Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
44.9K photos
2.4K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Payshanba — yoshlar kuni: talabalar taklifi asosida Islom sivilizatsiya markaziga tashrif tashkil etildi

Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Xususan, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar asosida bugun institutning 50 nafar faol va tashabbuskor talaba-yoshlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiya markaziga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif davomida talabalar markazda namoyish etilayotgan boy tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlash joizki, Islom sivilizatsiya markazi O‘zbekistonda islom madaniyati va ilm-fan rivojiga oid boy merosni o‘rganish, asrash va keng targ‘ib etishga xizmat qiluvchi yirik ilmiy-ma’rifiy maskan hisoblanadi. Markazda buyuk allomalarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosiga oid muhim manbalar jamlangan bo‘lib, ular orqali yoshlar milliy va diniy qadriyatlarimizni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, markaz zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga tarixiy jarayonlarni interaktiv usulda his etish, ilmiy merosni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3

4👍3🥰1🎉1
“Kelajakka qadam” amalda: talaba qiz 100 mln so‘m kredit asosida 10 ta ish o‘rni yaratdi

Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim tashabbus amaliy natijasini bermoqda.

Institut talabasi To‘xtasinova Ra’no Jo‘raboy qizi “Kelajakka qadam” dasturi asosida 100 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditdan foydalanib, “Maqsad IT” nomli zamonaviy o‘quv markazini tashkil etdi.

Mazkur markazning tantanali ochilish marosimida institut rektori B.Rasulov, tuman hokimi o‘rinbosari X. Badalov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i T. Umarov, Milliy bank OAJ Andijon filiali “Kelajakka qadam” koordinatori B. Odilov hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur loyiha birgina tashabbus orqali ikki muhim natijani ta’minladi:
100 mln so‘m investitsiya — yosh tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun moliyaviy asos yaratdi;
10 ta yangi ish o‘rni — yoshlar bandligini ta’minlashga bevosita hissa qo‘shdi.

Eng e’tiborlisi, Ra’noxon bugun ish izlovchi emas, balki ish beruvchi yosh tadbirkor sifatida faoliyat boshladi. Bu esa “Kelajakka qadam” dasturining amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3