Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
44.9K photos
2.4K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
ANDIJONDA TALABALAR SPORTI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA: HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Mamlakatimizda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida hududlarda qator tizimli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-aprel kuni Andijon viloyatida davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda sport klublari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida sportni rivojlantirish, musobaqalar ko‘lamini kengaytirish hamda ularni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Andijon talabalari ligasi”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan mazkur tashabbusning ahamiyati, yaqin istiqbolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sport musobaqalari hamda ulardan kutilayotgan natijalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, ushbu liga talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Tadbir davomida musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, hakamlik tizimini takomillashtirish, infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda sport tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan rejalar taqdim etildi. Ishtirokchilar tomonidan ushbu takliflar keng muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida esa “Andijon talabalari ligasi” musobaqalarini munosib darajada o‘tkazish, belgilangan nizom talablariga qat’iy amal qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida barcha rektorlar tomonidan hamkorlik memorandumi tantanali ravishda imzolandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7👏2🎉2
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
———
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida buyuk sarkarda va davlat arbobi  tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Jahon taranumida Sohibqiron Renessansi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti katta o‘qituvchisi Sh. Ro‘ziqulov ishtirok etib, Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida mazmunli ma’ruza qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Amir Temur shaxsining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning adolat, intizom va vatanparvarlik tamoyillari bugungi kun yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritib berildi.

Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot doirasida savol-javoblar tashkil etilib, xodimlarning tarixiy bilimlari mustahkamlandi hamda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat yanada oshirildi.

🔰 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

📱Telegram | 📱YouTube | 📱Veb-sahifa | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#диққат
🟢 Зўр янгилик! Андижон ОТМларидан янги ташаббус: “Андижон талабалари лигаси”

Апрел ойидан бошлаб вилоятдаги ОТМларнинг спорт клубларига аъзо талабалари ўртасида “Андижон талабалари лигаси” мусобақалари бошланади. Ғоя муаллифлари ва ташаббускор ректорлар бугун Андижон давлат чет тиллари институтида “Андижон талабалар лигаси” мусобақаларини юксак савияда ташкил этиш борасида учрашиб, меморандум имзоладилар.
Барча спорт турлари бўйича мусобақалар ўқув йили давомида ўтказилади.
Мусобақанинг умумий соврин жамғармаси – 100 миллион сўм.
Водий бир мазкур турнирнинг расмий ахборот ҳамкори. Ёшларни чемпионлик сари бошловчи қизиқарли баҳсларни республиканинг энг нуфузли нашрлари ҳам ёритиб боради. Кутиб олинг янги лойиҳа.


📹 Батафсил видеода👆

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://t.me/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

ANDIJON AXBOROTI | ADPIda YOSHLAR KUNI TADBIRLARI


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

ANDIJON AXBOROTI | ANDIJONDA TALABALAR LIGASI START OLDI

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
“Jaholatga qarshi ma’rifat” — yoshlar ongini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam

Bugungi globallashuv sharoitida yosh avlodni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning qalbida sog‘lom dunyoqarash, mustahkam e’tiqod va yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Andijon davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Qahorova Matluba Mannobovna, qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Ahmedova Iroda Shohidbekovna, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M. Parpiyev, shuningdek, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar maslahat Kengashi a'zolari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlar, globallashuvning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’siri, ayniqsa, yoshlar ongini egallashga qaratilgan turli zararli oqimlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ma’rifatning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish va uni yoshlar ongiga singdirish orqali jaholatga qarshi samarali kurashish mumkinligi qayd etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida diniy savodxonlikni oshirish, radikalizm va ekstremizmning oldini olish, internet makonida uchrayotgan turli zararli axborotlarga nisbatan tanqidiy fikrlashni shakllantirish zarurligi haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini yanada oshirish, bu borada pedagoglarning mas’uliyati va rolini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida urg‘ulandi.

Davra suhbati savol-javoblar, ochiq muloqotlar ruhida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Bu esa tadbirning interaktiv va samarali o‘tganidan dalolat beradi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1