“Nazm va navo” — qalblarni uyg‘otgan ma’naviy kecha
Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning badiiy didini rivojlantirish hamda milliy adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Nazm va navo” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan she’riy chiqishlar, musiqiy ijrolar hamda badiiy kompozitsiyalar namoyish etilib, ishtirokchilarga estetik zavq ulashildi. Ayniqsa, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalari asosida tayyorlangan chiqishlar kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
“Nazm va navo” kechasi yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni san’at va adabiyotga yanada yaqinlashtirish hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#Andijon_yoshlar_day #ADPI
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
❗️ 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun bir qator imtiyoz va kafolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.
➖ Endilikda muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bu jarayonda askarlar uchun ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etilib, oliygohlarning kirish imtihonlariga tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
➖ Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi. Eng muhimi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.
➖ Namunali xizmat o‘tagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi o‘rinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.
➖ Askarlar uchun harbiy xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga davlat namunasidagi maxsus sertifikat beriladi.
➖ Muddatli harbiy xizmatdan qaytib, xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarning kasb-hunarga o‘qish xarajatlari vaucher asosida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
➖ Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshlar uchun esa Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz ballari qo‘shib beriladi.
➖ Joriy yildan boshlab har yili Qurolli Kuchlarning barcha toifadagi harbiy xizmatchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi. Yakuniy bosqichning 4 nafar g‘olibi Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining bosh sovrini — zamonaviy elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Talabalar turar joyida sport musobaqalari o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida payshanba — "Yoshlar kuni" munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar doirasida futbol, voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha qizg‘in bahslar o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, epchillik, tezkorlik va jamoaviylik borasida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqalar davomida sportga xos halollik, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ustuvor bo‘lib, talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, futbol va voleybol bahslarida jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz o‘yinlar kuzatildi, stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar esa yuqori aniqlik va tezkorlikni talab etgani bilan ajralib turdi.

#Qonunchilik_yangiliklari
☑️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni qabul qilindi.
⭐️ Unga koʻra, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
♻️ oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
♻️ ilmiy tadqiqot natijalarining texnologik transferi tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tadbirkorlik muhitiga moslashuvchanligini oshirish;
♻️ ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
♻️ yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish natijasida olinadigan daromadlarini oshirish.
📱 Shuningdek, farmon bilan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat berildi.
➡️ Bunda, 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda:
🟢 korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;
🟢 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil muddat davomida uni xususiylashtirish man etiladi;
🟢 korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda tegishli tashkilotlarning ruxsatini olish talab etilmaydi;
🟢 korxonalarning ustav fondini venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;
🟢 korxonalar muassislarning Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
ADPIda “Amir Temur – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Amir Temur oyligi” doirasida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, strategik tafakkuri, siyosiy qarashlari va u yaratgan boshqaruv maktabining bugungi kun uchun ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar Sohibqironning tarixiy merosi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi zamonaviy boshqaruv tizimlari uchun ham muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlar ongida tarixiy tafakkurni shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida bunday uchrashuvlarning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADPIda “Temur tuzuklari” radiouzeli orqali efirga uzatildi
Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari doirasida “Temur tuzuklari” asari institut radiouzeli orqali efirga uzatildi.
Mazkur tashabbus talaba-yoshlar ongida buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni adolat, tartib-intizom va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Efir davomida “Temur tuzuklari”da aks etgan davlat boshqaruvi, adolat va ijtimoiy tartibga oid fikrlar talabalarga yetkazilib, Sohibqironning dono qarashlari va hayotiy tajribasi bugungi yoshlar uchun ham muhim saboq ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

5 muhim tashabbus amalda: talaba qizlar — ilm va hunar uyg‘unligida yetakchi!
Andijon davlat pedagogika institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida talaba qizlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi mahorat namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalari — Madinabonu Hakimova hamda Obidaxon Yusupovalar tomonidan “Zarlar sehri” nomli shaxsiy ko‘rgazma namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma nafaqat estetik zavq bag‘ishladi, balki talaba qizlar uchun haqiqiy mahorat maktabiga aylandi.
Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga qo‘l mehnati orqali nafis san’at asarlarini yaratish, ularni amaliy daromad manbaiga aylantirish hamda hunar orqali o‘z bandligini ta’minlash imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

❤3