Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.1K subscribers
45.6K photos
2.41K videos
189 files
15K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
ADPIda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda she’riy kompozitsiyalar namoyish etilib, tadbir yanada mazmunli tus oldi.

Ishtirokchilar Sohibqironning boy merosi va tarixiy faoliyati yuzasidan fikr almashib, uning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida mulohazalar bildirdilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payshanba — yoshlar kuni: Tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o'tkazildi

#Andijon_yoshlar_day #ADPI

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤩2
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: gandbol va voleybol bahslari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi. Xususan, gandbol va voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.

Mazkur musobaqalarda talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori natijalarni namoyon etmoqdalar. Har bir uchrashuv sport ruhi, halol raqobat va g‘alabaga intilish kayfiyati bilan ajralib turmoqda.

Gandbol va voleybol bahslari davomida jamoalar taktik yondashuv, chidamlilik va o‘zaro hamjihatlik orqali muxlislarga qiziqarli o‘yinlar taqdim etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan etnosport musobaqalari o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan etnosport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, yoshlar orasida ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar turli etnosport yo‘nalishlari bo‘yicha bellashib, chaqqonlik, epchillik, kuch va matonat borasida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, tomoshabinlarga milliy sport turlarining jozibasini yana bir bor namoyish etdi.

Tadbir davomida yoshlar milliy o‘yinlar orqali ajdodlarimizning boy an’analari, urf-odatlari va turmush tarzini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” tanlovini oʻtkazish tartibi belgilandi


Hukumatning 2026-yil 8-apreldagi 152-son qarori bilan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan texnikum oʻquvchilari, yoshlar, talabalar hamda band boʻlmagan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi oʻtkaziladi.

Nizomga asosan, Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar elektron platforma orqali tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Tanlovda:

1️⃣ 1-bosqichda – yoshlar, talabalar va band boʻlmagan aholi orasidan har bir kasb kesimida mahallalardan 3 nafardan nomzod;
2️⃣ 2-bosqichda – texnikum oʻquvchilari hamda tanlovning 1-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–3-oʻrin egalari;
3️⃣ 3-bosqichda – tanlovning 2-bosqichida eng yuqori natija koʻrsatgan har bir kasb kesimida 1–5-oʻrin egalari ishtirok etadi.

Tanlov tegishli kasb boʻyicha moddiy-texnik bazasi mavjud boʻlgan texnikumlarda, ish beruvchi korxona (tashkilot)larda va IT-parklarda hamda moslashtirilgan maxsus poligonlarda oʻtkaziladi.

💵 Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblari va ularga biriktirilgan amaliyot ustozlari BHMning quyidagi miqdorlarida 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-oʻrin sohibiga – 20, ustoziga – 100 baravari;
🥈 2-oʻrin sohibiga – 15, ustoziga – 80 baravari;
🥉 3-oʻrin sohibiga – 10, ustoziga – 60 baravari.

Tanlovning 3-bosqichi gʻoliblariga “WorldSkills International” tashkilotining “WorldSkills” xalqaro chempionatida ishtirok etish huquqi beriladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Stipendiyantlikka ilk qadam: ilm va yutuqlar yo‘lida yangi bosqich!

Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Sirojidinov hamda Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti dekani D. Samatov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bilim darajasi, ilmiy izlanishlari, erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi maqsad va rejalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarga stipendiya tanlovlarida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan ilmiy izlanishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, tanlov mezonlariga mos tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘z salohiyatini namoyon etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21