Forwarded from Edu.uz
#Dayjest
Oliy ta’lim tashkilotlarida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tashkil etilgan tadbirlarda buyuk sarkarda va davlat arbobi, adolat va ulug‘vorlik timsoli – Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘li, janglardagi jasorati, shaxsiyati, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, adolatparvarligi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘z yuritilmoqda. Quyidagi havolalar orqali tadbirlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz qalbida tariximizga, buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxr va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

↪️ Toshkent davlat yuridik universiteti↪️ Buxoro davlat pedagogika instituti↪️ Nukus davlat pedagogika instituti↪️ Termiz davlat universiteti↪️ TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti↪️ Buxoro davlat universiteti↪️ Andijon davlat texnika instituti↪️ Farg‘ona davlat texnika universiteti↪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti↪️ Andijon davlat universiteti↪️ O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali↪️ Andijon davlat pedagogika instituti↪️ Qarshi davlat universiteti↪️ Samarqand davlat universiteti Urgut filiali↪️ Toshkent davlat agrar universiteti↪️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali↪️ Osiyo Xalqaro universiteti↪️ Innovatsion texnologiyalar universiteti↪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali↪️ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti↪️ Namangan davlat texnika universiteti↪️ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti↪️ Qarshi davlat texnika universiteti↪️ Urganch innovatsion universiteti↪️ Termiz davlat pedagogika instituti↪️ Angren universiteti↪️ Olmaliq davlat texnika instituti↪️ Andijon davlat tibbiyot instituti↪️ Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti↪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti↪️ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti↪️ O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti↪️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti↪️ Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti↪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali↪️ Samarqand davlat universiteti↪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti↪️ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali↪️ Guliston davlat universiteti↪️ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti↪️ Samarqand davlat tibbiyot universiteti↪️ Jizzax davlat pedagogika universiteti↪️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti↪️ Iqtisodiyot va pedagogika universiteti↪️ Urganch davlat pedagogika instituti↪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali↪️ Namangan davlat pedagogika instituti↪️ “University of Business and Science” Toshkent filiali↪️ Jizzax politexnika instituti
Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz qalbida tariximizga, buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxr va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
ANDIJONDA TALABALAR SPORTI YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA: HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Mamlakatimizda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida hududlarda qator tizimli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-aprel kuni Andijon viloyatida davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda sport klublari tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida sportni rivojlantirish, musobaqalar ko‘lamini kengaytirish hamda ularni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida “Andijon talabalari ligasi”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan mazkur tashabbusning ahamiyati, yaqin istiqbolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan sport musobaqalari hamda ulardan kutilayotgan natijalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, ushbu liga talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Tadbir davomida musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, hakamlik tizimini takomillashtirish, infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda sport tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha ishlab chiqilgan rejalar taqdim etildi. Ishtirokchilar tomonidan ushbu takliflar keng muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar va aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida esa “Andijon talabalari ligasi” musobaqalarini munosib darajada o‘tkazish, belgilangan nizom talablariga qat’iy amal qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida barcha rektorlar tomonidan hamkorlik memorandumi tantanali ravishda imzolandi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

❤7👍7👏2🎉2
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
———
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida buyuk sarkarda va davlat arbobi tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Jahon taranumida Sohibqiron Renessansi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti katta o‘qituvchisi Sh. Ro‘ziqulov ishtirok etib, Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida mazmunli ma’ruza qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Amir Temur shaxsining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, uning adolat, intizom va vatanparvarlik tamoyillari bugungi kun yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati keng yoritib berildi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot doirasida savol-javoblar tashkil etilib, xodimlarning tarixiy bilimlari mustahkamlandi hamda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat yanada oshirildi.
🔰 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Veb-sahifa | 📱 Instagram

👍8❤2