Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.5K subscribers
44.5K photos
2.39K videos
188 files
14.8K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“O‘zLiDeP — birga yuksalish”: Payshanba — yoshlar kuni doirasida yoshlar bandligiga bag‘ishlangan uchrashuv

Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan “O‘zLiDeP — birga yuksalish” shiori ostida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, shuningdek, mavjud imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari va mas’ul vakillar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan ish o‘rinlari, tadbirkorlikni boshlash imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni amaliy ko‘nikmalar asosida bandlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mustaqil daromad manbaini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
ADPI Filologiya fakultetida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov yoshlar ongida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tanlov davomida talabalar tomonidan Sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, harbiy mahorati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida mazmunli va tahliliy insholar taqdim etildi.

Ishtirokchilarning ishlari badiiy ifoda, mavzuning yoritilishi, tarixiy dalillarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ijodiy yondashuv mezonlari asosida baholab borildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
ADPIda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda she’riy kompozitsiyalar namoyish etilib, tadbir yanada mazmunli tus oldi.

Ishtirokchilar Sohibqironning boy merosi va tarixiy faoliyati yuzasidan fikr almashib, uning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida mulohazalar bildirdilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payshanba — yoshlar kuni: Tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari o'tkazildi

#Andijon_yoshlar_day #ADPI

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤩2
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: gandbol va voleybol bahslari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi. Xususan, gandbol va voleybol yo‘nalishlari bo‘yicha bahslar murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.

Mazkur musobaqalarda talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori natijalarni namoyon etmoqdalar. Har bir uchrashuv sport ruhi, halol raqobat va g‘alabaga intilish kayfiyati bilan ajralib turmoqda.

Gandbol va voleybol bahslari davomida jamoalar taktik yondashuv, chidamlilik va o‘zaro hamjihatlik orqali muxlislarga qiziqarli o‘yinlar taqdim etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21