“Amir Temur — adolat va qudrat timsoli”: ADPIda ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Tarix kafedrasi tashabbusi hamda Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti hamkorligida talabalar o‘rtasida “Amir Temur — adolat va qudrat timsoli” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Mazkur tanlovda 10 nafargacha talaba-yoshlardan iborat 6 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar uchta asosiy shart bo‘yicha bellashdilar:
🔹 “Amir Temur hayoti va ijodi, Temuriylar tarixi” (5–10 daqiqa)
🔹 “Temuriylar tarixidan savol-javoblar” (har bir jamoaga 10 tadan savol)
🔹 “Amir Temur hayotidan sahna ko‘rinishi” (10–15 daqiqa)
Tanlov davomida jamoalar tarixiy bilim, sahna madaniyati, ijodiy yondashuv hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori mahorat ko‘rsatdilar.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Barlos” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Temuriyzodalar” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Adolat qilichi” jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar institut tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🎉3🔥1
“Yangi O‘zbekiston olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda
Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda.
Mazkur musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bellashuvlarda ishtirok etayotgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, yuqori sport mahorati, chidamlilik va jamoaviylikni namoyon etmoqda.
Turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan bahslar keskin va murosasiz ruhda kechib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda. Har bir uchrashuvda sportga xos halollik, intizom va do‘stona muhit ustuvor bo‘lib qolmoqda.

❤2👍1
Talabalar turar joyida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish tashkil etildi.
Mazkur yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev, profilaktika inspektori B. Qodirov, shuningdek bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar hamda Pedagogika fakulteti talabalari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida xavfsizlikni ta’minlash, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida hushyorlikni oshirish, turli xavf-xatarlarning oldini olish hamda har bir fuqaroning o‘z xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglash muhimligi alohida ta’kidlandi.

❤2⚡2
ADPIda Payshanba — yoshlar kuni tonggi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan tong saharda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda institut xodimlari ishtirokida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlarda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev ham faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va kunni tetik kayfiyatda boshlashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Tonggi badantarbiya jarayonlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarga ijobiy energiya va yaxshi kayfiyat ulashdi. Ushbu tashabbus yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng yoyish, ularni sport va jismoniy faollikka jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bunday mashg‘ulotlar nafaqat jismoniy salomatlikni mustahkamlash, balki jamoaviylik va faollik muhitini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
#Andijon_yoshlar_day #ADPI

❤4🔥3👍1🥰1