Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.8K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

ANDIJON AXBOROTI | ADPIda YOSHLAR KUNI TADBIRLARI


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

ANDIJON AXBOROTI | ANDIJONDA TALABALAR LIGASI START OLDI

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
“Jaholatga qarshi ma’rifat” — yoshlar ongini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam

Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning qalbida sog‘lom dunyoqarash, mustahkam e’tiqod va yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Andijon davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Qahorova Matluba Mannobovna, qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Ahmedova Iroda Shohidbekovna, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Parpiyev, shuningdek, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar maslahat Kengashi a'zolari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlar, globallashuvning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’siri, ayniqsa, yoshlar ongini egallashga qaratilgan turli zararli oqimlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ma’rifatning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish va uni yoshlar ongiga singdirish orqali jaholatga qarshi samarali kurashish mumkinligi qayd etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida diniy savodxonlikni oshirish, radikalizm va ekstremizmning oldini olish, internet makonida uchrayotgan turli zararli axborotlarga nisbatan tanqidiy fikrlashni shakllantirish zarurligi haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yanada oshirish, bu borada pedagoglarning mas’uliyati va rolini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida urg‘ulandi.

Davra suhbati savol-javoblar, ochiq muloqotlar ruhida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Bu esa tadbirning interaktiv va samarali o‘tganidan dalolat beradi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Tanqidiy-tahliliy ruhda o'tgan Kengash yig'ilishida muhim masalalar muhokama qilindi.

Andijon davlat pedagogika institutida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda institut rahbariyati, tegishli bo‘lim va tuzilma mas’ullari, fakultet dekanlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida institut faoliyatiga oid dolzarb masalalar, ta’lim sifatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy maqolalar soni va sifatini yuksaltirish, xalqaro ilmiy bazalarda chop etilayotgan ishlar ulushini ko‘paytirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, innovatsion loyihalar sonini oshirish, amaliy tadqiqotlar natijadorligini kuchaytirish hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini mustahkamlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etildi.

Kengashda institutning milliy reytingdagi o‘rnini yaxshilash masalasi chuqur tahlil qilinib, bu borada ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlarini keskin oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, talabalar faolligini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2