Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.8K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
ABDULLA QODIRIY TAVALLUDINING 132 YILLIGI ADPI TALABALARI TOMONIDAN KENG NISHONLANMOQDA

Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari tomonidan o‘zbek milliy adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk adib va iste’dodli dramaturg Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi (1894–1938) munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda adibning serqirra ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, Abdulla Qodiriy nafaqat o‘z davrining, balki butun o‘zbek adabiyoti tarixining eng yorqin siymolaridan biri bo‘lib, u o‘z asarlari orqali ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni yangilash g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Xususan, O‘tkan kunlar romani asosida tayyorlangan chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur asar o‘zbek adabiyotidagi ilk realistik roman sifatida e’tirof etilib, unda muhabbat, sadoqat, ijtimoiy ziddiyatlar hamda tarixiy voqealar chuqur va badiiy jihatdan mukammal tasvirlangan.

Shuningdek, tadbirda adib ijodining bugungi kun yoshlari tarbiyasidagi ahamiyati, uning asarlarida ilgari surilgan insoniy qadriyatlar va ijtimoiy g‘oyalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNING DASTLABKI HIMOYASI BOSHLANDI

Andijon davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchi talabalari uchun muhim bosqichlardan biri — bitiruv malakaviy ishlarining dastlabki himoya jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Mazkur jarayon institutning barcha fakultetlari kesimida, tasdiqlangan jadval asosida olib borilib, unda bitiruvchi talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etmoqda. Dastlabki himoyalar davomida talabalar tomonidan tanlangan mavzularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda ularning tahliliy yondashuvi malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan atroflicha baholanmoqda.

Ta’kidlash joizki, dastlabki himoya jarayoni talabalarning yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqich orqali bitiruvchilarga o‘z ishlaridagi kamchilik va xatolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ilmiy ishlarini yanada takomillashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

Jarayon davomida ilmiy rahbarlar va taqrizchilar tomonidan berilayotgan asosli tavsiyalar, ilmiy-metodik ko‘rsatmalar talabalar uchun muhim yo‘riqnoma vazifasini o‘tamoqda. Bu esa o‘z navbatida bitiruv malakaviy ishlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etilayotgan ushbu jarayon ta’lim sifatini yuksaltirish, talabalar ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni mustaqil fikrlovchi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan tizimli ishlarning uzviy davomi hisoblanadi.


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA SESHANBA — SPORT KUNI ETIB BELGILANDI

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida haftaning har seshanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi.

Mazkur tashabbus doirasida har seshanba kuni soat 7:00 dan 21:00 ga qadar institut hududidagi barcha sport inshootlari sport maydonchalari, zallar va mavjud sport seksiyalari professor-o‘qituvchilar ixtiyoriga topshiriladi. Ushbu kunda futbol, voleybol, streetbol, basketbol, stol tennisi, krossfit, badminton, shaxmat va shashka kabi sport turlari bilan muntazam shug‘ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

“Sport kuni” nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash, balki jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, faol turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va ijobiy energiyani oshirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus institut jamoasining sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni “Sport kuni”da faol ishtirok etishga, sog‘lom turmush tarzini o‘z hayotining ajralmas qismiga aylantirishga chorlab qoladi.


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tayyormisiz?

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “SPORT KUNI” DOIRASIDA REKTOR KUBOGI BAHSLARI BOSHLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida muhim tashabbus yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur tashabbusga ko‘ra, institutda har haftaning seshanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi. Ushbu kun doirasida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sport madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qator sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalariga tantanali start berilmoqda. Ushbu bellashuvlar chinakam futbol muhitida, yuqori sportiy ruh va keskin kurashlar ostida o‘tishi kutilmoqda. Turnir davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, g‘alaba uchun murosasiz kurash olib boradilar.

🎯 Barcha futbol ixlosmandlarini hamda keng jamoatchilikni mazkur qiziqarli va shiddatli uchrashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz!


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥16👏7👍2👌2🤩1
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimi “5 T” – taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish tamoyili asosida rivojlantiriladi


☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️Unga koʻra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.

📱Farmon bilan “U 10 – Oʻzbekistonning global darajadagi ilgʻor universitetlari” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.

➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan 10 ta oliygohga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

➡️Ilmiy klaster loyihasi – milliy tadqiqot universiteti – mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari – nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkiloti – ilmiy tashkilot – soha tashkilotlari ishtirokidagi yaxlit tizim hisoblanadi.

💰Eng muhimi, ilmiy klaster loyihasi 150 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda moliyalashtiriladi.

Ilmiy klaster loyihasi boʻyicha tanlovda gʻoliblar qanday aniqlanadi?

➡️Tanlov xalqaro miqyosda tan olingan Top-300 reytingga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:

🟢 loyihaga jalb etilgan professor-oʻqituvchilar va olimlarning salohiyati,
🟢 ishtirokchi oliygohlarning milliy hamda xalqaro reytinglardagi oʻrni;
🟢 oliy taʼlim (ilmiy) tashkilotlarning ilmiy va moddiy-texnik bazasi hamda loyihani birgalikda moliyalashtirishdagi qoʻshadigan ulushi gʻolibni aniqlashda asosiy vazifani bajaradi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Grantda taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini shakllantirish tartibi joriy etiladi


🎤 Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

♻️ oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

🟢milliy reyting talabalar soni ustuvor boʻlgan yoʻnalishlar asosida toifa guruhlariga ajratilgan holda yuritiladi;
🟢akademik, ilmiy va xalqaro faoliyati, raqamlashtirish darajasi va bitiruvchilar bandligi koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi;
🟢milliy reyting natijalariga koʻra, har bir toifa guruhiga mansub oliy taʼlim tashkilotlarining 20 foizi 1-darajaga, 40 foizdan 2- va 3-darajalarga kiritiladi;
🟢milliy reytingni yuritish tartibi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan belgilanadi.

♻️ Davlat granti asosida taʼlim olayotgan bir nafar talabani oʻqitish xarajatlari miqdorini quyidagi koʻrsatkichlardan kelib chiqib shakllantirish tartibi joriy etiladi:

⚫️ bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha talabalar soni nisbati;
⚫️ taʼlim yoʻnalishlari (ixtisosliklar) uchun talab etiladigan moddiy-texnik baza;
⚫️ kadrlar tayyorlashning ustuvor sohalariga mosligi;
⚫️ xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar;
⚫️ oliygohning maqomi va (yoki) toifasiga koʻra ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirilganligi;
⚫️ milliy reyting natijalariga koʻra oliygohning darajasi;
⚫️ oliygohning hududiy mansubligi;
⚫️ oliygohni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar.

♻️ Davlat ilmiy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlab olish va moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi.

🚫Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlarni ilmiy-tadqiqot loyihalarini tanlovlarsiz moliyalashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatdan tashqari boshqa maqsadlar uchun yoʻnaltirish taqiqlanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM