Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.4K subscribers
44.5K photos
2.39K videos
188 files
14.8K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
“Kiberjinoyatga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Kiberjinoyatga qanchalik tayyorsiz?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, zamonaviy axborot makonida uchrayotgan kiberxavflar, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga phishing hujumlari, soxta havolalar, zararli dasturlar va moliyaviy firibgarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kiberjinoyatlardan himoyalanishda hushyorlik, raqamli savodxonlik va shaxsiy axborotlarni himoya qilish madaniyatining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Talabalar turar joyida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev, profilaktika inspektori B. Qodirov, Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori F. Xusanboyev, shuningdek bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar hamda Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida xavfsizlikni ta’minlash, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida hushyorlikni oshirish, xavf-xatarlarning oldini olish hamda har bir fuqaroning o‘z xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglash muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI GIYOHVANDLIKKA QARSHI

Aprel oyi yurtimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish”ga bag‘ishlangan keng qamrovli tezkor-profilaktik oylik sifatida o‘tkazilmoqda. Ushbu oylik nafaqat targ‘ibot tadbiri, balki har bir yoshning hayoti, sog‘ligi va porloq kelajagini asrashga qaratilgan muhim tashabbusdir.

Giyohvandlik va psixotrop moddalar insonni asta-sekin o‘z domiga tortib, uning orzu-intilishlari, maqsadlari va hayot yo‘lini izdan chiqaradi. Ayniqsa, yoshlar uchun bu illatning oqibatlari nihoyatda og‘ir va qaytarib bo‘lmas darajada bo‘lishi mumkin.
Shu bois, har birimiz ogoh bo‘lishimiz, zararli odatlarga qat’iy “yo‘q” deyishimiz hamda sog‘lom turmush tarzini tanlashimiz zarur. Eng muhimi, atrofimizdagi yoshlarni befarq qoldirmasdan, ularni to‘g‘ri yo‘lga chorlaylik.

Keling, birgalikda sog‘lom jamiyat va porloq kelajak sari dadil qadam tashlaylik. Zero, kelajak — ongli, kuchli va sog‘lom yoshlar qo‘lida!

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Forwarded from Edu.uz
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi

📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!

📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.

📚 Barchasi juda oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.

📚Test savollari "1000KITOB" loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Batafsil — WikiKitob II

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сфере физической культуры и спорта.

Facebook|
Instagram|X
👍1
Talabalar turar joyida xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Parpiyev, profilaktika inspektori B. Qodirov, Andijon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik J. Siddiqov hamda inspektorlar F. Xusanov va D. Hamidovlar, shuningdek bo‘lim boshliqlari, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida xavfsizlikni ta’minlash, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida hushyorlikni oshirish, turli xavf-xatarlarning oldini olish hamda har bir fuqaroning o‘z xavfsizligi uchun mas’ul ekanini anglash muhimligi alohida ta’kidlandi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🤩1