Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
45.2K photos
2.4K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda

Yurtimizda keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida futzal bo‘yicha navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi bilan o‘zaro bahs olib bordi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda ADPI jamoasi ustunlikni qo‘lga kiritib, g‘alabaga erishdi.

Bellashuv davomida jamoaning jipsligi, tezkorligi va yuqori sport mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi. Ushbu g‘alaba talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va intilishlari ortib borayotganidan dalolat beradi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
“Rektor olimpiadasi” doirasida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi

Andijon davlat pedagogika institutida “Rektor olimpiadasi” sport musobaqalarining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuvlar 9–10-aprel kunlari institutning mini futbol maydonida tashkil etiladi.

📅 9-aprel kuni:
— Soat 14:00 da “Koordinatorlar” jamoasi “Amaliy matematika 201” jamoasiga qarshi maydonga tushadi;
— Soat 14:30 da “Universal” jamoasi “Storm ADPI” jamoasi bilan bellashadi;
— Soat 15:00 da “Kimyogarlar” jamoasi “Arsenal” jamoasiga qarshi o‘ynaydi;
— Soat 15:30 da “MIG‘MAHT 1-kurs” jamoasi “Pedagogika 3-kurs” jamoasi bilan kuch sinashadi;
— Soat 16:00 da “Amaliy matematika” jamoasi “Tarixchilar” jamoasiga qarshi bahs olib boradi;
— Soat 16:30 da “Tanishlar” jamoasi “Legenda” jamoasi bilan o‘zaro bellashadi.

📅 10-aprel kuni:
— Soat 14:00 da “Pedagogika 2-kurs” jamoasi “Tarix 2-kurs” jamoasiga qarshi maydonga tushadi;
— Soat 14:30 da “Realchilar” jamoasi “Qalqon” jamoasi bilan o‘ynaydi;
— Soat 15:00 da “Geografiya 4-kurs” jamoasi “Myunxen” jamoasiga qarshi bahs olib boradi;
— Soat 15:30 da “Tarix kechki” jamoasi “Geografiya 3-kurs” jamoasi bilan kuch sinashadi;
— Soat 16:00 da “Tarix 1-kurs” jamoasi “Tarix 4-kurs” jamoasiga qarshi o‘ynaydi;
— Soat 16:30 da “Ximik” jamoasi “Sparta” jamoasi bilan bellashadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#taqiqlangan_materiallar
#ogohlik

⚡️ Taqiqlangan manba va kontentlar ro'yxati e'lon qilindi

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) RO'YXATI e'lon qilindi (2026-yil 6-aprel holatiga).

🔺 Izoh: 2025-yil 8-yanvar holatiga nisbatan 2026-yil 6-aprel holatiga ko‘ra jami taqiqlangan resurslar soni 1593 tadan 1837 taga yetgan, taqiqlangan resurslar 244 taga ko‘paygan.

📱 Tahlil shuni ko‘rsatadiki: eng katta o‘sish Instagramda - 121 ta.

Telegram 65 ta, YouTubeda 23 ta, Meta (Facebook) 21 taga oshgan.

TikTok, Odnoklassniki va veb-saytlarda kamroq o‘sish mavjud, ilk bor Threads platformasida ham aniqlangan (1 ta).


🔻 Bu holat radikal kontentning tarqalish tendensiyasi saqlanib qolayotgani, ayniqsa vizual va qisqa formatli platformalar (Instagram, TikTok) orqali tarqalishi davom etayoyotganini ko‘rsatadi.

🔺 Hurmatli fuqarolar!

🔺 Qadrli ota-onalar va yoshlar!

🔸 Aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang.

🔹 Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo‘ling!

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati


🌐Tg | 📷Insta| Fb | X | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Facebook|
Instagram|X
1
“Amir Temur — adolat va qudrat timsoli”: ADPIda ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Tarix kafedrasi tashabbusi hamda Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti hamkorligida talabalar o‘rtasida “Amir Temur — adolat va qudrat timsoli” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Mazkur tanlovda 10 nafargacha talaba-yoshlardan iborat 6 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar uchta asosiy shart bo‘yicha bellashdilar:

🔹 “Amir Temur hayoti va ijodi, Temuriylar tarixi” (5–10 daqiqa)
🔹 “Temuriylar tarixidan savol-javoblar” (har bir jamoaga 10 tadan savol)
🔹 “Amir Temur hayotidan sahna ko‘rinishi” (10–15 daqiqa)

Tanlov davomida jamoalar tarixiy bilim, sahna madaniyati, ijodiy yondashuv hamda jamoaviy hamkorlik borasida yuqori mahorat ko‘rsatdilar.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Barlos” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Temuriyzodalar” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Adolat qilichi” jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar institut tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🎉3🔥1
“Yangi O‘zbekiston olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda.

Mazkur musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bellashuvlarda ishtirok etayotgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, yuqori sport mahorati, chidamlilik va jamoaviylikni namoyon etmoqda.

Turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan bahslar keskin va murosasiz ruhda kechib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda. Har bir uchrashuvda sportga xos halollik, intizom va do‘stona muhit ustuvor bo‘lib qolmoqda.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1