Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
45.3K photos
2.41K videos
189 files
15K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
ADPI va Yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasida innovatsion rivojlanish siyosatini izchil amalga oshirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti hamda “Andijon yoshlar texnoparki” davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.

Imzolangan memorandum ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu hamkorlik orqali oliy ta’lim va amaliy innovatsion faoliyat o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish, ilm-fan sohasining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😁1
“O‘zLiDeP — birga yuksalish”: Payshanba — yoshlar kuni doirasida yoshlar bandligiga bag‘ishlangan uchrashuv

Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan “O‘zLiDeP — birga yuksalish” shiori ostida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, shuningdek, mavjud imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari va mas’ul vakillar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan ish o‘rinlari, tadbirkorlikni boshlash imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni amaliy ko‘nikmalar asosida bandlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mustaqil daromad manbaini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
ADPI Filologiya fakultetida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov yoshlar ongida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tanlov davomida talabalar tomonidan Sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, harbiy mahorati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida mazmunli va tahliliy insholar taqdim etildi.

Ishtirokchilarning ishlari badiiy ifoda, mavzuning yoritilishi, tarixiy dalillarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ijodiy yondashuv mezonlari asosida baholab borildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
ADPIda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy g‘urur va tarixiy xotirani mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida Amir Temurning davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda she’riy kompozitsiyalar namoyish etilib, tadbir yanada mazmunli tus oldi.

Ishtirokchilar Sohibqironning boy merosi va tarixiy faoliyati yuzasidan fikr almashib, uning bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida mulohazalar bildirdilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21