Forwarded from Andijan Football Association
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2

❤3🔥3

👍6❤3❤🔥1
ABDULLA QODIRIY TAVALLUDINING 132 YILLIGI ADPI TALABALARI TOMONIDAN KENG NISHONLANMOQDA
Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari tomonidan o‘zbek milliy adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk adib va iste’dodli dramaturg Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi (1894–1938) munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda adibning serqirra ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda milliy uyg‘onish g‘oyalarini ilgari surishdagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, Abdulla Qodiriy nafaqat o‘z davrining, balki butun o‘zbek adabiyoti tarixining eng yorqin siymolaridan biri bo‘lib, u o‘z asarlari orqali ma’rifatparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni yangilash g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Xususan, O‘tkan kunlar romani asosida tayyorlangan chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur asar o‘zbek adabiyotidagi ilk realistik roman sifatida e’tirof etilib, unda muhabbat, sadoqat, ijtimoiy ziddiyatlar hamda tarixiy voqealar chuqur va badiiy jihatdan mukammal tasvirlangan.
Shuningdek, tadbirda adib ijodining bugungi kun yoshlari tarbiyasidagi ahamiyati, uning asarlarida ilgari surilgan insoniy qadriyatlar va ijtimoiy g‘oyalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

👍3❤2