Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.8K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
📸 Talabalar ligasi. Taqdirlash marosimidan fotosuratlar

🥇 ADPI
🥈 ADU
🥉 UNIEP
🥉 ANDTI

📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3
📸 Talabalar ligasi. Taqdirlash marosimidan fotosuratlar

🥇 ADPI
🥈 ADU
🥉 UNIEP
🥉 ANDTI

📱Instagram📺YouTube🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63❤‍🔥1
ABDULLA QODIRIY TAVALLUDINING 132 YILLIGI ADPI TALABALARI TOMONIDAN KENG NISHONLANMOQDA

Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari tomonidan o‘zbek milliy adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk adib va iste’dodli dramaturg Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi (1894–1938) munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda adibning serqirra ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, Abdulla Qodiriy nafaqat o‘z davrining, balki butun o‘zbek adabiyoti tarixining eng yorqin siymolaridan biri bo‘lib, u o‘z asarlari orqali ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni yangilash g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan.

Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Xususan, O‘tkan kunlar romani asosida tayyorlangan chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur asar o‘zbek adabiyotidagi ilk realistik roman sifatida e’tirof etilib, unda muhabbat, sadoqat, ijtimoiy ziddiyatlar hamda tarixiy voqealar chuqur va badiiy jihatdan mukammal tasvirlangan.

Shuningdek, tadbirda adib ijodining bugungi kun yoshlari tarbiyasidagi ahamiyati, uning asarlarida ilgari surilgan insoniy qadriyatlar va ijtimoiy g‘oyalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNING DASTLABKI HIMOYASI BOSHLANDI

Andijon davlat pedagogika institutida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchi talabalari uchun muhim bosqichlardan biri — bitiruv malakaviy ishlarining dastlabki himoya jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Mazkur jarayon institutning barcha fakultetlari kesimida, tasdiqlangan jadval asosida olib borilib, unda bitiruvchi talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etmoqda. Dastlabki himoyalar davomida talabalar tomonidan tanlangan mavzularning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda ularning tahliliy yondashuvi malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan atroflicha baholanmoqda.

Ta’kidlash joizki, dastlabki himoya jarayoni talabalarning yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqich orqali bitiruvchilarga o‘z ishlaridagi kamchilik va xatolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ilmiy ishlarini yanada takomillashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

Jarayon davomida ilmiy rahbarlar va taqrizchilar tomonidan berilayotgan asosli tavsiyalar, ilmiy-metodik ko‘rsatmalar talabalar uchun muhim yo‘riqnoma vazifasini o‘tamoqda. Bu esa o‘z navbatida bitiruv malakaviy ishlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etilayotgan ushbu jarayon ta’lim sifatini yuksaltirish, talabalar ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularni mustaqil fikrlovchi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan tizimli ishlarning uzviy davomi hisoblanadi.


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6