ADPIda “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati doirasida ilgari surilgan ustuvor vazifalar, shuningdek tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlarning innovatsion fikrlash salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish hamda istiqbolli startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy platforma sifatida ahamiyat kasb etdi.
Tanlov jarayonida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘zlarining dolzarb, innovatsion va amaliy ahamiyatga ega loyihalari bilan faol ishtirok etdilar. Taqdim etilgan loyihalar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, amaliy ahamiyati, iqtisodiy asoslanganligi hamda kutilayotgan natijadorligi kabi mezonlar asosida puxta va xolis baholab borildi.
Tanlovga Andijon viloyati Yoshlar texnoparki direktori X. Abdumuxtorov boshchiligidagi mutaxassislar hamda institutning maxsus tanlov komissiyasi a’zolari jalb etilib, ishtirokchilarning loyihalari har tomonlama tahlil qilindi. Shuningdek, yosh innovatorlarga o‘z loyihalarini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar berildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ilg‘or va istiqbolli g‘oyalar saralab olinib, keyingi bosqich — respublika tanlovida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Bu esa yoshlarning ilmiy izlanishlari va innovatsion tashabbuslarini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda muhim zamin yaratadi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🎉2
ADPI va Yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion rivojlanish siyosatini izchil amalga oshirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti hamda “Andijon yoshlar texnoparki” davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.
Imzolangan memorandum ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu hamkorlik orqali oliy ta’lim va amaliy innovatsion faoliyat o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish, ilm-fan sohasining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

❤4😁1
“O‘zLiDeP — birga yuksalish”: Payshanba — yoshlar kuni doirasida yoshlar bandligiga bag‘ishlangan uchrashuv
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan “O‘zLiDeP — birga yuksalish” shiori ostida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, shuningdek, mavjud imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari va mas’ul vakillar tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan ish o‘rinlari, tadbirkorlikni boshlash imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni amaliy ko‘nikmalar asosida bandlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mustaqil daromad manbaini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot jarayonida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar hamda o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar.

❤5👍1
ADPI Filologiya fakultetida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan insholar tanlovi o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov yoshlar ongida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish hamda ularning ibratli hayot yo‘lidan saboq olishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tanlov davomida talabalar tomonidan Sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi adolat tamoyillari, harbiy mahorati hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida mazmunli va tahliliy insholar taqdim etildi.
Ishtirokchilarning ishlari badiiy ifoda, mavzuning yoritilishi, tarixiy dalillarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ijodiy yondashuv mezonlari asosida baholab borildi.

❤3🔥1