Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.3K subscribers
44.9K photos
2.39K videos
189 files
14.9K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
Talabalar turar joyida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev, profilaktika inspektori B. Qodirov, Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik J. Siddiqov hamda inspektorlar F. Xusanov va D. Hamidovlar, shuningdek bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida xavfsizlikni ta’minlash, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida hushyorlikni oshirish, turli xavf-xatarlarning oldini olish hamda har bir fuqaroning o‘z xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglash muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🤩1
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari davom etmoqda

Andijon davlat pedagogika institutida yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqalarda talabalar voleybol va gandbol kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun murosasiz va qizg‘in bahslarda ishtirok etdilar.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilarning sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Har bir sport turi bo‘yicha yuqori natija qayd etgan jamoa va ishtirokchilar keyingi bosqichga yo'l oladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31🎉1
ADPI delegatsiyasi Samarqandga sayohat qilmoqda

Andijon davlat pedagogika institutining faol va iqtidorli talabalari hamda professor-o'qituvchilari uchun Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini o‘zida mujassam etgan muqaddas va qadimiy maskanlarda bo‘ldilar. Jumladan, ular Imom al-Buxoriy majmuasi, Shohi Zinda majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi hamda Registon ansambli kabi tarixiy-me’moriy obidalarni ziyorat qildilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍8🥰1