kongress

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/152902

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍3
ISLOM QADRIYATLARI — MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT UYG‘UNLIGINING MUHIM OMILI

Andijon davlat pedagogika institutida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Muslima Rasulova tomonidan “Islom qadriyatlari va ma’rifatining hozirgi davrdagi ahamiyati” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mazkur ochiq dars zamonaviy ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning o‘rni, yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi. Dars davomida islom madaniyatining asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy merosi, uning inson kamoloti, axloqiy tarbiya hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni atroflicha yoritib berildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni turli yot g‘oya va zararli axborotlardan himoya qilish, ularning ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda ma’rifatli yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, islom qadriyatlari — tinchlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, adolat kabi fazilatlarni targ‘ib etuvchi muhim ma’naviy manba sifatida e’tirof etildi.

Ochiq dars interaktiv usullar asosida tashkil etilib, talabalar bilan savol-javoblar, muhokamalar hamda tahliliy fikr almashuvlar orqali yanada boyitildi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bugungi kunda ma’naviy immunitetni mustahkamlash, yoshlar ongida ongli tanlov madaniyatini shakllantirish zarurligini alohida qayd etdilar.

Shuningdek, darsda milliy qadriyatlar va diniy-ma’rifiy meros o‘rtasidagi uyg‘unlik, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ilmiy va amaliy misollar asosida tushunchalar berildi. Bu esa talabalar uchun mavzuni yanada chuqurroq anglash, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
MARKAZIY OSIYO – YEVROPA ITTIFOQI UNIVERSITETLARI KONGRESSI DOIRASIDA MUHIM PANEL SESSIYA O‘TKAZILDI

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida vazirlar ishtirokida yuqori darajadagi panel sessiya tashkil etildi. Mazkur sessiya oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalarga bag‘ishlandi.

“Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo universitetlari o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkazilgan ushbu muloqot maydonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Rahim Hamro Saidzoda, Qirg‘iz Respublikasi ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Durus Kozuyev hamda Polsha Respublikasi fan va oliy ta’lim sohasi bosh direktori Marsin Iskra ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Sessiya davomida ta’lim sohasida raqamlashtirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda universitetlar o‘rtasida barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Yevropa tajribasini Markaziy Osiyo oliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Mazkur nufuzli tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov ham ishtirok etmoqda. Bu esa institutning xalqaro maydondagi faolligi ortib borayotganini, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Panel sessiya yakunida ishtirokchilar tomonidan oliy ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥31
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: stol tennis va gandbol bahslari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi. Xususan, gandbol va voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.

Mazkur musobaqalarda talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori natijalarni namoyon etmoqdalar. Har bir uchrashuv sport ruhi, halol raqobat va g‘alabaga intilish kayfiyati bilan ajralib turmoqda.

Gandbol va stol tennis bahslari davomida jamoalar taktik yondashuv, chidamlilik va o‘zaro hamjihatlik orqali muxlislarga qiziqarli o‘yinlar taqdim etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥4