#Qonunchilik_yangiliklari
☑️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni qabul qilindi.
⭐️ Unga koʻra, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
♻️ oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
♻️ ilmiy tadqiqot natijalarining texnologik transferi tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tadbirkorlik muhitiga moslashuvchanligini oshirish;
♻️ ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
♻️ yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish natijasida olinadigan daromadlarini oshirish.
📱 Shuningdek, farmon bilan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat berildi.
➡️ Bunda, 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda:
🟢 korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;
🟢 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil muddat davomida uni xususiylashtirish man etiladi;
🟢 korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda tegishli tashkilotlarning ruxsatini olish talab etilmaydi;
🟢 korxonalarning ustav fondini venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;
🟢 korxonalar muassislarning Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
ADPIda “Amir Temur – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Amir Temur oyligi” doirasida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, strategik tafakkuri, siyosiy qarashlari va u yaratgan boshqaruv maktabining bugungi kun uchun ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar Sohibqironning tarixiy merosi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi zamonaviy boshqaruv tizimlari uchun ham muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlar ongida tarixiy tafakkurni shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida bunday uchrashuvlarning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADPIda “Temur tuzuklari” radiouzeli orqali efirga uzatildi
Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari doirasida “Temur tuzuklari” asari institut radiouzeli orqali efirga uzatildi.
Mazkur tashabbus talaba-yoshlar ongida buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni adolat, tartib-intizom va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Efir davomida “Temur tuzuklari”da aks etgan davlat boshqaruvi, adolat va ijtimoiy tartibga oid fikrlar talabalarga yetkazilib, Sohibqironning dono qarashlari va hayotiy tajribasi bugungi yoshlar uchun ham muhim saboq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

5 muhim tashabbus amalda: talaba qizlar — ilm va hunar uyg‘unligida yetakchi!
Andijon davlat pedagogika institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida talaba qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi mahorat namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari — Madinabonu Hakimova hamda Obidaxon Yusupovalar tomonidan “Zarlar sehri” nomli shaxsiy ko‘rgazma namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma nafaqat estetik zavq bag‘ishladi, balki talaba qizlar uchun haqiqiy mahorat maktabiga aylandi.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga qo‘l mehnati orqali nafis san’at asarlarini yaratish, ularni amaliy daromad manbaiga aylantirish hamda hunar orqali o‘z bandligini ta’minlash imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

❤3
Rektor Baxtiyor Rasulov o‘ziga biriktirilgan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi mahallalardagi aholi bilan uchrashib, muammolarini hal qildi
Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan "Ozod" va “Oltinsoy” mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida aholi bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi. Unda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
O‘rganishlar jarayonida mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, xorijdan qaytib kelgan yoshlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, malakasini oshirish hamda doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar siyosatiga oid ustuvor vazifalar, xususan, mahallalarda manzilli ishlash, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar muhokama markazida bo‘ldi.
Tashrif yakunida ta’lim muassasalari, mahalla va jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlash, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda manzilli yondashuv asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Payshanba — yoshlar kuni: talabalar taklifi asosida Islom sivilizatsiya markaziga tashrif tashkil etildi
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Xususan, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar asosida bugun institutning 50 nafar faol va tashabbuskor talaba-yoshlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiya markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif davomida talabalar markazda namoyish etilayotgan boy tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, markaz zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga tarixiy jarayonlarni interaktiv usulda his etish, ilmiy merosni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Xususan, talabalar tomonidan bildirilgan takliflar asosida bugun institutning 50 nafar faol va tashabbuskor talaba-yoshlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiya markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif davomida talabalar markazda namoyish etilayotgan boy tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar, qadimiy manbalar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Ta’kidlash joizki, Islom sivilizatsiya markazi O‘zbekistonda islom madaniyati va ilm-fan rivojiga oid boy merosni o‘rganish, asrash va keng targ‘ib etishga xizmat qiluvchi yirik ilmiy-ma’rifiy maskan hisoblanadi. Markazda buyuk allomalarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosiga oid muhim manbalar jamlangan bo‘lib, ular orqali yoshlar milliy va diniy qadriyatlarimizni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘lmoqda.