Bitiruvchilar bandligi — ustuvor yo‘nalish: ADPIda ochiq muloqot o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti bitiruvchi talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda institut rektori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish hamda mustaqil faoliyat boshlashiga ko‘maklashish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Muloqot davomida bitiruvchilar uchun mavjud ish o‘rinlari, soha bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, shuningdek, kasbiy faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchilarga “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Unga ko‘ra, dastur orqali yoshlarning startap tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga imtiyozli kreditlar ajratish, biznes loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda daromad manbaini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Uchrashuv savol-javob tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita javoblar oldilar hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini rejalashtirish borasida muhim yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
Muhandislik yo‘nalishida istiqbollar: respublika miqyosidagi anjumanda ADPI vakillari faol ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Ulug‘bek” jamg‘armasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda yoshlar orasida muhandislik sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Mazkur anjumanda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar ZOOM platformasi orqali faol ishtirok etdilar.
Anjuman doirasida Turin politexnika universiteti rektori To‘ychiev Olimjon Alijonovich tomonidan muhandislik ta’limini rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan mazmunli ma’ruza qilindi. Unda zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llash hamda xalqaro tajribani tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Andijon davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ham anjumanda faol qatnashib, muhokamalarda ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan savol-javoblar tashkil etilib, muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan muhim taklif va mulohazalar bildirildi.

❤1
ADPIda “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati doirasida ilgari surilgan ustuvor vazifalar, shuningdek tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlov talaba-yoshlarning innovatsion fikrlash salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish hamda istiqbolli startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy platforma sifatida ahamiyat kasb etdi.
Tanlov jarayonida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘zlarining dolzarb, innovatsion va amaliy ahamiyatga ega loyihalari bilan faol ishtirok etdilar. Taqdim etilgan loyihalar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, amaliy ahamiyati, iqtisodiy asoslanganligi hamda kutilayotgan natijadorligi kabi mezonlar asosida puxta va xolis baholab borildi.
Tanlovga Andijon viloyati Yoshlar texnoparki direktori X. Abdumuxtorov boshchiligidagi mutaxassislar hamda institutning maxsus tanlov komissiyasi a’zolari jalb etilib, ishtirokchilarning loyihalari har tomonlama tahlil qilindi. Shuningdek, yosh innovatorlarga o‘z loyihalarini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar va takliflar berildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ilg‘or va istiqbolli g‘oyalar saralab olinib, keyingi bosqich — respublika tanlovida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Bu esa yoshlarning ilmiy izlanishlari va innovatsion tashabbuslarini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda muhim zamin yaratadi.

❤4🎉2
ADPI va Yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion rivojlanish siyosatini izchil amalga oshirish, ilm-fan va ta’lim integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti hamda “Andijon yoshlar texnoparki” davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.
Imzolangan memorandum ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu hamkorlik orqali oliy ta’lim va amaliy innovatsion faoliyat o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish, ilm-fan sohasining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

❤4😁1