Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.1K subscribers
45.6K photos
2.41K videos
189 files
15K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
REKTOR OLIMPIADASI: FUTBOL BELLASHUVLARI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA

Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan “Rektor olimpiadasi” sport musobaqalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Futbol musobaqalarining 4-tur o‘yinlarida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kuzatildi. Maydonda jamoalar yuqori temp, keskin kurash va chiroyli kombinatsiyalar orqali muxlislarga haqiqiy futbol shukuhini taqdim etdilar.

Qizg‘in bahslar, dramatik vaziyatlar va yorqin o‘yinlarga boy kechgan uchrashuvlar talaba-yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirmoqda.

Turda qayd etilgan natijalar bilan tez orada tanishtiramiz.

#Andijon_yoshlar_day #ADPI

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥311
#Qonunchilik_yangiliklari

“spin-off” korxonalarida professor-o‘qituvchilar, talaba va izlanuvchilar ham faoliyat yuritadi


📨Korxonalar faoliyat davrida:

⚫️korxonalarda muassisning professor-o‘qituvchilari (ilmiy xodimlari) yoki talaba, izlanuvchilari ham faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi;

⚫️korxonaga investorlar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar bo‘yicha vakolatli davlat organining xulosasi talab etilmaydi;

⚫️korxonalarning sof foydasini davlat ulushi bo‘yicha dividendga yo‘naltirmasdan, vakolatli organlar ruxsatisiz korxonaning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali reinvestitsiya qilishga ruxsat etiladi;

⚫️korxonalar istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar sifatida tugatilmaydi;

⚫️investitsiya davri yakunida korxonalardagi davlat ulushi bozor qiymatida korxonalarning boshqa ishtirokchilariga sotib olish uchun taklif etiladi, ular tomonidan rad etilgan taqdirda ushbu qiymatda ommaviy savdolarga qo‘yiladi.

📆 2026-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:

➡️ muassislarga o‘zining bo‘sh turgan bino va inshootlarini investitsiya davrida tekin foydalanish huquqi asosida korxonalarga berish;

➡️muassislarning bo‘sh turgan yer uchastkalarida korxonaga 5 yilgacha muddatga ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali, buzib olib ko‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lgan obyektlarni qurish;

➡️muassislarga o‘zining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan korxonalarni muayyan muddatda qaytarish sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
“Nazm va navo” — qalblarni uyg‘otgan ma’naviy kecha

Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning badiiy didini rivojlantirish hamda milliy adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Nazm va navo” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan she’riy chiqishlar, musiqiy ijrolar hamda badiiy kompozitsiyalar namoyish etilib, ishtirokchilarga estetik zavq ulashildi. Ayniqsa, mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalari asosida tayyorlangan chiqishlar kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

“Nazm va navo” kechasi yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni san’at va adabiyotga yanada yaqinlashtirish hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#Andijon_yoshlar_day #ADPI

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
❗️ 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar uchun bir qator imtiyoz va kafolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Endilikda muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bu jarayonda askarlar uchun ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etilib, oliygohlarning kirish imtihonlariga tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi. Eng muhimi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Namunali xizmat o‘tagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi o‘rinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.

Askarlar uchun harbiy xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik o‘quv kurslari tashkil etilib, ularga davlat namunasidagi maxsus sertifikat beriladi.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytib, xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarning kasb-hunarga o‘qish xarajatlari vaucher asosida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.

Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshlar uchun esa Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz ballari qo‘shib beriladi.

Joriy yildan boshlab har yili Qurolli Kuchlarning barcha toifadagi harbiy xizmatchilari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi. Yakuniy bosqichning 4 nafar g‘olibi Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining bosh sovrini — zamonaviy elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Talabalar turar joyida sport musobaqalari o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida payshanba — "Yoshlar kuni" munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar doirasida futbol, voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha qizg‘in bahslar o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, epchillik, tezkorlik va jamoaviylik borasida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

Musobaqalar davomida sportga xos halollik, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ustuvor bo‘lib, talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, futbol va voleybol bahslarida jamoalar o‘rtasida keskin va murosasiz o‘yinlar kuzatildi, stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar esa yuqori aniqlik va tezkorlikni talab etgani bilan ajralib turdi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
#Qonunchilik_yangiliklari

Endilikda oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish mumkin


☑️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 4-apreldagi PF–54-son Farmoni qabul qilindi.

⭐️Unga koʻra, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

♻️ oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

♻️ ilmiy tadqiqot natijalarining texnologik transferi tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tadbirkorlik muhitiga moslashuvchanligini oshirish;

♻️ ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

♻️ yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish natijasida olinadigan daromadlarini oshirish.

📱 Shuningdek, farmon bilan oliy ta’lim va ilmiy muassasalar muassisligida xo‘jalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etishga ruxsat berildi.

➡️Bunda, 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda:

🟢 korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;

🟢 korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil muddat davomida uni xususiylashtirish man etiladi;

🟢 korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini o‘zgartirishda tegishli tashkilotlarning ruxsatini olish talab etilmaydi;

🟢korxonalarning ustav fondini venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;

🟢korxonalar muassislarning Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi.


🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
ADPIda “Amir Temur – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – adolat va davlat boshqaruvi maktabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir “Amir Temur oyligi” doirasida o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, strategik tafakkuri, siyosiy qarashlari va u yaratgan boshqaruv maktabining bugungi kun uchun ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar Sohibqironning tarixiy merosi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi zamonaviy boshqaruv tizimlari uchun ham muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlar ongida tarixiy tafakkurni shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida bunday uchrashuvlarning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21